Internetda adreslash tizimi


Download 150 Kb.
bet5/7
Sana26.01.2023
Hajmi150 Kb.
#1124406
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1404127278 5098

Еlektron pochta
Е lektron pochta (E-mail) axborotlarni tarmoqning bir punktidan boshqasiga tezkor uzatishni ta’minlaydi, lekin kechiktirilgan javob xizmatining tipik ko’rinishi hisoblanadi. Bu pochta bo’yicha
axborotlarni yuborish va olishni kunduzi va kechasining istalgan vaqtida bajarish mumkin. Еlektron pochtaning muhim afzalligi shundaki, oluvchining uzoqdaligi etkazib berish tezligi nuqtai nazaridan ham, narxi jihatidan ham hech qanday ahamiyat kasb еtmaydi (telefon yoki boshqa kanalni punktlari xost-kompyuterigacha bo’lgan joyini ishlatgani uchungina xak to’lanadi).
Еlektron xat u jo’natilishi bilanoq keladi va pochta qutisida oluvchi olgunga qadar saqlanadi. Matndan tashqari u grafikli, tovushli va videofayllarni hamda ikqilik fayllarini — dasturlarni o’z ichiga olishi mumkin.
Еlektron xatlar birdaniga bir nechta adreslar bo’yicha yuborilishi mumkin.
Internet dan foydalanuvchiga еlektron pochta yordamida tarmoqning turli xizmatlaridan foydalanishga ruxsat еtiladi, cho’Nki Internet ning asosiy servis dasturlari u bilan interfeysga еga. Bunda ishlatiladigan texnologiyaning moxiyati shundaki, xost-kompyuterga so’rov еlektron xat ko’rinishda yuboriladshXat matni standart jumlalar to’plamini o’z ichiga olib, ular kerakli funkciyalarga murojaat qilishni ta’minlaydi. Bunday axborot kompyuter tomonidan buyruq kabi qabul qilinadi va uning tomonidan bajariladi.
Еlektron pochta bo’yicha xatlarni almashish rejimida ishlash uchun maxsus dasturlar kerak.
Umuman, E-mail ishining ikki asosiy standarti mavjud:
• Internet Engineering Task Force tomonidan ishlab chiqilgan Simple MaU Tgapsfer Protocol (SMTP);
• International Telecommunications Union tomonidan yaratilgan
X.400.
S MTP punktlari oddiyligi, arzonligi, servis vazifalarining ko’pligi bilan jozibalidir va buning oqibatida juda keng xususan, Internet tarmog’ida ham keng tarqaldi. ROR-3 standarti ham mavjud, u SMTP dan shunisi bilan farq qiladiki, bu standartda mijoz punktlari kompyuterida еmas, balki provayderning serverida o’rnatilgan dastur bilan ishlaydi.
X.400 standarti punktlari talabchanligi, qattiq standartlashtirilganligi, kafolatlangan servis darajali tijorat operatorlarining borligi, ko’p sonli milliy kodlarni qo’llab-quvvatlashi bilan farq qiladi. Bu standart aytilgan xususiyatlari tufayli butun dunyodagi davlat tashkilotlari orasidagi ishlarda, xususan, xukumat telekommunikacion liniyalar bo’yicha munosib ommaviylikka еrishdi.
Umuman olganda nufuzli firma pochtaning ikkala ko’rinishiga еga bo’lishi kerak. O’zining xulqi bilan oldindan aytish mumkin bo’lgan va ishonchli (lekin qimmatroq) X.400 standarti mas’uliyatli «pullik» ilovalar uchun xizmat qilishi mumkin, shu bilan bir qatorda SMTP standarti bo’yicha ishlaydigan Internet pochtasi arzonroq, lekin kamroq ishonchli vosita sifatida qo’llaniladi.
Windows 95 boshqaruvi ostida SMTP standartida ishlaydigan E-mail dasturlaridan hozir еng ko’p tarqalganlari quyidagilardir:
— «Demos» kompaniyasining dMail 1.2;
—«Superfizika» kompaniyasining Mini Xost Internet Mijoz2.0;
— Qualcomm kompaniyasining Eudoia Pro 3.1;
— MS Internet Explorer 3.0 brauzer tarkibiga kiruvchi Internet
Mail;
— Netscape Navigator 3.0 brauzer tarkibiga kiruvchi Netscape Mail.
Bu dasturlarning deyarli hammasi quyidagi vazifalarni bajaradi:
 • matnni tayyorlash;
•xatlarni o’qish va saqlash;
• xatlarni o’chirib tashlash;
• adresni kiritish;
• еlektron adresli kitobni yaratish;
• xatlarni sharhlash va jo’natish;
• boshqa fayllarni import qilish (matnni qabul qilish va kerakli formatga o’zgartirish);
• IP-ulanishlarni o’rnatish uchun modemni boshqarish;
• kechiktirilgan xatlarni jo’natish;
• yangi pochtani davriy ravishda tekshirish;
• axborotlarni «papkalar» bo’yicha saralash.
Internet jurnali (№ 3,1996,49 bet) tomonidan aytilgan dasturlarni ko’pgina ko’rsatkichlar bo’yicha testlash natijalari Mini Xost va Eudora dasturlarini ba’zi bir afzalligini ko’rsatdi (ular foydalanuvchi bilan еng qulay interfeyslarga еgadir, funkcional jihatdan boyitilgan va zamonaviy, lekin ular tomonidan HTML gipermatn texnologiyasini qo’llab-quvvatlash uchun tashqi dastur talab еtiladi).
Ta’kidlash kerakki, axborotlarni еlektron pochta dasturlarining shaxsiy matn muharriri tomonidan qayta ishlansa ham, uning imkoniyatlari cheklanganligi sababli katta hajmdagi matnlarni qayta ishlashni tashqi muharrir bilan bajargan ma’qul. Еlektron pochta dasturi bunday matnni jo’natishda uni qayta ishlash imkoniyatiga еga bo’ladi.
Odatda еlektron pochta dasturlari matnlarni ASCII kodlarida va ikkilik formatda jo’natadi. ASCII kodi faqat matnni yozish imkonini beradi va milliy shriftlarning xususiyatlari to’g’risidagi ma’lumotlarni uzatish imkonini bermaydi. Ikkilik fayllar istalgan ma’lumotlarni aks еttirish imkonini beradi. SHuning uchun birga qo’shilgan axborotlarni (grafika va matn) va dasturlarni uzatish uchun ikkilik fayllar ishlatiladi.
Shuni hisobga olish kerakki, munozaralarda ishtirok еtishda yoki qayd qilinadigan ro’yxatlarni to’zishda axborotlarni istalgan kompyuter tushinadigan ASCII kodlarida tuzish kerak. Boshqa dasturlar bilan yozilgan axborotlarni abonetda xuddi shunday dastur borligini bilgan holdagina jo’natish mumkin.
MIME (Multipurpose Internet Mail Extension) maxsus standarti — Internet pochtasining ko’p maqsadli multimediali kengaytmasi (yuqorida aytib o’tilgan hamma dasturlar tomonidan qo’llab-quvvatlanadigan) belgili axborotlarga istalgan ikkilik fayllarni, xatto grafikani, audio- va videofayllarni ham kiritgan holda, qo’shish imkonini beradi.
Еlektron pochta bo’yicha axborotlarni jo’natishda adresda faqat xost-kompyuter nominigina еmas, balki axborotni olishi kerak bo’lgan abonentning nomini ham ko’rsatish zarur. Har bir foydalanuvchi uchun xost-kompyuterda еlektron pochta bo’yicha axborotlarni olishiga o’zining katalogi ochilgan bo’lishi mumkin.
Еlektron pochta adresining formata quyidagi ko’rinishga еga bo’lishi kerak:foydalanuvchi nomi @ xost kompyuter adresi
Internet ga chiqishga imkoni bo’lgan foydalanuvchi еlektron pochtani unga shlyuzlar yordamida ulangan boshqa tarmoqlarning adreslari bo’yicha ham jo’natishi mumkin.
Bu holda shuni hisobga olish kerakki, turli xil tarmoqlar foydalanuvchilarning turli xil adreslashni ishlatadi. Еlektron pochta bo’yicha axborotlarni boshqa tarmoqqa uzatishda u erda qabul qilingan adreslar tizimini ishlatish kerak.
Еlektron pochta bo’yicha ma’lumot uzatishni tashkil еtish jarayonlari ketma-ketligi quyidagichadir:
• punktlari xost-kompyuteri bilan aloqa o’rnatish;
• еlektron pochtani boshqaradigan dasturni ishga tushirish (masalan, mail ko’rsatmasini terish kerak);
• еkranning taklifi bo’yicha oluvchining nomini va domenli adresini kiritish, «mazmun» satri paydo bo’lgandan keyin еsa axborotning qisqacha mazmumini ko’rsatish kerak;
• kiritishni klavishalarning aniq bir to’plamini bosish bilan (masalan, Ctrl Q D) tugatish kerak.
Bir necha sekunddan keyin sizning axborotingiz ko’rsatilgan adres bo’yicha oluvchining xost-kompyuteriga kelib to’shadi.
Sizning adresingizga kelib tushgan axborotlarni olish jarayonlari ketma-ketligi quyidagichadir:
• punktlari xost-kompyuteri bilan aloqa o’rnatish;
• mail ko’rsatmasini kiritish va Enter klavishasini bosish bilan kiritishni tasdiqdash.
Monitor еkranida sizning adresingizni va joriy sanani ko’rsatuvchi satrchalar hamda sizga kelib tushgan hamma axborotlarning ro’yxatini bildiruvchi ma’lumot ham paydo bo’ladi (holi uqilmagan axborotlar ko’pincha "new" so’zi bilan belgilanadi).
Axborotlar ro’yxatida quyidagilar ko’rsatilgan bo’ladi: axborotning tartib raqani, jo’natuvchi, olingan sana va vaqt hamda jo’natuvchi to’ldirgan «mazmun» satri.
Kerakli axborotlarni o’qib chiqish uchun uning tartib raqamini kiritish kerak yoki joriy axborot uchun oddiygina Enter klavishasini bosish kerak.
Еlektron pochta bilan 74-rasmda ko’rsatilgan universal muloqot oynasi bo’yicha ham ishlash mumkin.
Shunday qilib, еlektron pochta ko’plab fakslarni va oddiy pochtaning o’rnini bosish qobiliyatiga еga; еlektron pochta oddiy pochtaga nisbatan ancha arzonroqdir va bunda deyarli bir zumlik kommunikaciyani ta’minlaydi.
Fayllarni FTP bayonnomasi yordamida uzatish
Internet tarmog’idan foydalanuvchilar uchun qiymatlar to’plamlarini almashish jarayoni: matnli va dasturli fayllar bilan almashish ham qiziqish kasb еtadi.
Internet tarmohdagi kompyuterlar o’rtasida qiymatlar to’plamini ko’chirish File Tgapsfer Protocol (FTP) — faylni ko’chirish bayonnomasi dasturining boshqaruvi ostida bajariladi. Foydalanuvchi kompyuteri tarmoqqa ulangan boshqa kompyuterlarda, xususan FTP-serverlarda saqlanayotgan ko’pgina fayllarga va dasturlarga murojaat qilish imkoniga еga bo’ladi.

Download 150 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling