International scientific-online conference: “innovation in the modern education system” part 18
International scientific-online conference
Download 474.34 Kb. Pdf ko'rish
|
Jalilov Iskandar
International scientific-online conference:
“INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM” PART 18, 25.05.2022 128 matbuotning roli mavjudligini tarixiy dalillar tasdiqlaydi. BXSR hukumati yillari va undan keyingi dastlabki yilda Buxoroda izchil oʼzbek tilidagi davriy matbuotning faoliyati va nashriyot ishlari ushbu xronologik chegaradagi chop etilgan gazeta va jurnallar, ularda ilgari surilgan masalalar yaxlit holda tadqiq qilinadi. 1917 yildan butun Turkiston mintaqasida kechgan ijtimoiy, siyosiy jarayonlar Buxoro amirligiga ham taʼsirini koʼrsatib, 1920 yil monarxiyaga qarshi toʼntarish natijasida Buxoroda nozirlar shoʼrosi hukumatining oʼrnatildi. BXSR hukumati vakillari orasida Fitrat, Аbduvohid Burxonov, Fayzullo Xoʼjaev, Muhiddin Mansurov singari matbuotchilik sohasida salmoqli tajribaga ega boʼlgan vakillar bor edi. Jumladan, Fitrat Samarqandda muhojirlik davrida “Hurriyat” gazetasining 26-85 sonlariga qadar unga muharrirlik qilgan. Deyarli barcha sonlarda maqolalar chop ettirgan. “Hurriyat”ning shiori “Yashasun ilmiy, adabiy, ijtimoiy oʼzgarish. Miya oʼzgarmaguncha boshqa oʼzgarishlar negiz tutmas. Yashasun Sharq qutilishi”,-edi. 1920 yilda “Tong” (“Zarya”), “Qutulish”, Fayzulla Xoʼjaev tashabbusi bilan “Uchqun” gazetalarini chiqarilishi ham matbaachilik faoliyati oʼsib borganligini koʼrsatadi. Ushbu gazetalarning 2-3 ta soni chiqarilgan boʼlib, BXSR hukumati yillarida doimiy milliy matbuotga asos solinishiga zamin yaratdi. 1920 yil 9 sentyabrdan Eski Buxoroda “Buxoro axbori” gazetasi chop etilib, u beshinchi sonigacha oʼzbek va tojik tillarda bosilgan. Ushbu gazetada ham “Buxoroyi sharif” va “Turon” gazetalarining shakl va mazmun tasnifiga mos keladi. Uning farqi shundaki, gazeta isloh qilingan oʼzbek adabiy tili, arab imlosida boʼlib, “Buxorolik vatandoshlar, ozod Vataningiz muborak boʼlsin” shiori ostida chop etilgan. “Buxoro axbori” gazetasi dastlab haftada bir marta, 1500-2000 nusxada chop etilgan. Gazetaga Said Аhroriy, Choʼlpon, Ziyo Usmoniy, Ostonquli Аbdulqiyomov, Qori Yoʼldosh Poʼlatov, Qosim Sorokin, Аbbos Аliev kabilar 1920-1925 yillarda muharrirlik qilganlar. Аyrim hollarda gazetaning tiraji ming nusxaga tushib qolgan. 1923 yilda esa haftada ikki-uch bor, 2500-3000 ming nusxaga qadar chop etilgan. Gazeta sahifalarida faqat Buxoro matbuotining oʼsha davr holatiga doir 30 ga yaqin maqolalar tahlil qilindi va tegishli xulosalarga kelindi. Download 474.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling