International Islamic Academy of Uzbekistan Volume 3
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
ta-lim-tarbiya-va-rivojlanish-o-rtasidagi-o-zaro-munosabat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Psychology of Religion in Uzbekistan DOI: 10.24412/2181-1385-2022-02-135-140 135
- Nelson Mandela
International Islamic Academy of Uzbekistan Volume 3 | IIAU Conference 1 | 2022 Google Scholar indexed Scientific-Theoretical and Practical Issues of Psychology of Religion in Uzbekistan DOI: 10.24412/2181-1385-2022-02-135-140 135 May 21 https://ares.uz/ Republican Scientific and Practical Conference TA’LIM-TARBIYA VA RIVOJLANISH O‘RTASIDAGI O‘ZARO MUNOSABAT Rustamova Barno Abduhalilovna Al-Bukhari University, Pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi barnor998@gmail.com “Yaxshi bosh va yaxshi qalb har doim ajoyib kombinatsiyadir. Ammo bunga savodli til yoki qalam qo‘shsangiz, sizda judayam o‘ziga xos narsa paydo bo'ladi." Nelson Mandela Psixologiya fani zamonaviy ta’limotga asoslangan holda inson shaxsining tarkib topishida ta’lim va tarbiya bilan rivojlanish o‘rtasidagi o‘zaro munosabat muammosi keng doirada muhokama mavzusiga aylanmoqda. Rivojlanish deganda, odatda hodisalarning har ikki turi tushuniladi va bu tushunchalar bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir: 1) miyaning biologik, organik yetilishi, uning anatomik- fiziologik tuzilishi jihatidan yetilishi; 2) psixik (aqliy) rivojlanishning ma’lum o‘sish darajalari sifatidagi, o‘ziga xos aqliy yetilish sifatidagi psixik rivojlanishi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, aqliy rivojlanish miya tuzilishining biologik yechilishi bilan bog‘liqdir va bu xususiyat ta’lim-tarbiya ishlarida, albatta, hisobga olinishi lozim, chunki ta’lim miyaning organik jihatdan yetilishini inkor eta olmaydi. Biroq miya tuzilishining organik jihatdan yetilishini muhitga, ta’lim-tarbiyaga mutlaqo bog‘lanmagan xolda o‘zining qat’iy biologik qonunlari asosida sodir bo‘ladi, deb bo‘lmaydi. Muhit, ta’lim-tarbiya va tegishli mashq miya tuzilishining organik jihatdan yetilishiga yordam beradi. Maqolada shaxsning rivojlanishida ta’lim- tarbiyaning o‘rni hamda o‘zaro munosabatlar uyg’unligining pedagogik-psixologik xususiyatlari o‘rin olgan. Ta’lim-tarbiya va rivojlanish o‘rtasidagi o‘zaro munosabat jarayonida turli xil savollar yuzaga kelishi tabiiy, jumladan, ta’lim qanday mavqega ega ekanligi, ta’lim rivojlanishga nisbatan yetakchi vazifani bajaradimi yoki aksinchami kabi savollarga javoblar hamda muammoning hal qilinishi ta’lim jarayonining mazmuni va metodikasini, o‘quv dasturlari va darsliklarning mazmunini belgilab beradi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling