International school of finance technology and science
Menejer mehnati samaradorligini oshirish usulari
Download 292.41 Kb.
|
Menejerning ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyodlar.
4. Menejer mehnati samaradorligini oshirish usulari.
Biz doimo o’zgaruvchan olamda yashaymiz. Menejer buni boshqalardan ko’proq va yaxshiroq tushunishi kerak. Gap faqat olamdagi yoki xalqaro maydondagi katta o’zgarishlar haqida ketayotgani yo’q. Bozordagi vaziyat o’zgaradi: talab o’zgaradi, iste’molchilarning qarashlari, bozordagi narxlar, raqobat murakkablashadi, yangi tovarlar, texnologiyalar paydo bo’ladi, ishchi kuchi sifatiga talab o’zgaradi. Menejerning kasbiy hayotda ham bir qancha o’zgarishlar yuzaga keladi: inflyatsiya yuzaga keladi va rivojlanadi, hamkorlik va xom ashyo yetkazib beruvchilar o’z majburiyatlarini bajarishmaydi, yangi qonun-qoidalar chiqadi, yuqori malakali mutaxassislar pensiyaga chiqishadi yoki boshqa korxonaga ishga o’tib ketishadi, aylanma mablag’larda uzilish yuzaga keladi, yoki yanada samaraliroq potensial sheriklar uchrab qoladi va hokazolar. Shuning uchun ham menejer har kuni va har soatda o’zgaruvchan muhit sharoitiga tayyor turishi talab etiladi. Aks holda o’zgarishlarni tezkorlik bilan qayd etib unga muvofiq choralar ko’rmaslik tashkilot uchun yomon holatlarni yuzaga keltirishi va menejerni bundan faol ish muhitidan chetlatilishiga olib kelishi mumkin. Bunday tez o’zgaruvchanliklarni bartaraf etishda menejer uchun bitta imkoniyat bor-bu qaror qabul qilish. Yuqorida ta’kidlanganidek, o’zining (professional) kasbiy fao-liyati davomida menejer ko’pgina o’zgarishlarga duch keladi va ularga nisbatan qabul qilingan qarorlar turkumlari ham juda keng. Lekin qabul qilingan qarorlarni birlashtiruvchi narsa mavjud bo’lib, bu uning faoliyati natijasi-o’z mentalitetidir (o’zligi). Shu nuqtai nazardan boshqaruv faoliyati avvalambor faoliyat mental xarakter sifatida tavsiflanadi. Shuning uchun ham menejerga ma’lum mental quvvatga ega bo’lish va uni doimo rivojlantirish va takomillash-tirib borish zarur. Xulosa Menejeming amaliy tomonlarini o‘rganishdan avval unga oid asosiy tushunchalar, usul va vositalami bilib olish maqsadga muvofiq bo'lib, ulaming barchasi rahbar (menejer)lik faoliyatining mohiyatini to‘g‘ri tushunishga va uni muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam beradi Menejment o‘zi nima? Menejer kim? - degan savollarga olimlar, mutaxassislar turlicha ta’riflar beradilar. Ba’zilar, menejment - boshqarish faoliyati bo‘yicha rahbar kadrlar tayyorlovchi fan deyishsa, ba’zilar, menejment - boshqaruv faoliyatida insonlami faollashtirish deya ta’rif berishadi. Ayrimlaming fikricha, «Menejment - bu tashkilotning orzuniyatlariga erishishidagi mehnat va moddiy resurslami aniq yo‘nalishda ishlatilishi evaziga erishiladigan rejalashtirish, tashkil qilish, tartibga solish (muvofiqlashtirish) va nazorat qilish jarayonidir». Bu jarayonda rahbar (menejer) va boshqariluvchi xodimlar (guruhlar) qatnashadi. Rahbarlik - 12 bu menejeming boshqaruv faoliyatidir. Ingliz tilining fundamental Oksford lug‘atida «menejment» so‘ziga-«Insonlami o‘zaro munosabatlarda bo‘lish usullari, hokimiyat va boshqarish san’ati» deb ta’rif berilgan. Foydalanilgan adabiyodlar. 1.Internet web saytlar orqali olingan ma`lumotlar. 2. https://e-library.namdu.uz/ Download 292.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling