Interfaol metodlar tushunchasi
Interfaol usullardan foydalanish shakllari
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Interfaol usullarni qo`llashda foydalanadigan vositalar
- Muammoli ta’limni nazariy asoslari.
Interfaol usullardan foydalanish shakllari:
1. Individuallashtirish; 2. Kichik guruhlarga ajratish; 3. Tabaqalashtirish; 4. O`rgatish va o`rganish jarayonida demokratik, do`stona muhitni yaratish; 5. O`zaro muloqot, hamkorlikni tashkil etish. Interfaol usullarni qo`llashda foydalanadigan vositalar: 1. Darsliklar, qo`shimcha o`quv adabiyotlar: 2. Texnik vositalar; 3. Tarqatma materiallar; 4. Multimedialar. Muammoli ta’limdan foydalanish Davlat talabi: Muammoli ta’limdan foydalanishni bilishi. Maqsad. Tinglovchilarning muammoli ta’limdan foydalanish haqidagi bilimlarini chuqurlashtirish, ko’nikma hosil qilish va malakalarini oshirish, ularni yangiliklardan xabardor qilish. Kutiladigan natijalar. Tinglovchilar muammoli ta’limdan foydalanishni o’rganadilar va o’z ish faoliyatlarida qo’llaydilar. Natijada o’quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyati oshadi, ta’lim jarayonida faol qatnashadigan bo’ladi. Ta’lim samaradorligi oshadi. Dars lohiyasi. Modullar Maqsadi Mazmuni 1 Motivasiyalash Guruhlarni tashkil etish.Taqsimot. 3 Didaktik o’yin.”Meni tushun.” 2 Ehtiyojni aniqlash. Nimani biladi, nimani bilishni xohlaydi , aniqlash. 3 Yangi mavzuni o’rganish. Ma’ruza matni bilan ishlash.Taqdimot. 4 O’qituvchining qo’shimchalaridan o’ziga kerakli xulosalar chiqarish. Ba’zi bir tavsiyalar berish. 5 Darsda ishtirok etganlarning yangi mavzu bo’yicha o’zlashtirish darajasini aniqlash. Test topshiriqlarni bajarish. 6 Baholash. Mustaqil mutolaa qilish uchun adabiyotlarni tavsiya etish. Muammoli ta’limni nazariy asoslari. Maktablar oldida turgan bosh maqsad o`quvchilarni har tomonlama garmonik rivojlanishni ta’minlashdan iborat. O`quvchi shaxsini har tomonlama garmonik rivojlanishni ko`rsatuvchi asosiy faktor uning yuqori darajada mustaqil fikrlay olishida namoyon bo`ladi. Agar o`quv jarayoni o`quvchini mustaqil fikr yurita olishga o`rgatsa, unday ta’limni rivojlantirishga asoslangan o`quv- biluv jarayoni deb qabul qilish mumkin. Muammoli vaziyatni keltirib chiqarish. Muammoli vaziyatni asoslash, tushuntirish. Muammoli vaziyatni o`quvchilar bilan birgalikda tahlil qilish. Muammoli vaziyatni yechimining bir necha usullarini aniqlash. Muammoning natijaviy yechimini tanlab, har tomonlama baholash. Muammoli ta’limning umumfunksiyalari. - Bilimlar tizimining o`quvchilar tomonidan o`zlashtirib olinishi va aqliy-amaliy, ijodiy yechimlar faoliyati; - Mustaqil ravishda bilimga bo`lgan qiziqishlarining ortishi, o`quvchining ijodiy qobiliyatlari o`sishi; - O`quvchida didaktik- materialistik rivojlanishning shakllanishi; Muammoli ta’limning o`ziga xos funksiyalari. - Ijodiy fikrlash orqali bilimlarni o`zlashtirish shakllanadi. (ayrim mantiqiy va ijodiy fikrlash faoliyatlarning shakllanishi) - Olgan bilim, malakalarini hayotda qo`llay olishlari shakllanadi, o`quv muammolariga mustaqil yo`l ochish ko`nikmalari xosil bo`ladi. - ijodiy fikrlash tajribalari shakllanadi, ilmiy metodlar asosida izlanishga o`rganadilar, uning amalda qo`llaydilar. Ilmiy izlanish tajriba- sinovlar, pedagogik amaliyotlar shuni ko`rsatadiki, muammoli vaziyatlarni hamma o`quv faoliyatlariga nisbatan quyidagi tiplarga bo`lish mumkin. 4 1-tip. Agar o`quvchilar oldiga vazifalar qo`yilib, qo`yilgan masalalarga hayotdan o`quv materiali asosida javob talab qilinsa, muammoli vaziyat kelib chiqadi. 2-tip. O`quvchilar ilgarigi darslarda olgan bilimlarini yangi mavzuni o`zlashtirish vaqtida qo`llash zarurligiga uchrab qolsalar. Yangi mazmunning yechimi ilgarigi olgan bilimlarini o`zlashtirganliklarini talab etib, vaziyatdan chiqa olmay qolsalar. 3-tip. Muammoli vaziyatlarni shunday holatlarda ham uchratish mumkinki, o`rganilingan nazariy bilimlar yechimida mavzui o`rganish amaliy yechimlariga mos kelmasa. 1- tip. Muammoli vaziyat shunday hollarda ham uchrashi mumkinki, o`quv topshirigi amalda bajarish uchun o`qituvchida isbot, nazariy asos bo`lmasa. O`quvchini fiklashga yo`naltirilgan maxsus vositalarni qo`llab, uni fanga qiziqtirish, erkin fikrlashga o`rgatish, rivojlantirish tizimi yaratib borilsa, buni muammoli ta’lim deyish mumkin. O`quvchini faollashtirishda samarali metod, usullarini an’anaviy ta’limni amalga oshirishda didaktik yondashuv asosida olib borilishi deb tushuntiriladi. O`quvchilarning aqliy fikrlashlarni tayyor mavjud bo`lgan yo`llar bilan o`stirish maqsadida erishishning oddiy usuli bo`lib, u ijodkorlikka, izlanuvchanlikka olib kelmaydi. Muammoli ta’lim jarayonida o`quvchi tahlillar asosida qo`llash, sintez qilish, umumlashtirish, faktik materiallarni aniqlashtirish, o`zi mustaqil yangi axborotni oladi. Boshqacha aytganda, bu bilimni kengaytirish, chuqurlashtirishni ilgariga olgan, o`zlashtirgan bilimlari asosida o`zlashtirish, qo`llay bilishdan iborat. Olgan bilimlarni yangicha qo`llashda o`qituvchi qo`llanma, darslikdan tayyor qolda bermaydi, u o`quvchi tomonidan izlab topiladi. Mana shu holat izlanuvchanlik, sinchkovlik metodida ishlash ko`nikmalarini shakllantiradi. Aqliy izlanish- juda murakkab jarayon, u asosan muammoli vaziyat vujudga keltirilganda, aniq muammolar kuchaygandagina vujudga keladi. Agar o`qituvchi topshiriq berib, uni qanday bajarish yo`lini aytib, uni bajarishga undasa, bu muammoni yechishga kirmaydi. Bu o`quvchini tanho yechimga o`rgatadi xolos. O`quvchini haqiqiy faollashtirish, uni muammoni mustaqil fikrlash, nazariy, amaliy tomonlarini hisobga olish, tahlil orqali muammo yechimini o`zi o`ylagandek yakun toptirishga olib kelish kerak. Muammoli ta’lim an’anaviy ta’limdan o`zining maqsad, prinsip, metodlari, vazifalari jihatidan keskin farq qiladi. An’anaviy ta’limning bosh maqsadi ilgaridan fanga ma’lum bilimlarni o`zlashtirish, o`quvchini fanga ma’lum ma`lumot bilan qurollashtirish, ularda ular haqida tushuncha va malakalar hosil qilishdan iborat. Muammoli ta’lim darajalari. Birinchi bosqich. O`qituvchi muammoni to`liq yoritadi va uni yechimini topib beradi, qarshi savollar yordamida o`quvchilarni fikrlashga ixtiyoriy majbur etadi. Ikkinchi bosqich. O`qituvchi muammoni qo`yib, uning mazmunini ifodalaydi. Keyin o`quvchilarni muammo yechimini mustaqil izohlashga yo`naltiradi. Uchinchi bosqich. O`qituvchi muammoni bayon etmaydi, balki muammoli vaziyat yaratadi. O`quvchilar mustaqil fikr yuritib, muammoli vaziyatdan chiqish yo`llarini izlab topadilar. 5 To`rtinchi bosqich. Bunda o`qituvchi izlanish sohasini belgilaydi xolos, muammoga yaqinlashib boradi, lekin uning mazmuni va yechimini ko`rsatmaydi. O`quvchini mustaqil faoliyatga yo`naltiriladi. Muammoli ta’limda o`qituvchi, o`quvchini murakkab tushunchalar mazmuni bilan tanishtirish jarayonida unga sistemali ravishda muammolar qo`yib beradi, o`quvchiga axborot beradi, o`quvchi mustaqil ravishda xulosalar chiqaradi, umumlashtiradi va o`quvchi yordamida ma’lum tushuncha qoidalar, xulosalar chiqaradi. O`qitish shunday xislatki, o`quvchi o`z faoliyatida ta’lim mazmunini bayon qilishda qolgan muammolar vaziyatlarni keltiradi. Bir vaqtda muammoni hal yetishga undaydi. Muammo – ilmiy bilishni rivojlantirish zarurligini sub`ektiv shaklidir. Umummuammoli vaziyatda, ya’ni jamiyat rivojlanish jarayonida bilish va bilmaslik o`rtasida ob`yektiv ravishda vujudga keladigan vaziyat. Muammoli o`qitish – o`quvchilar o`quv – biluv jarayonida muammoli vaziyatni tahlil etish, sintez qilish, umumlashtirish asosida uning yechimi bo`yicha takliflar, gipotezalar keltiriladi. Qarashlarining to`griligini isbotlashga harakat qiladilar. Muammoli vaziyat – bu insonning intellektual qiyinchiliklarda paydo bo`lgan vaziyatlardan chiqish jarayoni ma`sullari va nomas`ullari faktlarga suyanib, maqsad sari intilishi vaziyatdan chiqa olishga intilishi, qiziqishlar orqali ijodkorlikka mahsulot olishga yo`l ochadi. Muammoli vaziyat … muammo… uning yechimini izlab topish… muammoning yechimi. O`quv- tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish, ta’lim jarayoniga va o`quv-biluv jarayoniga «Muammoli o`qitish» didaktikasini joriy etib borish asosiy ish jarayoniga aylanmog`i kerak. Muammoli ta’lim ta’lim- tarbiya jarayonini faollashtirish, o`quvchilarning o`quv- biluv jarayoniga ehtiyoji qiziqishi, xohishini orttirishga sabab bo`ladi. Agar o`qituvchi muammoli ta’limning mazmun- mohiyatini yaxshi o`zlashtirib olsa, o`quv jarayonining shakli va metodlarini, texnik jihatdan jihozlanishini amalda qo`llay olsa u o`z- o`zidan muvaffaqiyat keltiradi. O`qituvchining didaktik jihatdan yaxshi tayyorgarligi juda muhimdir. Chunki muammoli ta’limning nazariy va amaliy jihatlarini atroflicha o`rganish- o`quv jarayonini san’at darajasiga olib chiqish demakdir, u o`z navbatida o`quvchining ta’lim mazmunini to`la o`zlashtirib olishga kafolatdir. Muammoli ta’limni muvaffaqiyatli kechish shartlari 1. O`quv materiallarini muammolashtirish. 2. Bolaning faolligini tashkil etish. 3. O`qitishning bola hayoti, turmush tarzi, mehnati o`yin bilan aloqasi. Muammoli vaziyatlar yaratish usullari. 1. O`qituvchi bolalarni ziddiyat holatiga keltiradi va o`zlaricha yechimini topishni taklif qiladi. 2. Amaliy faoliyatdagi ziddiyatlar to`qnashuvini vujudga keltiradi. 3. Bir savolning o`ziga har xil fikrlarni bildiradi. 4. Hodisani har xil pozistiyadan ko`rib chiqishni taklif qiladi. 5. Taqqoslashga, umumlashtirishga, xulosalar chiqarishiga undaydi. 6. Aniq savollar qo`yadi, yechimini so`raydi. 6 7. Muammoli topshiriqlarni qo`yib, yechimini so`raydi. Muammoli o`qitish metodlari. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling