- 2.Ibn Sinoning ta`lim-tarbiyaga oid ijtimoiy-falsafiy qarashlari
- Ibn Sino ham boshqa mutafakkirlar kabi o`zining ta`lim-tarbiyaga oid qarashlarini ijtimoiy-falsafiy qarashlari bilan bog`liq holda ifodalagan, maxsus risolalarda talqin etgan. Shuningdek, fanlarni tasnif etadi. Bunda u birinchi o`ringa tibbiyot fanlarini qo`yadi. Falsafani esa ikki guruhga, ya`ni nazariy va amaliy guruhlarga bo`ladi. Nazariy guruh kishilarni o`zidan tashqaridagi borliq holati haqidagi bilimlarni egallashga yo`llasa, amaliy qism bizga bu dunyoda nimalar qilishimiz kerakligini o`rgatadi deydi.
3.Ibn Sino inson kamolotining muhim axloqiy jihatlari - 3.Ibn Sino inson kamolotining muhim axloqiy jihatlari
- Ibn Sino inson kamolotining muhim axloqiy jihatlarini ham taxlil etadi va har biriga ta`rif beradi : masalan, adolatni ruhiy lazzatning bosh mezoni sanaydi. Inson qanoat, jasurlik, donolik bilan adolatga ega bo`ladi, yomon illatlardan o`zini tiyib, yaxshilikni mustahkamlaydi, haqiqiy ruhiy lazzat oladi, deydi olim. Insondagi ijobiy, axloqiy hislatlarga saxiylik, chidamlilik, kamtarlik, sevgi – muhabbat, mo`tadillik, aqlilik, ehtiyotkorlik, qat`iyatlilik, sadoqat, intilish, uyatchanlik, ijrochilik va boshqalarni kiritadi. Qanoat va mo`tadillikni insonning hissiy quvvatiga kiritadi, chidamlilik, aqllilikni g`azab quvvatiga, donolik, ehtiyotkorlikni ziyraklikka, sadoqat, uyatchanlik ijrochilik, achinish, sofdillikni tafovut quvvatiga kiritadi. Olim qanoatni hissiy fazilatlardan sanaydi va inson o`zini ta`magirlikdan tiysa, mo`tadillikka rioya qilsa, o`zida xirsning namoyon bo`lishini yengadi, inson yomon iilatlarni yengishda o`z imkoniyatlarini ongli sarf etishi lozim, deydi.
4. Abu Ali ibn Sinoning ilmiy merosi haqida ulug` tadqiqotchilarning - 4. Abu Ali ibn Sinoning ilmiy merosi haqida ulug` tadqiqotchilarning
- fikrlari Ibn Sino iste’dodli, xotirasi kuchli, zehri o‘tkir bo‘lganligidan o‘z davrida ma’lum bo‘lgan ilmlarni tezdan egallay boshladi. 10 yoshidayoq qu’oni karimni boshdan-oyoq yod o‘qir edi. 13 yoshlaridan boshlang‘ich matematika, mantiq, fiqh, falsafa ilmlari bilan shug‘ullana boshlaydi. Ibn Sino yosh bo‘lishiga qaramay, Abu Abdulloh Notiliy rahbarligida falsafani, Hasan ibn Nuh al-qumriydan tibbiyot ilmini har tomonlama o‘rganadi, asta-sekin tabiblik bilan ham shug‘ullanadi. U o‘zidan avval o‘tgan Sharq mutafakkirla-ining asarlarini chuqur o‘rganish bilan birga, qadimgi yunon tabiiy-ilmiy, falsafiy merosini, xususan Aristotel, Yevklid, Ptolemey, Galen, Gippokrat, Pifagor, Porfiriylarning asarlarini ham qunt bilan o‘rgandi. 16-17 yoshidayoq ibn Sino mashhur tabib — hakim bo‘lib tanildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |