International


Talabalar bilimini baholash mezonlari


Download 49.25 Kb.
bet5/5
Sana27.10.2023
Hajmi49.25 Kb.
#1726038
1   2   3   4   5
Bog'liq
DASTURLASH ASOSLARI sillabus (sirtqi) (1)

Talabalar bilimini baholash mezonlari:
Talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida:

  1. Talabaning oʻquv semestri mobaynida har bir modulni oʻzlashtirishi jami nazorat turlari yigʻindisiga koʻra 100 ballik tizimda, butun (yaxlit) sonlar bilan baholanadi va quyidagicha taqsimlanadi:

  • joriy nazorat uchun – maksimal 20 ball, minimal 8 ball;

  • oraliq nazorat uchun – maksimal 30 ball, minimal 12 ball;

  • yakuniy nazorat uchun – maksimal 50 ball, minimal 20 ball;

Fan dasturiga koʻra modul bir nazorat turidan iborat boʻlganda, mazkur nazorat turi 100 ballik tizimda baholanadi.



  1. Talabalarning modulni oʻzlashtirishi kredit tizimida quyidagicha aks etadi:

Yakuniy toʻplangan ball

Kredit nisbati

Darajasi

71-100 ball

***

A

61-70 ball

***

B

51-60 ball

***

C

40-50 ball

***

D

0-39 ball

***

F




  1. Talabaning modul boʻyicha oʻzlashtirishini baholashda quyidagi namunaviy mezonlardan (bundan buyon matnda namunaviy mezonlar deb yuritiladi) kelib chiqish tavsiya etiladi:

a) «A» (71 — 100 foiz) olish uchun talaba:

  • oʻquv dasturining barcha boʻlimlari boʻyicha tizimli, toʻla va chuqur bilimga ega boʻlishi, fikrini zarur dalillar bilan asoslantirishi;

  • ilmiy terminologiyadan (shu jumladan, xorijiy tilda ham) aniq foydalanishi, savollarga javobni mantiqan toʻgʻri ketma-ketlikda, stilistik savodli ravishda ifodalashi;

  • muammoli savollarni aniqlashi, oʻz pozitsiyasini ilmiy-amaliy tilda asoslab bera olishi;

  • modulning tayanch tushunchalarini bilishi va uni qisqa vaqt ichida ilmiy va amaliy masalalarni yechishda samarali qoʻllay olishi;

  • nostandart vaziyatlarda muammolarni mustaqil va ijodiy hal qila olish qobiliyatini koʻrsata olishi;

  • amaliy masalalarni qisqa, asoslangan va ratsional ravishda hal etishi;

  • modul oʻquv dasturida tavsiya etilgan asosiy va qoʻshimcha adabiyotlarni toʻliq va chuqur oʻzlashtirishi;

  • oʻrganilayotgan modul boʻyicha nazariyalar, konsepsiyalar va yoʻnalishlar mohiyatini anglash, ularga tanqidiy baho berish va boshqa modullar ilmiy yutuqlarini qoʻllay olishi;

  • seminar, amaliy va laboratoriya mashgʻulotlarida butun semestr mobaynida ijodiy va mustaqil bilimini namoyish qilishi, guruhli muhokamalarda faol boʻlishi, vazifalarni bajarishda yuqori madaniyat darajasiga ega boʻlishi lozim;

b) «V» (61 — 70 foiz) olish uchun talaba:

  • oʻquv dasturining barcha boʻlimlari boʻyicha tizimli, toʻla va chuqur bilimga ega boʻlishi, zarur dalillar bilan asoslantirishi;

  • ilmiy terminologiyadan (shu jumladan, xorijiy tilda ham) aniq foydalanishi, savollarga javobni mantiqan toʻgʻri, stilistik savodli ravishda ifodalashi;

  • oʻz fikrini isbotlashda yoki boshqa nazariy materialni bayon qilishda yuzaga kelgan noaniqliklarni mustaqil bartaraf eta olishi;

  • modulning tayanch tushunchalarini bilishi, qisqa vaqt ichida ilmiy va kasbiy vazifalarni qoʻyish hamda hal qilishda undan unumli foydalanishi;

  • standart vaziyatlarda muammolarni oʻquv dasturi doirasida mustaqil hal qila olishi;

  • modul oʻquv dasturida tavsiya qilingan asosiy adabiyotlarni oʻzlashtirishi;

  • oʻrganilayotgan modul boʻyicha nazariyalar, konsepsiyalar va yoʻnalishlar mohiyatini anglay olishi va ularga tanqidiy baho berishi;

  • butun modulni oʻzlashtirish davomida seminar, amaliy va laboratoriya mashgʻulotlarida ijodiy va mustaqil qatnashishi, guruhli muhokamalarda faol boʻlishi, vazifalarni bajarishda yuqori madaniyat darajasiga ega boʻlishi lozim;

v) «S» (51 — 60 foiz) olish uchun talaba:

  • davlat taʼlim standartlari doirasida yetarli bilim hajmiga ega boʻlishi;

  • ilmiy terminologiyani ishlatishi, savollarga javoblarni toʻgʻri bayon qilishi, lekin bunda ayrim xatolarga yoʻl qoʻyishi;

  • javob berishga yoki ayrim maxsus koʻnikmalarni namoyish qilishda qiynalganda, modul boʻyicha asosiy tushunchaga ega ekanligini namoyish etishi;

  • modulning umumiy tushunchalari boʻyicha qisman bilimga ega boʻlishi va uni standart (namunaviy) vaziyatlarni hal etishda qoʻllay olishi;

  • pedagog xodim rahbarligida standart (namunaviy) vaziyatlarni hal eta olishi;

  • oʻqilayotgan modul boʻyicha asosiy nazariyalar, konsepsiyalar va yoʻnalishlar mohiyatini anglashi, ularga baho bera olishi;

  • seminar, amaliy va laboratoriya mashgʻulotlarida pedagog xodim rahbarligida qatnashishi, vazifalarni bajarishda yetarli madaniyat darajasiga ega boʻlishi lozim;

g) talabaning bilim darajasi «D» (40 — 50 foizgacha) baholanadi, agar:

  • davlat taʼlim standartlari doirasida faqat ayrim fragmental bilimlarga ega boʻlsa;

  • ilmiy terminlarni ishlata olmasa yoki javob berishda jiddiy mantiqiy xatolarga yoʻl qoʻysa;

  • seminar, amaliy va laboratoriya mashgʻulotlarida passiv qatnashib, vazifalar bajarish madaniyatining past darajasiga ega boʻlsa;

d) talaba oʻzlashtirishi quyidagi hollarda bilim darajasi «F» (0 — 39 foizgacha) bahoga baholanadi, agar:

  • tegishli modul boʻyicha bilimlarga ega boʻlmasa;

  • amaliy koʻnikmalarga ega boʻlmasa, xatolarini hatto pedagog xodim tavsiyalari yordamida ham toʻgʻrilay olmasa.

Download 49.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling