Interfeys toifalari tushunchasi Interfeys toifalarni abstract bazaviy sinflar bilan taqqoslash Maxsus interfeyslarni kiritish


Download 0.77 Mb.
bet26/50
Sana26.01.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1129439
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   50
Bog'liq
MAVZULAR UMUMIY

Ma’ruza 06 (32)
Mavzu: Windows Forms ilovalarini yaratish

Reja:

  1. Windows Formsga kirish

  2. Forma xossalari. Hodisalar

  3. Komponentlar. Ilova xossalari, sozlamalari

  4. Ilova maketini yaratish


Windows Formsga kirish
Biz o’tgan darslarimizda misol tariqasida tuzgan dasturlarimiz konsol dasturlari edi. Endi Windows uchun Visual Studio 2019 dasturlash muhitida Windows OT muhitada ishlaydigan va oynalari mazkur OT oynalari kabi bo’lgan ilovalar, ya’ni Windows Forms ilovalarini yaratish jarayoni bilan tanishamiz.
Visual Studio 2019 ishga tushirilganidan so’ng, ushbu oyna paydo bo’ladi:

Bu oynaning o’ng tomonidagi Начало работы (Ishni boshlash) degan bo’limning Создание проекта (Loyiha yaratish) bandini tanlasak (sichqonchaning chap tugmasini bosib) navbatdagi ushbu tanlov oynasi ochiladi:

Yana o’ng tomondagi ro’yxatdan Приложение Windows Forms (Windows Formalari ilovasi) degan bandni tanlab, pastdagi Далее tugmasini bosamiz. Natijada ushbu oyna ochiladi:

Biz endi Имя проекта (Loyiha nomi) degan joyga o’zimiz yaratmoqchi bo’lgan loyihaning nomini yozamiz, ya’ni loyihaga nom beramiz, masalan, FormaBilanIshlash deb. Keyingi maydonga esa loyahamiz joylashtiriladigan papka manzilini yozamiz va yana Далее tugmasini bosamiz. Navbatdagi oyna ochiladi:

Bu yerdagi Создать (Yaratish) tugmasini bosamiz. Natijada biz Visual Studio 2019 dasturlash muhitining tayyor Form1 degan ilova oynasi joylashtirilgan manzarasiga ega bo’lamiz:

Visual Studio 2019 dasturlash muhiti biz yaratayotgan ilovaga tayyor Form1 deb nomlangan formani (shaklni, ya’ni yaratayotgan ilovamizning birnchi oynasini) taqdim etmoqda. Bu forma Windows OT muhitida ishlaydigan to’laqonli oynadir. Garchi bu oyna bo’m-bo’sh bo’lsa-da, biz dasturni ishga tushirib ko’rsak, uning ishlashini ko’ramiz: hali biror jiddiy vazifa bajarmaydiga ilovamizning mazkur oynasini biz boshqa Windows OT muhitidagi oynalar kabi sichqoncha yordamida u yoqdan bu yoqqa surishimiz, qirg’oqlaridan ushlab o’lchamlarini o’zgartirishimiz, pastga – masalalar paneliga olib turishimiz va qayta tiklashimiz va, nihoyat, yuqori o’ng tomondagi X belgisini (tugmasini) bosib yopib qo’yishimiz, ya’ni dasturimiz ishini yakunlashimiz mumkin:

Bu oynani yopib, Visual Studio 2019 muhitiga qaytaylik. Muhit ekranining o’ng tomonida ushbu oynani ko’rishimiz mumkin:

Bu Обозреватель решений (Yechimlar manzarasi) degan oynada biz yaratayotgan FormaBilanIshlash ilovasining sinflari shajara tarzida aks ettirilgan. Biz bu oynada dasturga kitish nuqtasi bo’lgan va bizga yaxshi tanish Main() metodini ham Program sinfi ichida joylashtirilganini ko’rib turibmiz.
Обозреватель решений (Yechimlar manzarasi) oynasidan pastda esa Свойства (Xossalar) degan oyna bor bo’lib, unda ilova dizaynini yaratish paytida dasturchi tanlagan ob’yektning xossalari aks etttiriladi.
Ayni damda Form1 ob’yekti tanlangani uchun, Свойства (Xossalar) oynasining ko’rinishi quyidacha:

Endi shu formaning xossalari va hodisalar bilan tanishib chiqaylik.


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling