Internetda ishlash asoslari
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Internetda ishlash asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- III. Yangi mavzuni bayoni: Dars materiallarini tushuntirish (materiallarni tushuntirish
- Nazariy qism
II. O’tilgan mavzuni takrorlash . Uyga vazifalarini tekshirish va o’tilgan mavzuni mustahkamlash:Test kompyuterda 1-guruh –“GOOGLE CHROME” 2-guruh - MOZILLA FIREFOX esa 1-guruh tuzib kelgan krosswordni yechadi. III. Yangi mavzuni bayoni: Dars materiallarini tushuntirish (materiallarni tushuntirish dars prezentatsiyasi va videorolik, amaliy harakatlar, tayyor ishlar ko’rgazmasini namoyish qilish bilan birgalikda olib boriladi). Nazariy qism: Ikki yoki undan ortiq kompyuterning simli yoki simsiz bog‘lanishi kompyuter tarmog‘ideb ataladi. Eng katta kompyuter tarmog‘i bu – Internetdir. 1983-yil 1- yanvardan boshlab ARPANET (axborot uzatishni tadqiq qiluvchi agentlik) о ‘zining zamonaviylashtirilgan, barcha tarmoqlar bilan aloqa o‘rnata oluvchi vaInternet deb nomlanuvchi tarmoq apparat hamda dasturiy ta’minotini ishga tushirdi.Internet– dunyoning bir nuqtasidan ikkinchisiga ma’lumotlarni uzatish imkonini beruvchi, yagona standart asosida faoliyat yurituvchi butun jahon kompyuter tarmoqlari majmui. Internetdan kompyuter, mobil qurilma, televizor, avtomobil, о‘yin konsoli, musiqa markazlari va boshqa qurilmalar orqali foydalanish mumkin. Internet ma’lumot almashish imkonini beruvchi axborot makoni bо‘lib, u dunyo bо‘ylab millionlab kompyuterlarni birlashtiradi. ARPANET (Advanced Research Projects Agency Network) – 1969-yilda yaratilgan, ma’lum bir masofada joylashgan to‘rtta ompyuterni ulash imkonini beruvchi birinchi kompyuter tarmog‘i.Internet (Interconnected Networks) – “birlashgan tarmoqlar” so‘z birikmasining qisqartmasi. Provayder (ingl. yetkazib beruvchi) – Internetga ulanish va u bilan bog‘liq boshqa xizmatlarni ko‘rsatuvchi tashkilot. WWW (World Wide Web – butun jahon o‘rgimchak to‘ri) – Internet orqali foydalanish mumkin bo‘lgan veb-sahifalar majmui.Modem – telefon tarmog‘i, kabelli televideniye va radioaloqani о‘z ichiga olgan aloqa kanallari orqali signallarni uzatish va qabul qilish uchun kompyuterga ulangan qurilma.Butunjahon Internet tarmog‘iga ulanish uchun provayderdeb nomlangan kompaniyalardan foydalaniladi. Shuningdek, bunday kompaniyalar Internetga uyali telefonlar orqali ulanish imkonini ham beradi. Buning uchun aloqa kanali va modem kerak bо‘ladi. Asosiy tushunchalar Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling