Internet ma'lumotlari reja


Download 290.47 Kb.
bet1/8
Sana24.03.2023
Hajmi290.47 Kb.
#1292115
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Internet ma\'lumotlari


Internet ma'lumotlari
REJA:

1. Internet tarmogʻi.


2. Davlat organlari web-saytlariga qoʻyiladigan talablar
3. Oʻzbekiston milliy internet resurslari.
4. Davlat axborot resurslari.
5. Brauzerlar.

1. Internet tarmogʻi
Internet (International Network – xalqaro kompyuter tarmogʻi)-butun dunyoni kamrab olgan global kompyuter tarmogʻidir. hozirgi kunda Internet dunyoning 200 dan ortiq mamlakatlarida 100 millionlab abonentlarga ega. Har oyda tarmoq miqdori 5-10% ortib bormoqda. Internet dun¸dagi turli xil ma’lumotga oid axborot tarmoqlari oʻrtasidagi oʻzaro aloqani amalga oshiruvchi yadroni tashkil qiladi.
Internet qachonlardir faqat tadqiqot va oʻquv guruhlarigagina xizmat qilgan boʻlsa, hozirgi kunga kelib, u ishlab chiqarish doiralari orasida keng tarqalmoqda. Kompaniyalarni Internet tarmogʻining tezkorligi, arzon, keng qamrovdagi aloqa, hamkorlik ishlaridagi qulaylik, hammaning ishlashi uchun imkon beruvchi dastur hamda ma’lumotlarning noyob bazasi ekanligi oʻziga tortmoqda. Arzon xizmat narxi evaziga (faqat Internet tarmogʻidan yoki telefondan foydalanganliklari uchun oyma-oy toʻlanuvchi doimiy toʻlovni nazarda tutmasa) foydalanuvchilar AQSH, Kanada, Avstraliya va boshqa koʻpgina Yevropa mamlakatlarining tijorat yoki notijorat axborot xizmatlariga yoʻl topadilar. Internet ning erkin kiriladigan arxivida insoniyat faoliyatining barcha jabhalarini qamrab oladigan axborotlarga, yangi ilmiy yangiliklardan tortib, to ertangi kungi ob-havo ma’lumotigacha bilib olish mumkin.
Ayniqsa, kommunikatsiyaga muhtoj shaxslar, tashkilot, muassasalar uchun koʻpincha telefon orqali toʻgʻridan-toʻgʻri aloqaga nisbatan Internet infrastrukturasidan foydalanish anchagina arzon tushadi. Bu narsa, ayniksa, chet ellarda filiallari mavjud boʻlgan firmalar uchun qulaydir, chunki Internet ning konfidentsial noyob aloqalari butun dunyo boʻyicha imkoniyatga ega.
Shu bilan birga yana bir narsani aytish lozimki, yaqindan beri bosma nashrlarni kompyuter tarmogʻi kanali orqali tarqatish boshlandi. Tez-tez bizga kerakli gazeta va jurnallarimizning oxirgi ma’lumotlarini WWW soʻzlaridan boshlangan manzilda koʻrish va uni shu manzildan nusxasini koʻrib olish mumkin degan soʻzlar koʻproq uchrab turibdi. Shu bilan birga elektron nashrlar tushunchalarining qamrovi oyma-oy kengayib bormoqda. Yangi-yangi elektron usulda chop etilgan jurnallar paydo boʻlmoqda.

Download 290.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling