Internet ma'lumotlari reja


Download 290.47 Kb.
bet6/8
Sana24.03.2023
Hajmi290.47 Kb.
#1292115
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Internet ma\'lumotlari

Qidiruvni sozlash



Qidiruv panelidagi qidiruv plaginlari


Mozilla Firefoxning qidiruv plaginlari odatda qidiruv paneliga oʻrnatilgan boʻladi.


Mozilla Firefoxda maxsus qidiruv paneli oʻrnatilgan boʻlob, u har xil qidiruv plaginlariga toʻgʻrida-toʻgʻri kirishni amalga oshiradi. Plaginlar toʻplamini foydalanuvchilarning oʻzlari sozlaydilar. Mozilla Firefox brauzerining ruscha lahjasida odatda Vikipediyaning ruscha boʻlimi, qidirishning Google, Yandex, Price.ru va boshqalar orqali amalga oshirish moslashtirilgan.

Google ning vositalar paneli qidiruv oynasiga soʻrovni kiritish davomida har xil javob variantlarini taklif etib boradi. Koʻpchilik takliflar Googlening ommaviy hizmatlari tomonidan kiritiladi. Shuningdek takliflarni Googleninng oʻz zakladkalaridan va oʻzining qidirishlar tarixidan ham koʻrib olish mumkin.


Bundan tashqari vositalar paneli agar soʻzni notoʻgʻri kiritigan boʻlsangiz uni toʻgʻri yozilishini taklif qilgan xolda xabar beradi. Ixtiyoriy Web-sahifalarni tilini avtomatik aniqlab uni tarjimasini berish imkoniyati ham mavjud.
Opera - Opera Software ASA kompaniyasi tomonidan yaratilgan web-brauzer va dasturiy paketdir.

Opera browser logo 2013

Bu brauzer C++ dasturlash tilida yozilgan boʻlib yuqori tezlikka ega va asosiy web-texnologiyalar bilan moslanuvchan. Uzoq vaqt Operaning boshqa brauzerlardan asosiy farqli tomoni, vkladkalar yordamida koʻp sahifalarni koʻrsata olishi va koʻrilayotgan hujjatni grafikalari bilan birga masstabini oʻzgartira olishi edi. Hozirda bu funksiya koʻpchilik boshqa brauzerlarga ham oʻrnatildi. Brauzerning havfsizlik tizimiga quyidagilar kiradi:



  • Fishinglardan himoya;

  • Maxfiy axborotlarni soʻrovlarini qoʻshimcha kodlashtirish;

  • HTTP-Cookieslarni oʻchirich imkoniyati;

  • Koʻrib chiqilgan sahifalar tarixini oʻchirish;

Opera – erkin tarqatiladigan brauzerdir. Unda har xil web-saytlarni alohida chaqirish uchun vkladkalar, imlo hatoliklarini tekshirish, matnni terish chogʻida qidirish, “tirik zakladkalar”, koʻchirib olish menedjeri va qidiruv tizimi mavjud. Kengaytirish orqali yangi funksiyalar qoʻshish mumkin.
Koʻrilayotgan saytning HTML-kodini ochish va unga oʻzgartirishlar kiritish hamda natijasini saqlab qoʻyish imkoniyati mavjud.
Biroq bu brauzer kamchiliklardan ham xoli emas. Uning asosiy kamchiligi ochilgan saytni birir qismini sichqoncha yordamida ajratib olib nusxasini masalan, Wordga joylashtirilsa ajratilgan qismdagi jadvallar xususiyati oʻzgartirilib faqat matnga aylantirib chiqariladi. Agar shu joyda tasvirlar ham ishtirok etgan boʻlsa, ularni har birini alohida koʻchirib olinishi kerak, aks holda faqat matnli qismining nusxasi chiqadi halos.

Download 290.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling