NGN texnologiyasi – bu real konvergent texnologiyalarga asoslanadi. Konvergensiya nima?
Telekommunikatsiya tarmoqlarining konvergensiyasi – aloqa tarmogʻi tarkibidagi abonentlarga koʻrsatilayotgan xizmatlar koʻlami va foydalanishdagi apparat – dasturiy vositalarining oʻzaro birlashishining vujudga kelishi bilan izohlanadi.
Konvergent texnologiyalar uchta asosiy aspektlarni oʻz ichiga qamrab olib, ularga tarmoq tarkibi qurilishining texnik vositalari va mijozlarga koʻrsatilayotgan xizmatlar koʻlamidan iborat.
NGN tarmogʻining tuzilishi, ularning tarmoq infratuzilmasidagi mobil aloqa va turgʻun aloqa tarmoqlari, ichki yoki tashqi platformalardagi konvergentligi hamda integratsiyalashuvining asosiy jihatlari toʻrt qatlamli boshqaruv tizimidan tashkil topgan. (1.1– rasm.). Ular quyigilardir:
Xizmatlarni boshqarish sathi
Tarmoqlarni boshqarish sathi
Tayanch kommutatsiya qurilmalari qatlami sathi
Xizmatlardan foydalanish qatlamidir sathi
Xizmatlarni boshqarish sathi - xizmatlarni boshqaruvchi mantiqiy funktsiyalarni jamlaydi va quyidagilarni ta`minlovchi taqsimlangan hisoblash muhitini taqdim etadi:
Tarmoqlarni boshqarish sathi - signalizatsiya axborotini ishlab chiqish, chaqiriqlarni marshrutlash va ma`lumotlar oqimini boshqarish kabi vazifalarni bajaradi.
Tayanch kommutatsiya qurilmalari qatlami sathi uchun qo`yiladigan talablar:
Real vaqt davomida yo`qotishlarsiz bog`lanishni ta`minlashni qo`llab quvvatlash;
“Yacheykali”, “Nuqta-Ko`pnuqta”, “Ko`pnuqta-Ko`pnuqta”, “Ko`p yacheykali” topologiyali bog`lanishni ta`minlash qo`llab-quvvatlash;
Ishonchlilik, masshtablashtirish, kirishuvchanlik va boshqalarni yuqori darajasini ta`minlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |