1. Muammoli bayon etish, bunda pedagog mustaqil ravishda muammoli vaziyatni
vujudga keltiradi va uning mustaqil yechimini qidiradi, topadi.
2. Pedagog mustaqil ravishda muammoni qo`yadi, ammo uning yechimini
o`quvchilarni jalb qilgan holda hamkorlikda izlaydilar, topadilar, xulosalaydilar.
3. Pedagog o`quv jarayonida o`quvchilar oldiga muammoni qo`yadi. O`quvchilar
uni izlaydilar, axborot almashadilar, qayta ishlab, o`zlarining ishtiroklaridagina yechimni
topadilar.
4. Muammoli vaziyat o`quvchilarni o`zlari tomonidan vujudga keltiriladi. Uning
yechimini boshqa o`quvchilar izlanish, yangicha fikrlash orqali topadilar, o`zaro yechim
qidiradilar. O`qituvchi yo`llanma, maqullash orqali passiv ishtirok etdi.
Muammoli ta’lim sohasida qalam tebratgan M.I.Mahmudov, M.N.Skatskin,
I.Ya.Larner kabi olimlarning xulosalariga ko`ra quyidagi metodlarni keltirish mumkin:
I. Modellashtirish (trenirovka - mashq qilish)
O’qitishning bu usuli o’z ichiga real hayotni qayta tiklash uchun ishlab chiqilgan
moslama, asbob yoki vaziyatni o’z ichiga oladi.
Qo’llanilishi:
- turli vaziyatlarda kerak bo’ladigan ko’nikmalarni qo’llashda;
- oddiy va murakkab mexanik va elektrik asboblar yasashda, operativ ko’nikmalar
va qaror qabul qilishni amalga oshirishda;
- xavfli va kechiktirib bo’lmaydigan vaziyatlarda boshqarish ko’nikmalarini
mustahkamlashda;
- ilgari o’rnatilgan prinsiplarni real hayotiy vaziyatlarda qo’llashda.
Afzalligi:
- o’quvchilar faolligi va jalb qilinishini mustahkamlaydi;
- eslab qo’lishni kuchaytiradi.
II. Namoyish qilish
Demonstratsiya - "ko’rsataman, isbotlayman" degan ma’noni anglatadi.
Bu o’qitish usulida o’qituvchi topshiriqni bajarib, o’quvchilarga bu topshiriqni
qanday bajarish kerakligini ko’rsatadi. Bu o’qitish usulidan so’ng, o’quvchilarga
topshiriqni bajarib ko’rish imkonini berish kerak.
Qo’llanilishi:
- topshiriqni qanday bajarishni ko’rsatish uchun;
- muammolarni hal qilish va analitik mohirlikka o’rgatishda;
- texnika xavfsizligini o’rgatishda;
- texnik vositalar va asboblar bilan ishlashni o’rgatishda.
Afzalligi:
- o’quvchi o’z ko’zi bilan ko’radi;
- tushunish va eslab qolishga yordam beradi;
- qiziqishini oshiradi;
- o’qitishning juda faol shakli ekanligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |