Internet jurnalistika va media menejment fakulteti Marketing (media marketing va reklama) yo'nalishi 24-22-guruh talabasi Xudoyshukurov Sanjar Mustaqil ishi Mavzu: Bozor iqtsodiyotiga o’tish davri va uning O’zbekistondagi xususiyatlari


Download 20.94 Kb.
Sana29.01.2023
Hajmi20.94 Kb.
#1137852
Bog'liq
Internet jurnalistika va media menejment fakulteti Marketin1


Internet jurnalistika va media menejment fakulteti Marketing (media marketing va reklama) yo'nalishi 24-22-guruh talabasi Xudoyshukurov Sanjar


Mustaqil ishi

Mavzu: Bozor iqtsodiyotiga o’tish davri va uning O’zbekistondagi xususiyatlari
REJA:
1. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrining mazmuni va yo’llari.
2. O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tishning tamoyillari va xususiyatlari.
3. Respublikada bozor islohotlarini amalga oshirish va uning asosiy yo‘nalishlari.

Bozor iqtisodiyotiga oʻtish — anʼanaviy va rejali buyruqbozlik tuzumidagi iqtisodiy munosabatlardan bozor munosabatlariga oʻtish jarayoni. Bu jarayon iqtisodiy zarurat, chunki anʼanaviy yoki rejali buyruqbozlik tizimlari barqaror iqtisodiy taraqqiyotni va xalq farovonligini taʼminlay olmay qoladi hamda Bozor iqtisodiyotiga oʻtish orqali iqtisodiy ravnaqqa erishish yoʻli tanlanadi. Tarixan Bozor iqtisodiyotiga oʻtishning uch yoʻlini koʻrsatish mumkin: 1) anʼanaviy natural xoʻjaligi iqtisodiyotidan Bozor iqtisodiyotiga oʻtish ; 2) qoloq va mustamlaka harakteridagi iqtisodiyotdan Bozor iqtisodiyotiga oʻtish ; 3) rejali buyruqbozlik iqtisodiyotdan Bozor iqtisodiyotiga oʻtish Shunga koʻra Bozor iqtisodiyotiga oʻtish ning ilk klassik modeli; mustamlakachilik zulmidan ozod boʻlgan Osiyo va Afrika mamlakatlari modeli; sobiq sotsialistik mamlakatlar modeli mavjud. Klassik model eng koʻhna model sifatida Yevropa mamlakatlariga xos boʻlgan. Bu yerda Bozor iqtisodiyotiga oʻtish koʻp bosqichli boʻlib, asrlar davom etgan tabiiytarixiy jarayon shaklida kechgan. Dastlab anʼanaviy natural xoʻjalik mayda tovar xoʻjaligiga, bu esa oʻz navbatida asov bozor iqtisodiyomura aylangan. Bozor iqtisodiyotiga oʻtish ga xos boʻlgan qonuniyatlar Yevropa mamlakatlarida dastlabki sinovdan oʻtgan. Osiyo va Afrika mamlakatlari modelini amalga oshirish toʻplangan tarixiy tajribaga tayandi: anʼanaviy xoʻjalikni bozor xoʻjaligiga aylantirish mustamlakachilik zulmi sharoitida metropoliyalar taʼsirida boshlandi va ular manfaatiga xizmat qildi, bu jarayon sunʼiy ravishda toʻxtatilmay, aksincha mamlakatlar ozodlikka erishgan sharoitlarda ham davom etdi, bozor munosabatlari oʻz tabiatiga moye tushadigan iqtisodiy zamindan — xususiy mulkchilikdan oʻsib chikdi, chet elning moddiy va moliyaviy yordamiga tayandi. Bozor iqtisodiyotiga oʻtish jarayoni tarixiy sakrash shaklida, yaʼni Yevropa uchun muqarrar boʻlgan tarixiy bosqichlarni oʻtamay, ularni chetlagan holda anʼanaviy iqtisodiyot yoxud rivojlanmagan bozor xoʻjaligidan uning rivojlangan shakliga oʻtish sari bormoqda.


Bozor iqtisodiyotiga oʻtish ning eng soʻnggi modeli sobiq sotsialistik mamlakatlar modeli boʻlib, oʻtish bu mamlakatlarda rejalibuyruqbozlik iqtisodiyotini qayta qurish asosida bormoqda. Sobiq sotsialistik mamlakatlarda Bozor iqtisodiyotiga oʻtishning dastlabki shartsharoiti har xil, shunga koʻra aholi orasida bozor koʻnikmalari ham turlicha darajada saqlangan. Bu mamlakatlarda rejali buyruqbozlik xoʻjaligidan bozor iqtisodiyotining zamonaviy taraqqiy etgan shakliga utiladi. Oʻtish jarayoni tez kechadi, chunki bu sotsializm davridan qolgan moddiy bazaga, malakali ish kuchiga va ilmiy texnikaviy salohiyatga tayanadi. Sobiq sotsialistik mamlakatlarda Bozor iqtisodiyotiga oʻtish u. ulardan baʼzilarining davlat mustaqilligini taʼminlash bilan birgalikda kechmoqda. Bu MDH mamlakatlariga xos. Bozor iqtisodiyotiga oʻtish u. keng va teran bozor islohotlarini talab qiladi. Oʻzbekistonning Bozor iqtisodiyotiga oʻtish ham milliy mustaqillik va keng koʻlamli bozor islohotlarining oʻtkazilishi bilan amalga oshirilmoqda (qarang Bozor islohotlari).
Bozor iqtisodiyoti- bu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir.  Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko’pchilik mamlakatlari uchun xos bo’lib u turli mamlakatlarda har xil darajada va o’ziga xos xususiyatlar bilan amal qilmoqda va rivojlanmoqda. Bu iqtisodiyotning amal qilish mexanizmi ko;plab asrlar davomida tarkib topib, shakllanib, hozirgi davrda madaniylashgan shaklni kasb etadi va ko’pgina mamlakatlarda hukumron iqtisodiy tizimga aylandi. Iqtisodiy nuqtai nazardan ko`pincha iqtisodiy tizimni ishlab chiqarish kuchlarning yuklarini bilan turkumlashga harakat bog`lash. Shu asosda rivojlanish korxonalari iqtisodiy jihatdan uch koʻ koʻr: an` naviy iqtisodiyot, ma`buyurbozlik iqtisodiyoti va bozor iqtisodiyoti.
Bozor iqtisodiyoti erkin tovar-pul munosabatlariga asoslanadi, uning negizida tovar va pulning turli shakllardagi harakati yotadi. Bu iqtisodiyotning amal qilish mexanizmi ko`plab asrlar asosida tarkib topib, shakllanib, zamonaviy madaniylashgan shaklni kasb etdi va ko`pgina mamlakatlarda hukmron iqtisodiy tizimga aylandi. Aynan bozor munosabatlarining amal qilish darajasiga qarab kapitalizm, sotsalizm kabi tuzumlarni olgan. Xususiy mulkning kelib chiqishi va ijtimoiy mehnat taqsimoti bozor iqtisodiyotining kelib chiqishi va mavjud bo'lishi uchun umumiy sharoiti bo'lib chiqadi.Tovar ishlab chiqarishning bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini tashkil qiladi. Bozor munosabati mulkchilikning xilma-xilligini taqazo etadi. Chunki har qanday jamiyatning iqtisodiy tizimi mulkchilikdan boshlanadi.
Bozor iqtisodiyotining mazmuni va belgilari haqida gap borganda bu iqtisodiyotning ikki turini bir-biridan farqlash kerak .Bular : erkin (klassik yoki sof) bozor iqtisodiyoti va hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti.
Hozirgi davrda iqtisodiyoti dunyoning ko`pgina mamlakatlari uchun xos bo`lib, u turli mamlakatlarda har xil darajada va o`ziga xos xususiyat bilan amal qilmoqda va rivojlanmoqda. , O`zbekiston ham mustaqilligining birinchi yillaridan bozor iqtisodiyotiga o`tishni o`z oldidagi muhim vazifalardan biri deb hisobladi. Bunda Oʻzbekiston oʻzining oʻziga xos madaniy, iqtisodiy, iqtisodiy va tabiiy jarayon hamda yoʻldagi jahonni egallagan holda revolyutsion toʻntarishlarsiz, ijtimoiy toʻqnashuvlarsiz, ijtimoiy himoyani rivojlantirgan holda asta-sekinat” iyatli tarixi bilan bosqichma. -bosqichdagi bozor iqtisodiyotiga o`tishdan iborat yo`lni tanladi.
Bu yo`ldagi kerakligi yaratilishi uchun o`z iqtisodiy, siyosiy, madaniy ahvolimizni inobatga olingan holda modelimiz bo`lishi kerak. u yo`l haqida birinchi prezidentimiz Islom Karimov o`zining "Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo`lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir" nomli kitobida shunday fikr bildirgan: "O`zbekistonda qabul qilingan, "o`zbek modeli" ijtimoiy yo`qotilgan erkin bozor iqtisodiyotiga o`tishning iqtisodiyotni mafkuradan xoli etish, uning siyosatdan ustunligini ta`minlash, davlatning bosh islohotchi harakatni boshlashi, qonun ustivorligiga kuch, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, jarayonlarni bosqichma-bosqich va amalga oshirish kabi mashhur besh jarayonlarga barqaror o`rnatish. 'ziga xos yo'li'
Yurtimizda ushbu tartib asosida o`tkazilayotgan o`z natijalarini ishlab chiqish. yillik, 2016-yildayalpi ichki mahsulot 7.8 foizga, sanoat ishlab chiqarish hajmi 6.6 foizga, qurilish- pudrat ishlari 12.5 foizga, chakana savdo aylanmasi 14.4 foizga, 12.5 foizga, qishloq xoʻjaligi mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 6.6 foizga, meva-sabzavot yetishtirish 11,2 foizga, kartoshka yetishtirish 9,7 foizga, sabzavot mahsulotlari yetishtirish 10,4 foizga oshdi.
O`zbekistonda bozor iqtisodoining tashkil etilishi yurtimizning iqtisodiy erkinligiga va aholining turmush tarzini yaxshilashga xizmat qilmoqda. Bozor iqtisodiyotining eng sifatlaridan biri xususiy mulkchilik boshqaruvini ta'minlab, yurtimizdagichik biznes va muhim tadbirkorlikka katta e'tibor berilmoqda, bu esa o'z tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanadi. Bundan keyin ham yurtimizda bozor iqtisodiyotini rivojlantirishmiz, dunyoning hududlari qatorida biz ham o`z mahsulotimizni jahon bozoriga chiqarishimiz kerak.

Adabiyotlar:


Shodmonov Sh., Alimov R., Jo`raev T. Iqtisodiyot nazariyasi. Toshkent-Moliya-2002.
Abdullayev Y. Bozor iqtisodiyoti asoslari. Toshkent-Mehnat. – 1997 yil.
Ishmuhamedov A.E., Sitdikova LA, Ishmuhamedov L., Sunnatov M.N. Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari. Toshkent. – 2004 yil.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Download 20.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling