Internet ma'lumotlari reja


Brauzerlardagi havfsizlik


Download 290.47 Kb.
bet4/8
Sana24.03.2023
Hajmi290.47 Kb.
#1292115
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Internet ma\'lumotlari

Brauzerlardagi havfsizlik. Tezkor, qulay va ishonchli – brauzerlarning yangi foydali imkoniyatlari (funktsiyalari) yordamida internet – serfing foydalanuvchilar uchun yanada oson boʻlishi kerak. Ammo brauzerlar nafaqat yangiroq, balki “shubhali” qilib ham yaratilmoqda. Brauzerlar: qidiruv soʻrovnomalarini, shaxsiy kompyuterda qoʻllanilayotgan dasturlar va boshqada ma’lumotlarni oʻzlarining serverlariga joʻnatishar ekan. Ayniqsa yangi Google Chrome brauzeri, oʻzining oʻta “qiziquvchanligi” bilan boshqa brouzerlar orasidan ajralib turadi.
ComputerBild – brauzerlarning, foydalanuvchilardan yashirin holda tarmoqqa qanday ma’lumotlarni joʻnatishini tekshirib koʻrdi. Natijada ma’lumotlarning shiddatli oqimi aniqlandi, asosan barcha ma’lumotlar shifrlangan koʻrinishda joʻnatildi. Xaqiqatdan ham shundaymi? Agar shunday boʻlsa, brauzerlar qanday ma’lumotlarni joʻnatadi? Nima uchun brauzerlar protsessor, tezkor xotira, qattiq disklar, kompyuter dasturiy ta`minoti haqidagi ma’lumotlarni, qolaversa komp`yuterni identifikatsiyalash uchun shifrlangan kodni joʻnatadilar?
Computer Bild, Microsoft (Internet Explorer yaratuvchilarining), Mozilla Foundation (Firefox yaratuvchilarining), Google (Chromeni taklif qiluvchilarining), Apple (Safari ishlab chiqaruvchilarining), Opera Software (Opera mualliflarining) yuqori martabali xodimlaridan, ularning brauzerlari aynan qanday ma’lumotlarni joʻnatishi, qancha vaqtdan va qaerga joʻnatib turishlari haqida ma’lumot berishlarini soʻrashdi. Albatta, bu soʻrovga hech qaysi bir brauzer mualliflarining javob bergisi yoʻq. Faqatgina Microsoft va Google bu soʻrovlarga javob taqdim qilishdi. Shunisi qizziqki, barcha brauzer mualliflari bir ovozdan olinayotgan ma’lumotlarni suiiste’mol qilmasliklarini takidlab oʻtishgan, lekin buni tekshirishning hech ham ilojisi yoʻq.
Internet Explorer 8 tasdiqladiki, u Microsoft ga kompyuteringizning qurilmalari, siz tashrif buyurayotgan saytlar, qidiruv soʻrovnomalari, hattoki siz toʻldirayotgan ba’zi bir formalardagi ma’lumotlarni ham joʻnatar ekan. Shunga qaramasdan Microsoft Explorer 8 yakuniy versiyasida bir qancha bunday aygʻoqchi funktsiyalarini oʻchirib qoʻyishga va’da bermoqda.
Google Chrome aynan qanday ma’lumotlarni oʻz serveriga joʻnatadi? Google brauzeri oʻz serveriga toʻplagan ma’lumotlarni joʻnatadi: brauzer versiyasi raqamini, qidiruv soʻrovnomasini, web sahifalar, notoʻgʻri web adreslar, Windows va DirectX versiyalari, kompyuterga oʻrnatilgan foydalanuvchilar hamda Google ing boshqa dasturlari haqida ma’lumotlarni joʻnatadi. Bunday ma’lumotlar juda tez-tez joʻnatib turiladi.
Chrome brauzeri orqali juda koʻp ma’lumotingiz kompyuterni tark etadi. Agarda Siz bu brauzerdan foydalanadigan boʻlsangiz, albatta brauzer parametrlariga oʻzgartirish kiritishingiz kerak boʻladi.
Natijada hech qaysi bir brauzer kompaniyalari qoʻyilgan savolga toʻliq va qoniqarli javob berishmadi. Shu sabab, katta oʻrgimchak toʻrida, kompyuterimiz va undagi ma’lumotlar xavfsizligi faqat va faqat oʻzimizga bogʻliq.
Web-brauzerlar web-saytlarni qidirish va koʻrib chiqishdan tashqari ularni qayta ishlash, chop etish va bir sahifadan boshqasiga oʻtishni ta’minlovchi dasturiy ta’minotdir.
Koʻpchilik brauzerlar FTP-серверlar tarkibidagi fayllar mundarijasini koʻrsatish, multimediyali sahifalarni ochish va fayllarni koʻchirib olish imkoniyatiga ega.
Deyarli barcha brauzerlar tekin program mahsulot hisoblanadi. Ulardan ayrimlari bilan tanishob chiqamiz:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling