Internet — katta (global) va kichik (lokal) kompyuter


Download 0.95 Mb.
bet3/16
Sana09.11.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1760418
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
TTAT

Telekommunikatsiyalar – signallar, belgilar, matnlar, tasvirlar, tovushlar yoki axborotning boshqa turlarini o‘tkazgichli, radio, optik yoki boshqa elektromagnit tizimlaridan foydalangan holda uzatish, qabul qilish, qayta ishlashni tushuniladi.
Keng ma’noda telekommunikatsiya - bu bir-biri bilan bevosita aloqada bо‘la olmaydigan masofada turuvchi subyektlar (odamlar, uskunalar, kompyuterlar) о‘rtasidagi muloqotdir. (“tele”- uzoqdagi, “kommunikatsiya”- aloqa, xabar)
Kommunikatsiya yoki “telekommunikatsiya” manba (transmitter) va qabul qiluvchi (receiver) o’rtasida masofadan turib ma’lumot almashinishni bildiradi.
Telekommunikatsiya vositalari - Elektromagnit yoki optik signallarni hosil qilish, uzatish, qabul qilish, qayta ishlash, kommutatsiya qilish hamda ularni boshqarish imkonini beruvchi texnik qurilmalar, asbob-uskunalar, inshootlar va tizimlar.
Telekommunikatsiyalar kanali - Texnik vositalar va tarqalish muhiti majmui. U telekommunikatsiya signallarining o‘tish yo‘lini hosil qiladi.
Tarmoqning turiga ko‘ra, telekommunikatsiyalar kanalini, masalan, telefon, telegraf, ma'lumotlar uzatish kanali deb ataladi. Hududiy alomati bo‘yicha telekommunikatsiya kanallari xalqaro, shaharlararo, hududiy va mahalliy turlarga bo‘linadi.
Telekommunikatsiyalar tarmog‘i bu - Uzatishlarning bir yoki bir necha turini: telefon, telegraf, faksimil turlarini, ma'lumotlar uzatish va hujjatli xabarlarning boshqa turlarini, televizion va radioeshittirish dasturlarini translyasiya qilishni ta'minlovchi telekommunikatsiya vositalarining majmui.
Telekommunikatsiyaning yadrosini tashkil etuvchi – telefon tarmog‘i XX asrda interaktiv xizmatlarning asosiy ikki aloqa turini – telefon va telegraf xizmatlari orqali amalga oshirilardi.
XXI asrda telefon aloqasining sifatli rivojlanishi quyidagi yoʻnalishlar asosida amalga oshiriladi:

  • Axborot uzatish, kommutatsiyaning raqamli usullariga oʻtishni tugatish;

  • Telefon tarmogʻi abonentlariga taqdim etilayotgan xizmatlar koʻlamini oshirish;

  • Telefon tarmogʻining asosiy elementlarida oʻtkazuvchanlik qobiliyatini maksimal oshirish;

  • Tarmoqdan foydalanish mavqeyini kengaytirish va turli texnik vositalar qurilishi uchun undan foydalanish;

  • Xizmat koʻrsatish hamda maʻlumotni uzatish servis sifati koʻrsatgichlarini oshirish;

  • Aloqani barqaror ishlashini taʻminlashda samarali texnik ekspluatatsiya usullaridan foydalanish;

  • Eng muhimi, telefon tarmoqlari qurilishi xarajatlar koʻlamini kamaytirish, tarmoqni rivojlantirish va texnik xizmatlar koʻrsatilishini taʻminlashdan iboratdir.

Umumiy holda telekommunikatsiya tarmog‘i quyidagilardan tarkib topadi:

  • foydalanuvchilarning terminal qurilmalari (ular tarmoqqa birlashtirilgan bo‘lishi mumkin);

  • kirish tarmog‘i;

  • magistral tarmoq;

  • axborot markazlari yoki xizmat ko‘rsatishni boshqarish markazlari (Services Control Point, SCP). di.

So`ngi o`tgan 15 yil mobaynida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi natijasida, mamlakatimiz aloqa sohasida yuqori natijalarga erishilmoqda.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling