Interfaol metodlar tushunchasi


Interfaol usullarning maqsadi, vazifasi


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/46
Sana12.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1768170
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
 
Interfaol usullarning maqsadi, vazifasi,
shakli va vositalari 
Interfaol metodlar o`qituvchi bilan o`quvchining faol munosabati, bir-birini to`liq 
tushunishga asoslanadi. Interfaol metodlarni o`quv jarayoniga joriy etishning tub 
maqsadi - dars qaysi shaklda bo`lmasin, qayerda o`ztkazilmasin, darsda o`qituvchi bilan 
o`quvchining hamkorlikda ishlashini tashkil etishdir. O`qituvchi darsida tegishli 
muammolarga o`quvchilarni jalb etishi, ularning harakatini faollashtirishi va natijada 
o`zlashtirishlarini ta’minlashi lozim. Bunda o`qituvchi faqat fasilitator (yo`l-yo`riq 
ko`rsatuvchi, kuzatuvchi, xulosalovchi) vazifasini bajaradi. Ushbu metodlar orqali 
o`quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatlari rivojlantirilib, ularda erkin fikrlash, 
mustaqil qaror qabul qilish, hissiyotlarni boshqara olish, tanqidiy va ijobiy fikr 
yuritishning rivojlanishiga zamin tayyorlanadi.
 
 
 
 



Interfaol usullarning asosiy maqsad va vazifalari 
quyidagilardan iborat

1. o`quvchilarni mustaqil, ijodiy, tanqidiy, mantiqiy fikrlashga o`rgatish; 
2. muammmoli vaziyatni amaliy va hayotiy topshiriqlar asosida yechish;
3. o`z-o`zini fikrlashga majbur etish;
4. faollashtirish
5. o`quvchilarni tashkilotchilik va yo`naltiruvchanlikka undash;
6. do`stona munosabatlarni shakllantirish.
 
Interfaol metodlarni o`qitishning mohiyati
quyidagicha: 

o`rgatuvchi ham o`rganuvchi ham ma’lumotlar bilan faol ishlashi;

o`quvchilarni mustaqil fikrlashga undashi va o`rgatishi; 

o`qituvchiga “o`quvchilarni fikrlashga o`rgatish uchun” xizmat qilsa, 
o`quvchilarga esa, “fikrlashni o`rganish uchun” xizmat qilishi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling