International school of finance technology and science
Download 292.41 Kb.
|
Menejerning ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Menejerning o’ziga xos xususiyatlari
1. Menejer tushunchasi
Boshqarish fanida markazlashtirilgan holda yechiladigan, tashkilotning barcha a’zolari va tarkibiy qismlari uchun umumiy hisoblangan masalalar boshqarishning zaruriyligini keltirib chiqaradi. Shuning uchun ham hozirga kelib “menejer” nomli mutaxassislik shakllanganki, yuqoridagi vazifalar bilan faqat (yoki asosan) rahbarlar (menejerlar) shug’ullanadilar. Menejer – tashkilotning azosi bo’lib, boshqaruv faoliyatini amalga oshiradigan va boshqaruv vazifalarini hal etishga masul bo’lgan xodimlar. Yuqori masuliyat bilan aytish mumkinki menejerlar tashkilot uchun eng zaruriy insonlardir. Albatta, har bir menejer oldiga qo’yilgan vazifa, mas’uliyat bo’yicha tashkilot uchun xar xil muhimlikda urin egallaydilar, chunki ular tomonidan bajarilayotgan vazifalar mazmuni, mas’uliyati va hajmi bo’yicha har xil hamda tashkilotning boshqaruv iyerarxiyasi bo’yicha taqsimlanadi. Menejerlar deb, boshqaruv san’ati va mahoratiga ega bo’lgan malakali va yollanib ishlaydigan mutaxassislarga aytiladi. Har bir menejer ma’lum kapital to’plab o’z ishini ochishi mumkin va tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishi mumkin. Ammo hamma tadbirkor menejer bo’la olmasligini uzoq muddatli tajriba ko’rsatmokda. Chunki menejer bo’lish uchun faqat yoki bilim yoki mutaxassislik haqida diplom bo’lishi yetarli emas. Bunda ollohdan atalgan qobiliyat – tashkilotchilik, yetakchilik, o’z so’zini o’tkaza biladigan, muloqotni bilish san’atiga ega va shunga o’xshagan xislatlarga ega bo’lishi kerak. 2. Menejerning o’ziga xos xususiyatlari Menejerlar yaxshi taktikkina bo’lib qolmay, strateg ham bo’lishlari kerak. Ular bozor ehtiyojlarini inobatga olishlari, bozorning shakllanishida ta’sir etish, talabdagi o’zgarishga egiluvchan shaklda javob berish, u maqsadni aniq tasavvur qila olish, ertangi kun muammolarini yechish uchun bugundan taraddud ko’ra olish, texnik yutuq va iqtisodiy ijtimoiy rivojdan orqada qolmaslik uchun va samarali xo’jalik yuritish kerak. Bunga erishish uchun iqtidorli boshqaruv apparatiga ehtiyoj seziladi. Bozor sharoitlarida yaxshi natijalarga erishish uchun kadrlar tayyorlash tizimiga yangi talablar qo’yiladi, bu tizimda universitet va institutlar alohida o’rin egallashi lozim, oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida yangi tipdagi, iqtisodiyotni yaxshi biluvchi, boshqaruvning iqtisodiy, ijtimoiy-psixologik usullari va texnika vositalarini qo’llay oluvchi menejerlar tayyorlanishi lozim. Mutaxassis egallagan bilimlar tez eskirgani sababli, uni doimo takomillashtirib borish lozim. Agar rahbar o’z bilimini takomillashtirib bormasa, eski bilimlariga tayanib qolishi, ishlab chiqarish bundan zarar ko’rishi mumkinligini tajribada ko’rish mumkin. Olingan maxsus bilimga doimo to’ldirilib borilishi lozim bo’lgan asos sifatida qarash kerak. Bozor munosabatlari sharoitida texnik ma’lumotga ega bo’lgan ishlab chiqarish rahbarlari ayniqsa iqtisodiyot, marketing, ishlab chiqarishni tashkil etish va Shu yuqoridagi berilgan yo’nalishlarda menejerlar faoliyatini yaxshi rivoj topishida o’zining axloqi juda muhim rol o’ynaydi. Shu sababli hozirgi zamon talabi ham menejerlarning professional bo’lishlarini talab qiladi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, zamonaviy boshqarishda rahbarlarning axloqiy yo’nalishlari bo’yicha rivojlangan davlatlar tajribalari asosida ish olib borish maqsadga muvofiq bo’ladi. Download 292.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling