Interfaol metodlar tushunchasi
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo’llanilishi
- IV. Guruh munozarasi
- V. Modifikatsiyalangan - shakli o’zgartirilgan ma’ruza
III. Rolli o’yinlar
7 O’qitishning bu usulida o’quvchilar "real hayot" holatlarini qayta jonlantiradilar. Bu ularga o’z amaliy ish faoliyatlarida qo’llash mumkin bo’lgan yangi turdagi faoliyatlarni sinab ko’rish va tekshirish imkonini beradi. Qo’llanilishi: - yangi turdagi faoliyatni sinash imkonini ko’rsatishda; - o’quvchilarni nazariyani amaliyotda qo’llab ko’rishga o’rgatishda; - o’quvchilar faolligini yanada oshirishda. Afzalligi: - “real hayot” ning qayta tiklanishi; - o’quvchilarning mavzuga chuqurroq jalb qilinishi; - o’quvchilarning muammoga boshqacha yondoshuvini ko’rish imkonini berishi. IV. Guruh munozarasi O’qitishning bu usuli o’quvchilarning o’zaro muloqoti va fikr almashuviga asoslangan. Bunda guruhda tahlil qilish, baholash va tekshirish asosida muayyan mavzu yoki saviya ishlab chiqiladi. Qo’llanilishi: - qiziqishni kuchaytirish va o’ylash, fikr yuritishga chorlashda; - ma’ruza, o’qish va boshqa usullarni mustahkamlashda; - mashg’ulot mazmunining asosiy qismini ishlab chiqishda; - muammoning ko’zda tutilgan qarorini ishlab chiqishda; - yakun yasash yoki tekshirishni amalga oshirishda; - mavzu tushunarliligini baholashda; - o’quvchilarni kelgusi darsga tayyorlashda. Afzalligi: - o’quvchilarda qiziqishni orttiradi va darsga jalb qilinishni mustahkamlaydi; - o’quvchilar fikr va tajriba almashish imkoniyatiga ega bo’ladilar. V. Modifikatsiyalangan - shakli o’zgartirilgan ma’ruza Bu o’qitish usulida o’qituvchi mavzu mazmunini og’zaki nutq orqali o’quvchilarga yetkazadi, formulalar chiqarishda o’quvchilar bilan muloqot olib boradi. Ammo, an’anaviy ma’ruzadan farqi - o’qituvchi va o’quvchi orasida muloqot ketadi. Qo’llanilishi: - o’quvchilarga umumiy axborot berish uchun; - fanga kirish va asosiy materiallarni berish uchun; - qaysidir turdagi faoliyatni boshlashdan oldin, namoyish qilish, rolli o’yin va boshqa turdagi usullarni qo’llashdan oldin; - ta’rif, qoida, formulalarni masala yoki laboratoriya ishlarida qo’llashni namoyish qilish uchun. Afzalligi: - tezkorlik bilan amalga oshirilishi; - darsga kerak bo’lgan ko’rgazmali qurollar, ko’rsatma materiallarning tayyorlanishi; - katta guruhlarda samaraliligi; - kam resurslarni talab qilishi; - boshqa usullar bilan birgalikda qo’llash mumkinligi; 8 - vaqtni yengil boshqara olishi; - guruhni birgalikda ushlash imkonini berishi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling