Internet ma'lumotlari reja
Internetda ma’lumotlarni qidirib topish
Download 290.47 Kb.
|
Internet ma\'lumotlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarmoqda ma’lumotlarni qidirish tizimlari
Internetda ma’lumotlarni qidirib topish.
Internet millionlab kompyuter va tasavvur qilib boʻlmaydigan hajmdagi axborotni oʻz ichiga mujassamlagan. Har daqiqada bu kompyuterlarda axborot hajmi koʻpayadi. Bu axborot olamida adashib qolish tabiiy. Adashmaslik va ma’lumotni topish uchun ikki usul mavjud. Bu Internet da maxsus jildlar (kataloglar) va qidiruv bilan shuullanadigan serverlar mavjud. Ular koʻp emas, lekin juda ommabop. Server katta hajmdagi xotira va tezlikka ega. Shuning uchun birdaniga u bir necha soʻrovlarga javob bera oladi. Koʻp hollarda bitta server bir necha (oʻnlab) kompyuterlardan tuziladi. Har bir qidiruv serveri tarmoq sahifalari boʻyicha ma’lumotlar jildiga ega. Jildda axborotning turgan joyi, qisqacha izohi, tavsifi va boshqa ma’lumotlar joylanadi. Jild millionlab sahifalar toʻrisida ma’lumotga ega boʻladi. Qidiruv serverlar foydalanuvchilar haqidagi ma’lumotlar bilan ham toʻldirilib turadi. Bu – foydalanuvchi adresi, ochilgan sahifalar nomi, foydalanilgan qidiruv sistemalari nomi haqidagi ma’lumotdir. Internetda ma’lumotni qanday topish mumkin? Ma’lumot joylashgan sahifa manzilini bilsangiz, bu muammo bir zumda hal boʻladi. Sahifa toʻliq manzilini «Adres» maydonida kiritsangiz, qidirilayotgan ma’lumot ekranda namoyon boʻladi. Bir necha daqiqadan soʻng soʻralgan sahifa ekranda paydo boʻladi. Masalan, WWW.vcu.edu sahifasini ochish zarur. U holda Adres maydonida shu nomni yozasiz va Enter ni bosasiz. Natijada ekranda sahifa hosil boʻladi. Soʻrov natijalari roʻyxat shaklidagi ilovalardan va ularning tavsifidan tashkil topadi. Unda ma’lumotlar boʻlimlarga, boʻlimlar esa boʻlinmalarga boʻlingan boʻladi. Masalan, yangiliklar bilan tanishmoqchi boʻlmangiz, kerakli satrda sichqoncha tugmachasini bosish etarli. Ekranda yangiliklar qisqacha tavsifi bilan keltiriladi. Sahifaning oʻrtasida maxsus joyda Search tugmachasi joylashgan. Unda mavzu nomini kiritish va qidiruv natijasini olish mumkin. Quyida esap shu informasion ombor boʻlimlari nomlari keltiriladi. Tarmoqda ma’lumotlarni qidirish tizimlari (Wais, Finger, ARchie, Veronica) Wais Wais (Wide Area Information System)-keng kamrovli axborot tizimi. Kirish uchun ochik berilganlar bazasi tizimi. U tarmoq resurslarini indekslangan ma’lumotlarini saklovchi global berilganlar bazalarini majmuidir. Wais taqsimlangan berilganlar bazasida qandaydir satr yoki kalit soʻzlar yordamida ma’lumotlarni topish imkoniyatini beradi. Bundan koʻrinib turibdiki, Wais fayl nomlari va formati bilan emas, balki ularda joylashgan matnlardan tashkil topgan berilganlar bazasi bilan ish kuradi. Wais da boshqa xost kompyuterlarda mavjud berilganlar bazasi bilan bevosita aloqa bogʻlab, kerakli hujjatni undan avtomatik ravishda oladi. Demak, Wais tufayli intermurojaatlar turli bazalar tizimi bilan ham bogʻlangan. Bundan tashqari Waisda mavjud berilganlar bazasiga yangi berilganlar bazasini qoʻshish mexanizmi yaxshi ishlab chiqilgan, Waisda ishlatiladigan matnlardan tashkil topgan fayllardagi matnlar ulchoviga xech qanday chegara yuk. Bunday imkoniyat xozirda tijorat maksadlarida ma’lumot olishda keng kullanilmokda. Finger Finger bu Internetning buyrugi boʻlib, u foydalanuvchilar haqida ma’lumotlar olish uchun xizmat kiladi. Uning deyarli barcha operasion sistemalar (DOS, Windows) uchun versiyalari mavjud. Finger buyrugini bajarish (Unixda) kuyidagicha boʻladi. Finger foydalanuvchi ruyxat nomi (login). Misol uchun: Finger mirarip@law.silk.org buyrugi bilan Internet bilan bogʻlanilsa, Finger orqali mirarip haqida ma’lumot olish mumkin. Finger dan foydalanish uchun foydalanuvchining nomi (login) va foydalanuvchi ruyxatdan utgan kompyuterning tula nomini bilish kerak. Bu ma’lumotlar ma’lum boʻlsa, Finger foydalanuvchi toʻgʻrisida kuyidagi ma’lumotni beradi: uning ismi sharifi, uy katalogi, Internet bilan oxirgi marta kachon aloqa qilgani, ukilmagan elektron pochtaning borligi. Ayniksa oxirgi ma’lumot koʻp xollarda foydali boʻlishi mumkin. Chunki xususan siz yuborgan xatingizni uqilgan yoki ukilmagani (olmagani) haqida ma’lumotga ega boʻlasiz. Finger yordamida plan (shaxsiy reja) agarda u uy katalogida joylashtirilgan boʻlsa, faylini xam ochib koʻrish imkoniyati mavjud. Uz shaxsiy plan faylingizda esa xoxlagan rejani yozishingiz mumkin. Fingerdan foydalanish xar doim muvaffakiyatli kechavermaydi. Kuyidagi uch xolatda u kerakli natijani bermasligi mumkin. 1. Finger foydalanuvchini topolmaydi. Bunda Finger attain paydo boʻladi. Bu esa foydalanuvchi adresi notoʻgʻri kiritil-ganini bildiradi. 2. Finger kompyuterni topolmaydi, Finger unknown host: mirarip@law.silk.org. Bu xato kompyuter nomini notoʻgʻri koʻrsatilganda paydo boʻladi. 3. Kompyuter Finger buyrugini topa olmaydi. Finger mirarip@law.silk.org. Finger: Command not found (buyruq topilmadi). Bu uzoqlashgan kompyuter-serverda mijoz kompyuter Finger buyrugʻini topa olmadi va shuning uchun bu buyruqni bajara olmadi. Buning sababi Finger Internetning barcha kompyuterlarida boʻlmasligi mumkinligidan dalolat beradi. Finger yordamida, xususan turli sohalarga oid yangiliklarni ham olib turish mumkin. Misol uchun: Finger nasanews @space.mit.edu buyruk yordamida HACA yangiliklarini olish mumkin. YEr kimirlash haqidagi ma’lumotlar esa Finger spy-der@dnc.iris.washington.edu buyrugi orqali olinadi. Archie Mavjud fayllar haqidagi ma’lumotlar turli serverlarda boʻladi. Archie kalit soʻzlar orqali serverlarga talabnoma yuborish uchun xizmat kiladi. Mavjud sistema orqali archiega kirish mumkinligini tekshirish archie enter buyrugi bilan amalga oshiriladi. Download 290.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling