Interfeys toifalari tushunchasi Interfeys toifalarni abstract bazaviy sinflar bilan taqqoslash Maxsus interfeyslarni kiritish
textBox3.Text = (double.Parse(textBox1.Text)* double.Parse(textBox2.Text)).ToString()
Download 0.77 Mb.
|
MAVZULAR UMUMIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilova maketini yaratish
textBox3.Text = (double.Parse(textBox1.Text)* double.Parse(textBox2.Text)).ToString();
Bo’lish tugmasi uchun: textBox3.Text = (double.Parse(textBox1.Text) / double.Parse(textBox2.Text)).ToString(); Shundan so’ng dasturni ishga tushirib, sinab ko’rsak, uning to’g’ri ishlayotganiga amin bo’lamiz. Yana bir bor ta’kidlash joizki, Visual Studio 2019 dasturlash muhitida ilova dizaynini yaratish paytida qaysi ob’yekt tanlangan holatda bo’lsa, o’sha ob’yekt xossalari Свойства (Xossalar) oynasida aks etadi. Masalan, biz ilovaga oid ma’lumotlarni ko’rmoqchi bo’lib, Обозреватель решений (Yechimlar manzarasi) oynasidan ilovamizga oid biror manbanimi, sinfnimi tanlaylik (quyidagi holda o’zimiz yaratayotgan ilovaning nomi, ya’ni FormaBilanIshlash degan nomlar fazosi tanlangan): Endi Свойства (Xossalar) oynasida quyidagilar aks etadi: Bu oynada loyihamiz faylining nomi, u joylashgan papka va faylga olib boruvchi to’liq manzil (yo’l) ko’rsatilgan. Ilova maketini yaratish Ilovanining maketini yaratish deganda yechilayotgan masalaning mazmunidan kelib chiqib, ilova formasiga yoki formalariga tegishli elementlarni joylashtirish, ularning xossalarini (o’lchamlarini, ranglarini, shriftlarini va h.k.) sozlash ishlari kiradi. Masalan biz yaratgan FormaBilanIshlash ilovamiz maketini yaratishda biz quyidagi ishlarni amalga oshirdik: Ilova formasining sarlavhasini muhitning o’zi bergan Form1 degan nomini o’zgartirib, “Birinchi ilovam” degan yangi nomni berdik; Ilovamiz formasiga Label toifasiga mansub 3 ta element joylashtirib, ularga mos ravishda “Birinchi son”, “Ikkinchi son” va “NATIJA” degan nomlarni berdik; Ilovamiz formasiga TextBox toifasiga mansub 3 ta element joylashtirdik; Ilovamiz formasiga Button toifasiga mansub 4 ta element joylashtirib, ularga mos ravishda “Qo’shish”, “Ayrish”, “Ko’paytirish” va “Bo’lish” degan nomlarni berdik. Ilova maketi yaratilganidan keyin, masalaning mohiyatidan kelib chiqib dastur kodlari tegishli faylarga yoziladi. Biz ilovamiz maketini aratib olganimizdan so’ng, quyidagi ishlarni bajardik: Sichqoncha forma ustida 1 marta bosilganida forma rangini sariqqa o’tkazuvchi kod yozdik; Sichqoncha forma ustida 2 marta bosilganida forma rangini yashilga o’tkazuvchi kod yozdik; “Qo’shish”, “Ayrish”, “Ko’paytirish” va “Bo’lish” deb nomlangan tugmalar bosilganida formadagi “NATIJA” degan izoh tagidagi matn maydoniga “Birinchi son”, “Ikkinchi son” degan izohlar tagidagi matn maydonlariga yozilgan sonlar yig’indisini, ayirmasini, ko’paytmasini va bo’linmasini hisoblab yozadigan kodlar yozdik. Umuman aytganda, ilova yaratishda yechilayotgan masala mohiyatidan kelib chiqib, qilinadigan ishlarni to’g’ri rejalashtirib, ilovaning yaratilgandan keyin qanday ishlashi lozimlligini to’la ko’z oldimizga keltirgan holda ilova maketini iloji boricha hamma jixatlarni qamrab oladigan qilib yaratib olish maqsadga muvofiqdir. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling