Chastotali modulyatsiyada - modulyatsiya qilinadigan signalning (uzatilayotgan ma’lumotlarning) joriy qiymatlariga mos ravishda fizik signalning (odatda sinusoidali) chastotasi o`zgaradi, bunda uning amplitudasi o`zgarmaydi.
Fazali modulyatsiyada modulyatsiya qilinadigan kattalik bo`lib signal fazasi hisoblanadi, bunda uning chastotasi va amplitudasi o`zgarmaydi; faza - modulyatsiya qilingan signalning halaqitlarga chidamliligi ham yuqoridir.
Signalning sof amplitudali modulyatsiyasida uning halaqitlardan himoyalanganligi juda pastdir, shuning uchun halaqitlarga chidamliroq, lekin yanada murakkabroq kvadraturali amplitudali modulyatsiya qo`llaniladi, bunda uzatilayotgan ma’lumotlar taktida bir vaqtning o`zida signalning ham fazasi, ham amplitudasi o`zgaradi.
Sanoatda ishlab chiqarilayotgan modemlar quyidagicha farqlanadi:
konstruksiyasi bilan — avtonom va apparatura ichiga qurilgan;
aloqa kanalli interfeys bilan — kontakgli va kontaktsiz (audio);
vazifasi bilan — turli xil aloqa kanallari va tizimlari uchun, masalan, faqat ma’lumotlarni uzatish tizimi uchun - modemlar, ma’lumotlarni va fakslarni uzatish tizimi uchun faks-modemlar (haqiqatan ham, butunda ko`plab firmalar faks – modemlarni ishlab chiqarmoqda, faksli vazifasi bo`lmagan «toza» modemlar, amalda ishlab chiqarilmayapti);
uzatish tezligi bilan - telefon aloqa kanallari uchun TTXMK bayonnomalari standartiga mos keluvchi ma’lumotlarni uzatish tezliklari standarti (shkalasi) mavjuddir; u quyidagi tezliklarni o`z ichiga oladi (bit/s da): 12000, 14400,16800,19200, 28800, 33600, 56000 va h.k.
ISDN (Integrated Service Digital Network) — bu raqamli telefon tarmog’idir. U odatdagi telefon tarmog’idan ma’lumotlarni uzatish tezligi bilan fark qiladi. Bu tezlik telefon tarmog’iga qaraganda 4,5 barobar oshadi va 120 Kbit/sekundni tashkil etadi. ISDN ning narxi boshqalariga nisbatan baland.
Do'stlaringiz bilan baham: |