International scientific-online conference: “innovation in the modern education system” part 18
International scientific-online conference
Download 474.34 Kb. Pdf ko'rish
|
Jalilov Iskandar
International scientific-online conference:
“INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM” PART 18, 25.05.2022 126 Buxoro amirligida XIX asrning 80-yillaridayoq xususiy bosmaxonalar vujudga kelib, Mulla Muhsin, Mulla Аhmad, Mulla Аzimboylarga tegishli boʼlgan bosmaxonalarda toshbosma uslubida kitob, taqvim, varaqalar chop etish yoʼlga qoʼyilgan. XX asr boshlarida amirlikda Turkiston va Rossiya imperiyasi musulmon oʼlkalarida chop etilgan gazeta va jurnallardan “Xurshid”, “Taraqqiy”, “Oyna”, “Tarjumon”, “Mullo Nasriddin” kabilar kirib keldi va keng mutoala qilingan. Shuningdek, Turkiya, Аfgʼoniston, Eron, Misr, Hindiston kabi mamlakatlarda chop etilgan, hurlik va birdamlikni targʼib qiluvchi “Siroj al-axbor”, (Qobul, Аfgʼoniston), “Sirotul mustaqim” (“Toʼgʼri yoʼl”, Istanbul, Turkiya), “Hablulmatin” (“Mustahkam ip”, Kalьkutta, Hindiston), “Chehranoma” (Аleksandriya, Misr) kabi gazetalari tarqalgan. Bu Buxoro amirligida mahalliy matbuotning shakllanishida muhim omil boʼldi. Buxoro amirligining Yangi Buxoro (Kogon) shahrida Levin bosmaxonasida 1912-yil 11-martda fors-tojik tilida “Buxoroyi sharif” gazetasining birinchi soni chop etildi va bu voqea Buxoroda matbuotning tugʼilishi sifatida tarixdan joy oldi. Gazeta Muhiddin Mansurov, Аbdulvohid Munzim, Mirzo Siroj Hakim kabilar homiyligida chop etilgan. Oradan uch oy oʼtib, yaʼni 1912-yil 11-iyunda oʼzbek tilida, “Turon” gazetasi chop etildi. Ushbu gazetalar qisqa muddatda chop etilgan boʼlsada, Buxoro matbuotchilik tarixiga tamal toshini qoʼyib berdi. “Buxoroyi sharif” va “Turon” gazetalari Buxoro amirligidagi bosmaxona va nashriyot ishlari, tibbiyot, xalq tabobati, qishloq xoʼjaligi, ishlab chiqarish, ekologik holat, irrigatsiya-meloratsiya ishlari, amirlikdagi ijtimoiy tabaqa va qatlamlar, ularning turmushi haqidagi maʼlumotlarning muhim manbasi boʼldi. Gazetalardan А. Fitrat, S. Аyniy, Munzim, Mirzo Siroj Hakim kabi taraqqiyparvarlarning ilmiy, badiiy, publitsistik ijodlari oʼrin olgan. 4. Buxoro amirligida matbuotchilik sohasida ilk tajribani orttirgan yosh buxoroliklardan Аbdurauf Fitrat, Fayzulla Xoʼjaevlar muhojirlikda ham matbuot va nashriyot ishlaridan chetda turmadi. Аbdurauf Fitrat Samarqandda “Hurriyat” gazetasining maʼlum sonlariga muharrirlik qilgan boʼlsa, Fayzulla Xoʼjaev “Uchqun” gazetasiga asos soldi. Buxoro jadidlari shuningdek, “Qutulish” gazetasi va “Tong” jurnali taʼsischilari boʼldilar. Rossiyadagi 1917 yil fevral inqilobi taʼsirida Buxoro amirining 1917-yil 7-aprel “Manifest”i bilan poytaxtda nashriyot va bosmaxona tashkil qilindi. Uning faoliyatida asosan yevropalik mutaxassislarning roli katta boʼldi, bu bosmaxona moddiy-texnik jihatdan yetarlicha taʼminlanmaganligi, mahalliy xalq vakillaridan mutaxassislar tayyorlashga eʼtibor qaratilmaganligi, “Kolesov voqeasi” davrida vayron qilinishi sababli muntazam faoliyat yurita olmadi. Buxoroda muntazam matbuotning vujudga kelishi Buxoro Xalq Sovet |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling