International scientific-online conference: “innovation in the modern education system” part 18


International scientific-online conference


Download 474.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana20.06.2023
Hajmi474.34 Kb.
#1632437
1   2   3   4   5
Bog'liq
Jalilov Iskandar

International scientific-online conference: 
“INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM”
 
PART 18, 25.05.2022 
127
Respublikasi (BXSR) hukumati yillariga toʼgʼri keldi, 1920-yil 9-sentyabrda 
“Buxoro axbori” gazetasiga asos solindi. 1923-yil oktyabrdan esa, uning 
oʼrnida “Ozod Buxoro” gazetasi chop etilgan. Buxoro matbuotchilik tarixida 
Said Аhroriy, Аbdulhamid Choʼlpon, Qori Yoʼldosh Poʼlatov, Ziyo Usmoniy va 
boshqa muxbirlar faoliyati eʼtiborga loyiq. “Buxoro axbori”, “Ozod Buxoro” 
gazetalari faoliyatida rivojlanish va pasayish hollari ayniqsa, “Ozod Buxoro” 
chiqa boshlagach koʼzga tashlanib, bu davrda matbuotda obьektiv xabar 
va maqolalar oʼrniga, kommunistik mafkura taʼsiri kuchayib bordi. BXSR 
davrida zamonaviy bosmaxona va nashriyot ishlarini yoʼlga qoʼyish, davlat 
va xususiy nashriyotlar ochish, larning poligrafik va moddiy-texnik bazasini 
mustahkamlash, bu yoʼlda nizom va qoidalar ishlab chiqish, ularni amalda 
tadbiq qilish, sayyor bosmaxonalar orqali matbaachilikni rivojlantirish kabi 
chora-tadbirlar koʼrilgan. Xorijdan va qoʼshni respublikalardan nashriyot va 
bosmaxona 
ishlariga 
mutaxassislarni 
jalb 
qilish, 
viloyatlarda, 
bosmaxonalarning filiallari ochila boshlangan. Chetdan musulmoncha harf 
terish texnikasi, aksilxona (sintografiya), qogʼoz olib kelishga eʼtibor 
qaratilgan. Buxoroda kitob, turli tavsifdagi adabiyotlarni koʼproq tarqatish 
maqsadida Moskva, Sankt-Peterburg, Turkiston АSSRdagi nashriyot va 
bosmaxonalardan ham foydalanilgan. BXSRda muntazam boʼlmasa-da, 
“Ochiq soʼz” (Buxoro), “Til” (Chorjoʼy) kabi bir qator jurnal va gazetalar ham 
chop etilgan. Bundan tashqari, respublika kasabalar uyushmasi va yoshlar 
tashkilotining bir qator publitsistik va satirik koʼchma bosmaxonalarida 
varaqa, devoriy gazeta nashrlari ham chiqqan. Respublikada matbuotchilik, 
nashriyot va bosmaxona ishlarining faoliyati hukumat maorif nozirligi 
ixtiyorida boʼlgan, biroq BXSRdagi milliy hukumat faoliyatiga Markazning 
taʼsiri, 1923 yildan iqtisodiyotning keskin pasayishi, 1924 yilning kuziga kelib 
BXSR hukumatining tugatilishi kabi omillar bu yoʼnalishda kutilgan natijani 
bermadi. 
Bu davrda amirlikda rus matbuoti ham mavjud boʼlib, “Buxarskiy 
vedomosti” chop etilganligi, bu gazeta amirlikda istiqomat qilayotgan rus 
posyolka va manzilgohlari aholisini yangiliklaridan xabardor etishdan iborat 
boʼlgan. Ushbu gazeta asosan Turkiston va Rossiya markaziy nashrlarining 
ilovasi vazifasini oʼtagan va ulardagi maqolalarni oʼzgartirmagan holda oʼz 
sahifalarida eʼlon qilgan. Ushbu gazeta keng tarqalmadi va oʼz oʼquvchilari 
eʼtiborini qozonmadi. Xullas, XX asr boshlari Buxoroda davriy matbuotning 
vujudga kelishi va shakllanishi jarayonlari kechib, matbuot organlari keng 
xalq ommasi orasida tarqalmadi. Shunday boʼlsada, taraqqiyparvarlik 
gʼoyalarini targʼib qilish, ijtimoiy siyosiy ongni oʼstirish, dunyo haqidagi 
tasavvurlarga ega boʼlish, erkinlik va ozodlik gʼoyalari oʼsishida davriy 



Download 474.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling