Interfeys toifalari tushunchasi Interfeys toifalarni abstract bazaviy sinflar bilan taqqoslash Maxsus interfeyslarni kiritish


Download 0.77 Mb.
bet19/50
Sana26.01.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1129439
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   50
Bog'liq
MAVZULAR UMUMIY

Foydalanuvchining xatolari – bu dasturni yaratganlar emas, uni ishga tushiradiganlar yo’l qo’yadiga xatoliklardir. Masalan, biror maydonga mutlaqo ko’zda tutilmagan qiymatni berib yuborish.

  • Istisnolar – dastur ijrosi paytida yuzaga chiqadigan nuqsonlardir, ularni dasturni tuzish bosqichida aniqlash juda qiyin (ba’zan hatto buning iloji yo’q). Masalan, endilikda yo’q bo’lgan ma’lumotlar bazasiga ulanishga urinish shunday istisnoga misol bo’la oladi. Yoki zarar yetkazilgan XML-faylni ochishga urinish. Yoki ayni damda avtonom (mustaqil) tarzda ishlayotgan mashina bilan aloqa o’rnatishga urinish. Bu kabi holatlarning har birida dasturchi (yoki foydalanuvchi) bunday istisnoli halatlar yuzasida juda past, ojiz nazoratga ega bo’ladi.

    .NET platformasi paydo bo’lgunga qadar Windows OTda xatoliklarga ishlov berish chalkash texnologiyalar qotrishmasidan iborat edi. Ko’p dasturchilar o’zlari yaratayotgan dastur matniga xatoliklarga ishlov berishning o’zlari o’ylab topgan usullarini joriy etar edilar. Masalan, dasturchilarning guruxlari ma’lum xatolik holatlarini ifodalash uchun sonli o’zgarmaslar tanlanmalarini joriy etishar edi va keyin bu o’zgarmaslarni metodlarning qaytaradigan qiymatlari sifatida qo’llashar edi. C tilidagi ushbu kod bo’lagiga e’tibor bering:
    /* Xatolarni tutishning C uslubidagi ananaviy usuli */
    #define FAYL_TOPILMADI 1000
    int FaylTiziminiIshlatish()
    {
    // Bu funktsiyadagi jarayonlar oqibatida ushbu qiymatni
    // qaytaradigan holat yuz bermoqda deb faraz qilinmoqda
    return FAYL_TOPILMADI;
    }
    void main()
    {
    int qaytganQiymat = FaylTiziminiIshlatish ();
    if(qaytganQiymat == FAYL_TOPILMADI)
    printf("Fayl topilmadi..."); // xabar chiqarish
    }
    Bunday yondashuv mukammallikdan yiroqdir, chunki FAYL_TOPILMADI – shunchaki son qiymat bo’lib, paydo bo’lgan muammoni qanday bartaraf qilish uchun juda kam ma’lumot beradi. Ideal holda xatoning nomi, uni tavsiflovchi xabar va xatolikni kelib chiqishi to’g’risidagi boshqa foydali axborot yagona aniq yaratilgan paketga joylashtirilishi kerak (istisnolarga tuzulmaviy ishlov berishda aynan shunday bo’ladi). Ishlab chiqaruvchilar qo’llaydigan alohida usullarga qo’shimcha ravishda Windows OTning API-interfeysi ichida yuzlab xatoliklarning kodlari bor, ular #define va HRESULT ta’riflari shaklida kiritilgan, shuningdek oddiy mantiqiy qiymatlarning juda ko’plab ko’rinishlari mavjud (bool, BOOL, VARIANT BOOL va h.k.)
    Bunday chalkashliklarga barham berish uchun nihioyat .NET platformasi ijro paytida xatolarni yaratish (generatsiya qilish) va ularni ilib (ushlab) olishning standart metodikasini – istisnolarga tuzulmaviy ishlov berishni taklif etdi.


    Download 0.77 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   50




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling