International scientific journal “Interpretation and researches”


Download 6.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/228
Sana20.10.2023
Hajmi6.04 Mb.
#1713406
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   228
Bog'liq
4-8-PB

“KIM KO‘P SO‘Z TUZADI” o‘yini: 
O‘quvchilarga biror harf (tovush)ga oid so‘zlar topish vazifasi yuklatiladi. Bu harf 
(tovush) so‘z boshi, so‘z o‘rtasi va so‘z oxirida keishi lozimligi vazifasi beriladi. 
Masalan. "a" tovushiga oid so‘zlar toping. So‘z boshida: ayiq, asal,... So‘z orasida: 
sariq, maktab So‘z oxirida: bog‘cha, chana... kabi.
BERILGAN BOG‘INLARGA BITTADAN HARF QO‘SHIB, SO‘ZLAR 
HOSIL QILING” o’yini(3) 
Bir bo‘g‘inli so‘z berilib, unga bir harf qo‘shish orqali o‘quvchilar yangi so‘z hosil 
qilishlari kerak. Masalan: Far: farq, fard. Farz Dar: dard, dars, darz...kabi. 
KEYINGI MOS HARFLARNI QO‘YIB YANGI SO‘ZLAR HOSIL QILISH 
o’yini 


International scientific journal
“Interpretation and researches” 
Volume 1 issue 3 | ISSN: 2181-4163 | UIF-2023: 8.2 
53 
Berilgan so‘zlarni, oxiridagi harfni o‘zgartirish orqali o‘quvchilar yangi so‘zlar 
hosil qiladilar va kim ko‘p so‘z tuzsa, ana o‘sha o‘quvchi g‘olib bo‘ladi. Masalan: 
KIYIN - KIYISh, KIYIK, Kl YIM, KIYIB kabi. 
SO‘ZLARDAGI 
BIROR 
HARF(TOVUSH)NI 
SHUNDAY 
O‘ZGARTIRINGKI, QOFIYASI MOS SO‘ZLAR HOSIL BO‘LSIN o’yini 
O’qituvchi so‘zlar aytadi va o‘quvchilar so‘zdagi biror tovushni o‘zgartirib unga 
mos qofiyadosh so‘zlar topadilar. Masalan: PILLA - T1LLA, PAXTA – TAXTA, PUL 
– GUL, POL – MOL, PARTA-MARTA....kabi
O‘quvchilarining o‘qish malakasini rivojlantirish va nutq o‘stirishda ilg‘or 
usullardan foydalanish. O‘quvchilarni mustaqil fikrlashga yo‘naltiruvchi mantiqiy 
metodlar, interfaol usullarda o‘z aksini topadi. Dars berish usullari ta'lim beruvchining 
faoliyatini tashkiIlashtirish vositasidir. Ta’limga muhokama va rivojlantiruvchi xarakter 
beruvchi, ta’lim oluvchilarni mahsuldor faoliyatini ta’minlovchi dars berish va o‘qitish 
usullari interfaol usullar deyiladi. Ana shunday interfaol metod va texnologiyalardan 
namunalar keltiramiz: Taqdimot va muzyorarlar bu mashg'ulotni boshlash uchun 
mo‘ljallangan qisqa mashqlardir. Ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchi o‘rtasidagi 
«to‘siq»ni yoqotishga qaratilgan usul. Bu metod asosida guruh o‘quvchilari orasidagi 
o‘zaro ishonch, hurmat, o‘zaro yaqinlikni his etishga o‘rgatish yotadi.
Aqliy hujum yoki aqliy hamla - bu metod asosida chegaralangan vaqt ichida 
aqlning tezkor harakati orqali o‘ziga xos muammo, vazifa xususida barcha 
o‘quvchilarning imkon qadar ko‘proq g‘oyalarni yaratishi yotadi, ya'ni topshiriq barcha 
uchun yakka holda bajarilib, fikrlar umumlashtirilib bittasi ustida to'xtaladi. Debat bu 
usulning maqsadi o‘zaro baxs-munozara asosida mukammal yechim variantlarini 
yuzaga chiqarishdir. 

Download 6.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling