Introduce yourself Verb “to be”
Download 1.09 Mb.
|
Qalqonsimon tog‗ayning orqa tomonidagi tutashmagan ikki yoni oralig‗ida bir juft cho‗michsimon tog‗ay joylashgan. Hiqildoqning ichki o‗rta qismida ustma-ust burma bo‗lib, ular oralig‗i hiqildoq qorinchasidan iborat. Burmalarning pastkisi tovush burmasi, ustkisi soxta burma deyiladi. Hiqildoq trubkasi shu burmalardan yuqori va pastga konussimon holda kengayib boradi. Tovush burmasi ikki bo‗lakdan iborat, hiqildoq ikki yon devoridan bo‗rtgan bo‗ladi. Uning qirralari bo‗ylab pay qatlamlari tortilib, u tovush paylari deyiladi. Tovush paylarining bir uchi uzuksimon tog‗ay uchiga, ikkinchi uchi cho‗michsimon tog‗ay uchiga birikkan. Hiqildoqdagi ikki yon paylarning oralig‗i esa tovush yorig‗idir. Bularning hammasi bo‗yin olmasi orqali joylashgan. Tovush paylari nafas yo‗lining eng tor joyi hisoblanadi. Hiqildoqning ichki yuzasi troxeyadagiga o‗xshash epiteliy qatlami bilan qoplangan. Bu qatlam yuzasi mayda tuklardan iborat bo‗lib, ular yuqoriga yotqizilgandir. Tovushni shakllantiruvchi organlar asosan halqum va og‗iz boshlig‗idagi organlardan iborat. Halqum devori yuzasi epiteliy qatlamidan iborat bo‗shliq bo‗lib, 3 qismga bo‗linadi
Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling