Internet ma'lumotlari reja


Davlat organlari web-saytlariga qoʻyiladigan talablar


Download 290.47 Kb.
bet2/8
Sana24.03.2023
Hajmi290.47 Kb.
#1292115
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Internet ma\'lumotlari

2. Davlat organlari web-saytlariga qoʻyiladigan talablar
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Axborotlashtirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 2005 yil 22 noyabrdagi 256-son qarori
Amaldagi qonun hujjatlariga asosan davlat organlarining web-saytlariga quyidagi talablar qoʻyilgan:

  • rasmiy web-saytga joylashtirilgan asosiy axborotlardan foydalanish erkin va bepul boʻlishi kerak.

  • rasmiy web-saytga joylashtirilayotgan axborotlarning sanasi koʻrsatilishi va ular muntazam yangilab borilishi kerak. Axborotlarni yangilab borish muddati davlat organi tomonidan belgilanadi, biroq axborotlar bir haftada kamida bir marta yangilanib borishi kerak.

  • davlat organining rasmiy web-sayti ".UZ" domen zonasida hamda Hukumat portalida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlishi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida server(xosting)da fizik jihatdan joylashtirilishi kerak.

  • rasmiy web-saytga axborot davlat tilida taqdim etilishi kerak. Rasmiy web-sayt axborotlari boshqa tillarda ham boʻlishi mumkin.

  • davlat organi rasmiy web-saytdagi axborotlarni shakllantirish, joylashtirish, shuningdek yangilab borish uchun mas’ul boʻlgan shaxs(boʻlinma)ni buyruq bilan belgilaydi.

  • davlat organi oʻzining rasmiy web-saytida joylashtirilgan axborotlarning yoʻq qilinishi, toʻsib qoʻyilishi, buzib talqin qilinishi, qalbakilashtirilishi va soxtalashtirilishining hamda boshqa shakllardagi ruxsatsiz aralashuvlarning oldini olish boʻyicha tegishli muhofaza chora-tadbirlarini koʻrishi kerak.

3. Oʻzbekiston milliy internet resurslari.

Ushbu tizim orqali barcha turdagi axborotlarni qidirish va sohalar boʻyicha barcha saytlar reytingini koʻrish mumkin.

  • umail.uz – milliy elektron pochta xizmati

Ushbu sayt orqali electron pochta xizmatlaridan foydalanish mumkin.

  • ziyonet.uz – axborot ta’lim portal

Ushbu portal orqali Oʻzbekistondagi ta’lim sohasining ixtiyoriy yoʻnalishi boʻyicha electron shakldagi manbalarni qidirib topish va ulardan foydalanish mumkin.

  • edu.uz – Oʻzbekiston oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi portal

Ushbu portal orqali Oʻzbekiston oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan qabul qilingan qonin, qaror va yangiliklar e’lon qilinadi.

  • eduportal.uz - Oʻzbekiston xalq ta’limi portal

Ushbu portal orqali Oʻzbekiston xalq ta’lim vazirligi tomonidan qabul qilingan qonin, qaror va yangiliklar e’lon qilinadi.

Ushbu portal orqali aloqa va axborotlashtirishga oid barcha ma’lumotlardan va me’yoriy hujjatlardan foydalanish mumkin.

  • mtrk.uz - Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi portal

Ushbu portal orqali Internet tarmogʻi boʻyicha onlayn radio tinglash va teledasturlarni tomosha qilish mumkin.

Download 290.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling