Introduction into course: information about mechanization and automation of production
Download 48.91 Kb.
|
Ishlab chiqarishni avtom
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISH. ISHLAB CHIQARISHNI MEXANIZATSIYALASHTIRISH VA AVTOMATLASHTIRISH XAQIDA UMUMIY MALUMOTLAR.
- Mashinasozlikda ishlab chiqarishni avtomatlashtirish.
- Kirish. «Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari» fanining dolzarbligi va ahamiyati.
- Har qanday ishlab chiqarish jarayonini quyidagi asosiy elementlarga ajratish mumkin
- Boshqarish operatsiyasi ikki turga bo‘linadi
- Nazorat operatsiyasi quyidagilardan tuzilgan
- Avtomatiashtirish ierarxik stiukturaga ko‘ra 3 bosqichda olib boriladi
- Xususiy avtomatlashtirishda
- To‘liq avtomatlashtirishda
- Texnologik boshqarish obyekti
- texnologik jarayon avtomatlashtirilgan boshqarish sistemasi
- Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish” kursini o‘rganishdan asosiy maqsad
- Yuqorida aytilganlarga ko‘ra kursning asosiy vazifasi
- Mexnat unumdorligini turli yo‘llar bilan oshirish mumkin buning uchun
- ISHLAB CHIQARISHDA AVTOMATLASHTIRISHNING QO‘LLANISHI.
- MAVZU BOYICHA NAZORAT SAVOLLARI
Lecture №1. Introduction into course: information about mechanization and automation of production. MA'RUZA. MAVZU: KIRISH. ISHLAB CHIQARISHNI MEXANIZATSIYALASHTIRISH VA AVTOMATLASHTIRISH XAQIDA UMUMIY MA'LUMOTLAR. REJA: Kirish. «Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari» fanining dolzarbligi va ahamiyati. Mashinasozlikda ishlab chiqarishni avtomatlashtirish. Ishlab chiqarishda avtomatlashtirishning qo‘llanishi. Tayanch iboralar: avtomatlashtirish, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, avtomatlarning analizi va sintezi, avtomatik liniya, ishlab chiqarish _ jarayoni, texnologik_ jarayon, mexanik ishlov, nazorat va yig ‘ish. Kirish. «Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari» fanining dolzarbligi va ahamiyati. Hozirgi texnika va texnologiyalarning jadal rivojlanishuvi davrida “Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari” fanining ahamiyati kattadir. Mashinasozlikda ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishni xozirgi zamon va kelajakdagi rivojlanishi, ishlab chiqarish, jarayonini barcha bosqichlari (zagotovka olinadi tartib toki yig‘ish jarayonlari)ni maqbul variantlari asosida avtomatlashtirish masalalarini o‘z ichiga oladi. Bunda yalpi ishlab chiqarishdagi avtomat va ular asosida avtomatlashtirilgan liniyalardan, asta sekin bozor iqtisodini talablariga to‘liq javob beruvchi moslanuvchan avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishga o‘tishi, ya'ni yalpi ishlab chiqarishdan seriyalab chiqarishni avtomatlashtirish ko‘zda tutilmoqda. Bunda nafaqat asosiy va yordamchi ishlab chiqarish jarayonlari, balki texnologik va tashkillash-iqtisodiy jarayonlarni boshqarishini xam to‘liq avtomatlashtirish mo‘ljallanmoqda. Respublikamizda iqtisodiy barqarorlikni ta'minlashda ishlab chiqarish unumdorligining tez va to‘xtovsiz o‘sishi asosiy hal qiluvchi o‘rin egallaydi. Bunday o‘sishning bosh omillaridan biri ishlab chiqarishni avtomatlashtirish hamda to‘liq mexanizatsiyalashtirish bo‘lib, bu bugungi kunda davlatimiz iqtisodiy siyosatining asosiy yo‘nalishidir. To‘liq mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish deganda shunday ishlab chiqarish jarayoni tushuniladiki, unda barcha operatsiyalar mashina va mexanizmlar yordamida bajarilib, ularni boshqarish esa, odamning bevosita ishtirokisiz ishlaydigan maxsus qurilmalar - avtomatlar zimmasiga yuklanadi. Agar ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish jismoniy mehnatni yengillashtirsa, avtomatlashtirish ishchini mashina va mexanizmlarni boshqarishdan ozod qiladi. Shu bilan bir qatorda avtomatlashtirish bevosita mehnat unumdorligini va mahsulot sifatini, mehnat xavfsizligi va ishlab chiqarish madaniyatini oshishiga olib keladi. Ammo avtomatlashtirish vositalarining narxi, ularni sozlash va rostlash uchun sarflanadigan xarajatlar ko‘p hollarda deyarli yuqori bo‘ladi. Shuning uchun ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish faqat iqtisodiy barqaror sharoitlarda hamda odamlarni og‘ir va zararli mehnatdan ozod qilish maqsadlarida qo‘llanilishi kerak. Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish bu barcha qo‘1 bilan bajariladigan ishlarni mexanizatsiyalashtirish hisoblanib, shuningdek, nazorat o'lchov asboblarini keng qo'llash demakdir. Sanoatning barcha tarmoqlari ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat o‘lchov asboblari bilan ta'minlash, texnologik jarayonlarning borishi to‘g‘risida axborot olishga, ularga o‘zgartirishlar kiritish hamda olinadigan natijalarni yaxshilashga imkon yaratadi. Ta'lim sistemasini tubdan o‘zgartirish, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ko‘zda tutilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida «Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish» fanidan tayyorlangan o‘quv qo'llanmasi oliy ta'lim muassalari uchun mo'ljallangan bo'lib, bundan ishlab chiqarishda faoliyat ko‘rsatayotgan muhandislar, oliy o‘quv yurtlari talabalari foydalanishlari mumkin. Ishlab chiqarish jarayonlarining ish unumdoriigi va mahsulot sifatini oshirish yo‘llaridan biri elektron hisoblash mashinalari, robot va kompyuter texnikasi bilan jihozlangan ishlab chiqarishni avtomatlashtirishdir. Xalq xo‘jaligining asosiy tarmoqlarida, jumladan oziq-ovqat hamda kimyo sanoatida alohida mashina, agregat mexanizmlarni avtomatlashtirishdan tsex, texnologik bo‘lim va zavodlarni to‘liq avtomatlashtirishga o‘tilayapti. Natijada texnologik jarayonlarning boshqarishni avtomatlashtirilgan sistemalari (TJABS), korxonalarning boshqarishni avtomatlashtirilgan sistemalari (KABS) hamda to'liq tarmoqlarni boshqarish ning avtomatlashtirilgan sistemalari (TTBAS) yaratilmoqda. Ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishda odam qo‘1 mehnatini maxsus avtomatik qurilmalar ishi bilan almashtirish jarayoniga avtomatlashtirish deyiladi. Berilgan xomashyo yoki yarim fabrikatdan tayyor mahsulot olish uchun yo‘naltirilgan ta'sirlar to‘plarniga ishlab chiqarish jarayoni deyiladi. Har qanday ishlab chiqarish jarayonini quyidagi asosiy elementlarga ajratish mumkin: S Oddiy ishchi jarayonlar; S Boshqarish operatsiyalari; S Nazorat operatsiyalari. Oddiy ishchi jarayonlari quyidagilardan iborat: sof ishchi jarayonlar; o‘matish operatsiyalari; transport operatsiyalari; xizmat ko‘rsatish operatsiyalari. Boshqarish operatsiyasi ikki turga bo‘linadi: jarayonni normal boshqarish; mashina va mexanizmlarni berilgan talablarni bajarish uchun tuzatish yoki moslash bilan bog‘liq o‘matish operatsiyalari. Nazorat operatsiyasi quyidagilardan tuzilgan: jarayon natijalarini berilgan talab bilan muvofiqligini tekshirish; jarayon borishini berilgan talabdan o‘zgargan vaqtda (jarayon kattaliklarini normal qiymatdan o‘zgargan vaqtda yoki avariya holatiarida) himoyalash operatsiyasi. Ishlab chiqarish jarayonlarini yaxshi olib borish uchun nazorat hamda boshqarish operatsiyalari bir-biri bilan bog‘liq olib borilishi zamr. Chunki nazorat operatsiyasini natijalari asosida boshqarish operatsiyalari yaratiladi. Ishlab chiqarishning borishida odamning ishtiroki jarayon borishini nazorat o‘lchov asboblari yordamida kuzatish hamda mashina va mexanizmlar ishini boshqarishdan iboratdir. Avtomatiashtirish ierarxik stiukturaga ko‘ra 3 bosqichda olib boriladi: bosqich. Xususiy avtomatlashtirish. bosqich. Kompleks avtomatiashtirish. bosqich. To‘liq avtomatlashtirish. Xususiy avtomatlashtirishda -bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan asosiy ishlab chiqarish jarayonlari avtomatlashtiriladi. Bunda alohida agregat, apparat yoki texnologik qurilmalar alohida- alohida avtomatlashtiriladi. Kompleks avtomatlashtirisha -bir-biriga bog‘liq bo‘lgan asosiy ishlab chiqarish jarayonlari avtomatlashtiriladi. Alohida tsexlar, texnologik bo‘lim va texnologik tizimlarini avtomatlashtirish kompleks avtomatlashtirishning mazmuni bo‘lib hisoblanadi. To‘liq avtomatlashtirishda-bir-biriga bog‘liq asosiy va yordamchi ishlab chiqarish jarayonlari avtomatlashtiriladi. Bunda ishlab chiqarish korxonasi to'liqligicha avtomatlashtiriladi (zavod- avtomat, tsex-avtomat, restoran-avtomat va hokazolar). Texnologik mashina va jixozlarni ishlab chiqarishni avtomatlashtirish-yig‘ish, nazorat qilish va ishlov berishni eng zamonaviy texnologik jarayonlari asosida, butunlay yangi texnikani qurish bo‘yicha konstruktorlik va texnologik masalalarni o‘z ichiga oladi. Ishlab chiqarishda odam ishtirokida bajarish mumkin bo‘lmagan masalalar, yangi konstruktiv kompanovka yechimlari, uslublar va ishlov sxemalari qo‘llaniladi. Mashinasozlikni barcha soxasida keng avtomatlashtirilgan qo‘llanishi, mashinasozlik yo‘nalishida o‘qiyotgan bakalavrlarni mashinasozlikda texnologik jarayolarni avtomatlashtirishni amalga oshirish yo‘llari va yangi texnologik mashinalarni bilishlari muximdir. Ilmiy-texnika taraqqiyotining samaradorligini oshirish yo'llaridan biri ishlab chiqarishni avtomatlashtirishdir. Yangi mahsulot (buyum) tayyorlash uchun yo‘nalgan ishlab chiqarish jihozlari kompleksi moddiy va energetik oqimlar xomashyo yoki yarim tayyor mahsulotga ishlov berish va qayta ishlash usullarining vaqt bo‘yicha ketma-ket almashishiga texnologik jarayon deb ataladi. Ishlab chiqarish jarayonlarini to‘g‘ri kechishi yoki optimal olib borilishi uchun sistemani boshqarish algoritmiga muvofiq ularga aniq ta'sirlar yuborilishi talab qilinadi. Berilgan funksionallash algoritmini bajarish uchun boshqariladigan obyektga tashqaridan beriladigan ta'sirlar xarakterini aniqlaydigan yozuvlar to‘plamiga boshqarish algoritmi deyiladi. Biror bir qurilmada (boshqariladigan obyektda) yoki sistemada ishlab chiqarish jarayoni to‘g‘ri bajarilishini ta'minlaydigan yozuvlar to‘plarnga funksionallash algoritmi deyiladi. Har bir sistemada boshqaruvchi va boshqariladigan asosiy qismlar bo‘lib, ular o‘rtasida to‘g‘ri va teskari bog‘lanishlar mavjud. Kibernetika - boshqarish maqsadida qabul qilish, saqlash va qayta ishlash qobiliyatiga ega bo‘lgan har qanday tabiatli sistemani o‘rganadigan fan. Uning predmeti esa boshqarish qonunlarini o‘rganishdir. Kimyo-fizikaviy jarayonlar va ularni ishlash uchun kerak bo‘lgan qurilmalar to‘plarniga sistema deyiladi. Sanoatda sistema texnologik jarayon, agregat, mashina, apparat, qurilma, ishlab chiqarishni nazorat va boshqarish qurilmalarini o‘z ichiga oladi. Har qanday ishlab chiqarish jarayonini avtomatik boshqarish sistemasi bir-biri bilan uzviy bog‘langan qismlardan iborat: Texnologik boshqarish obyekti (TBO) va boshqarish qurilmasi (BQ). Avtomatik sistemalarni kichik va katta sistemalarga bo‘lish mumkin. Kichik sistemalar ishlab chiqarish jarayoni xossalari bilan aniqlanib, u bilan chegaralanadi. Katta sistemalar esa kichik sistemalardan son va sifat jihatidan farq qilib, kichik sistemalar to‘plarnidan iboratdir. Hozirgi zamon hisoblash texnikasi va avtomatik qurilmalarning rivojlanishi natijasida texnologik jarayonlarda avtomatlashtirilgan boshqarish sistemalari TJABS ni qo'llash talab qilinmoqda. Texnologik boshqarish obyekti (TBO) - texnologik jihoz va unda ishlab chiqarish jarayoni reglarnentiga muvofiq ravishda kechadigan texnologik jarayonlar to‘plamidir. Texnologik boshqarish obyektiga quyidagilar kiradi: Texnologik agregat va qurilma (qurilmalar guruhi). Tsexlar yoki texnologik maydonlar. Ishlab chiqarish majmuasi. Qabul qilingan boshqarish kriteriyasiga muvofiq texnologik jarayonlarni boshqarish uchun qo'llaniladigan qurilma texnologik jarayon avtomatlashtirilgan boshqarish sistemasi (TJABS) deyiladi. Texnologik jarayon avtomatlashtirilgan boshqarish sistemasi boshqarish kriteriysi - boshqarish ta'siri natijasida texnologik obyektning sifatini sonli aniqlaydigan nisbatdir. (Masalan, mahsulot tannarxi, ish unumdorligi, sifat yoki chiqariladigan mahsulotning texnik ko‘rsatkichlari). “Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish” kursini o‘rganishdan asosiy maqsad - mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha ta'lim oluvchi talabalarni avtomatlashtirishning asosiy prinspini, iqtisodiy samaradorligini baxolash kriteriyalari, texnologik jarayonlarini boshqarish sikllarini xisoblashni, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirishning texnik vositalari haqida ma'lumotlarni, asosiy hamda yordamchi jixozlarni avtomatlashtirish vositalarini, texnologik jixozlarni yuklashni va yig‘ish jarayonlarini avtomatlashtirishni, avtomatik nazorat qilish qurilmalarining va avtomatik liniyalarning tasnifi, tuzilishi va kompanovkalarini, boshqaruvining eng umumiy strukturasi va funksional texnologik sxemalarini, tizimlarni va sanoatni kompleks avtomatik boshqarish usullarini o‘rgatish, ta'lim standartida talab qilingan bilimlar, ko‘nikmalar va tajribalar darajasini ta'minlash hamda ishlab chiqarish protsesslarini avtomatlashtirishni keng rivojlantirish va takomillashtirish asosida texnologik mashinalarning optimal rejimlarda ishonchli ishlashini, mahsulot sifatining yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishini va shu bilan birga, mehnat madaniyatining yuqori bo‘lishini ta'minlashdan iborat. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishdan kutilgan maqsadga erishish uchun texnologik protsesslar va texnologik mashinalar avtomatlashtirish prinsiplariga va imkoniyatlariga to‘la amal qilingan holda tayyorlangan bo‘lishi kerak. Buning uchun texnologik protsesslarni tayyorlovchi injener-texnologlar texnologik mashinalarni yaratadigan va ishlatadigan injener-mexaniklar, injener-konstruktorlar avtomatlashtirish prinsiplarini va uning texnik vositalarini mukammal bilishlari kerak, avtomatlashtirish bo‘yicha GOST talablariga amal qilishlari va bu soha bo‘yicha tuzilgan spravochniklardan yaxshi foydalana olishlari lozim. Yuqorida aytilganlarga ko‘ra kursning asosiy vazifasi - bo‘lg‘usi injener-mexaniklar va texnologlarga, konstruktor va iqtisodchi- injenerlarga avtomatik boshqarish va rostlash nazariyasi asoslarini o‘rgatish; o‘lchash metodlari, o‘lchov asboblarining tuzilishi va ishlash prinsipi, sxemalari va xususiyatlarini tushuntirish; avtomatikaning kontaktli va kontaktsiz elementlarining tuzilishi, ishlash prinsipi va xarakteristikalarini o‘rgatish va, shuningdek, ishlab chiqarish protsesslarini avtomatik boshqarish, texnologik parametrlarni avtomatik rostlash, kontrol, himoya va signallash avtomatik sistemalarining sanoatda qo‘llanishi haqida bilimga ega bo‘lishlariga ko‘maklashishdan iborat. Xulosa: “Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari” fanini o‘qish jarayonida talabalar mashinasozlikda avtomatlashtirishning kelajagi, avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish jarayonlarini loyixalashtirish qonuniyatlari, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish usullari va texnik vositalar, avtomatlashtirish tizimini yechish vazifasining metodologiyasi to‘g‘risida tasavvuriga ega bo‘lishi kerak. Mashinasozlikda mahsulotni tayyorlashni ishlab chiqarish jarayonini loyixalashni ishlab chiqarish uchastkalari oralig‘ida, avtomatlashtirish usullarini va vositalarini ta'minlash, texnologik jarayonini, mahsulot konstruksiyasini va moslamani shu qatori avtomatlashtirish vositalari talablarni asoslash, asboblarni ta'minlash, rejalashtirishga va berilgan qiymatlarda ishlab chiqarish jarayonini operativ boshqarish yo‘llarini bilishni, fan tarixi va rivojining tendensiyasi, istiqboli hamda Respublikamizdagi ijtimoiy- iqtisodiy isloxotlar natijalarini qamraydi. Dasturga ishlab chiqarishni zamonaviy texnologik jarayonlari, texnologik jixozlari, tizimlari, texnik vositalari va qurilmalari asos qilib olingan. Ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish haqida umumiy ma'lumotlar. Avtomatlashtirishning jamiyat, ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotidagi ro'li. Mashinasozlikdagi kompleks avtomatlashtirishning rivojlanish muommolari va yo‘nalishlari. Asosiy tushunchalar va atamalar. MASHINASOZLIKDA ISHLAB CHIQARISHNI AVTOMATLASHTIRISH. Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish - fani texnika taraqqiyotini jadallashtirishning asosiy yo‘li butun xalq xo‘jaligini texnika bilan qayta qurollantirish asosidir. Yangi texnika yaratish jarayoni xalq xo'jaligining barcha tarmoqlarida ketmoqda. Mavjud ishlab chiqarish o‘z imkoniyatlaridan to‘liq foydalanib bo‘lgandan so'ng muqarrar ravishda ishlab chiqarishning yangi usullari, yangi texnologiyasi va yangi yuqori unumli vositalari vujudga kelganligiga tarixdan ko‘plab misolar keltirish mumkin. Xalq xo'jaligining turli soxalarida ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishning o'ziga xos tomonlarini ko‘rib chiqayotganda quyidagi asosiy qoidalarni yodda to'tish lozim; xar bir ishni oxiriga etkazish uchun vaqt va mexnat talab etiladi; ishlov berishning asosiy jarayonlarga (shakl berish, tekshirish, yig'ish) sarflangan vaqt unumli xisoblanadi; uzluksiz ishlaydigan xizmat muddati cheksiz bo‘lgan va absolyut ishonchli mashina ideal mashina sanaladi; istalgan maxsulotni ishlab - chiqarish, ishlab - chiqarish vositalarini yaratish va ularni ishga yaroqli xolatda saqlab turish maksadida jonsiz mexnat xamda texnologiya jixozga xizmat kursatish uchun jonli mexnat sarflanishi lozim. Turli texnologik vazifalarni bajaradigan avtomatlar, avtomat liniyalar avtomatlashtirishning yagona asosiga ega; bu ma'lum maqsadga mo‘ljallangan mexanizmlar va boshqa sistemalarining umumiyligida unumdorligi, ishonchli iqtisodiy samaradorlikning umumiy qonuniyatlarida agregatlashning agressivligini baholashning ishlov berish rejimlarni tanlashning yagona metodlarida namoyon bo'ladi. Mexnat unumdorligi oshirish yangi texnikani uni joriy qilishning iqtisodiy samaradorligini va maqsadga muvofiqligini baxolash mezonidir. Mexnat unumdorligini turli yo‘llar bilan oshirish mumkin buning uchun: zamonaviy avtomatlashtirish vositalaridan foydalanish hisobiga, shunda yetakchi ishchilar soni keskin kamayadi; jixozning ish unumini keskin oshirish evaziga, bu eng keng tarqalgan va ilg'or usuldir; ishlab chiqarish texnologiyasini o'zgartirmasdan, yangi jixozga mablag' sarflamasdan, mexnatni tashkil etish xisobiga; jixozning narxini arzonlashtirish, agregat stanoksozlikni yirik seriyalab va potok usulda ishlab chiqarishni rivojlantirish, avtomatlashtirishning tipaviy vositalarini aratish evaziga. Bular xalq xo'jaligining istalgan tarmog'ini mexanizatsiyalashtirishda asos qilib olinadi. Mashinasozlikni avtomatlashtirish mumkinligini metall kesish jixozlari parki belgilab beradi. Mashinasozlikda metall kesish stanoklarining eng keng qo'llangan gruppasi xozircha ko'p bilan boshqariladigan universal stanoklar bo'lib qolmoqda. Bunday stanokda ishchi zamonaviy mashinaning ko'pgina detallarini tayorlash mumkin. Bu stanoklarning asosiy kamchiligi ularning ish unumi past shu sababli ular maxsulotni ko'plab ishlab chiqaradigan korxonalarda kamroq qo'llanadi. Modernizatsiya qilib ularning texnik ko'rsatkichlarini takomillashtirish mumkin. Umuman mashinasozlikning saviyasi birinchi navbatda dastgoxlarning takomillashtirish darajasiga bogl'iq. Ishlab chiqarishda bir xildagi buyumlarni juda ko‘p miqdorda ishlab chiqaradigan dastgoxlarning ikkinchi gruppasiga universal yarim avtomat va avtmotlar kiradi. Avtomatlashtirish darajasi yuqori bo'lganidan ularning ish unumi yuqoridir. Masalan bitta zamonaviy ko'p shpindelli tokarlik avtomatida universal tokarlik dastgoxiga qaraganda yigirma marta ko‘p detall tayorlash mumkin. Programma yordamida bajariladigan universal dastgoxlar keng tarqalmoqda ularda oddiy nominklaturadagi markalarni ishlatish mumkin. Ishlash jarayonini programma ko'rinishida beriladi va kuzatuvchi sistemalar xamda matematik qurilmalar yordamida olib boriladi. Biroq asosiy vazifa shunday avtomatlashtirilgan avtomatik liniyalar yaratishdan iboratki, ular bir vaqtning o‘zida ishlaydigan minglab asboblari bo'lgan yuzlab aloxida mashinalarni yuzida mujassamlashtirsin. Elektron texnika ishni kuzatib, to‘g'rilab, tekshirib turadi, asboblarni almashtiradi, mexanizmlar uzellarini rostlaydi, eng maqbul ish rejalarini tanlaydi, xozirgi kunda ko'plab sozlovchi, elektrik, mexanik va injinerlar bajaradigan ishni amalga oshiradi. Agar mexnat predmeti ustida bajaradilgan jarayon ko'p marta takrorlansa, avtomat qurilmadan foydalanish tavsiya etiladi. Ishlab chiqarish ob'ekti tez-tez almashtirib turadigan va jixoz ishini qaytadan sozlash uchun zarur bo'lgan xollarda avtomatik boshqarish sistemasi kiritiladi. Zagotovkalarni o‘rnatish va maxkamlashda mexanik, gidravlik, pnevmatik, elektr va magnit yuritmalaridan foydalaniladi. Mexanik yuritmalar, odatda vintli, eksentrikli, kulachokli va boshka qisimlardan loyixalangan. Gidravlik yuritmalar 5-6 MPa bosim ostida moy uzatiladigan gidro tarmoqdan ishlaydi. Pnevmatik yuritmalarda 0,7-0,9 MPa bosimli sikilgan xavodan foydalaniladi. Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishga o‘tilish uchun avtomatik rostlash va boshqarishning amaliy sistemasi ishlab chiqilishida, mexanik-ixtirochi I.I.Polzunov (1728-1766 y.) bevosita ishlaydigan avtomatik regulyatorni jaxonda birinchi bo‘lib yaratdi va uni o‘zining universal issiqlik mashinasida qo‘lladi. Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishning muxim vositalari elektr- avtomatika elementlaridir. Bunday elementlarni birinchi bo‘lib 1830 yilda rus olimi va ixtirochisi P.L.Shiling (1786-1837 y.) ixtiro qilgan edi. Bu magnitoelektrik rele edi. Shu davrda metallarga ishlov beradigan mashina va mexanizmlarning dastlabki konstruksiyalari ham yaratildi. Rossiya dastgoxsozlikning, avtomatlashtirish texnik vositalari asosining vatanidir. A.K.Nartov jaxonda birinchi bo‘lib avtomat dastgoxlarning asosiy elementlari-mexanik keskich tutkich, o‘ziyurar support va kopirlash (andazalash) qurilmalarini ishlab chiqdi va amalda ko‘lladi. A.K.Nartov yaratgan support kesuvchi asbobni mexanik tarzda maxkamlashga o‘tishga imkon tug‘dirdi. Texnologik jarayonlarini inson ishtirokisiz amalga oshirishga va ularni boshqarishga imkom beradiga texnik va tashkili chora-tadbirlar kompleksi avtomatlashtirish deyiladi. Avtomatlashtirish uchun ma'lum sikl bo‘yicha ishlaydigan yarimavtomat va avtomatlardan foydalanish o‘ziga xosdir. Mashinosozlik korxonalari o‘z xarakteriga ko‘ra ko‘plab, seriyalab, donalab ishlab chiqaradigan turlarga bo‘linadi. Bular ham o‘z navbatida maydaroq turlarga bo‘linadi (N: mayda seriyalab, o‘rtacha seriyalab, yirik seriyalab ishlab chiqaradigan korxonalar). Avtomatlashtirishning yanada rivojlanishda rotorli avtomat tizimlar yaratilishi katta rol o‘ynaydi. Ulardan foydalanish instruksiyasi jixatidan bir-birga o‘xshash mashinalardan iborat bitta liniyada shtamplash va kesish, koplama xosil qilish va tekshirish, markalash va qadoqlash kabi operatsiyalarni bajarishga imkon beradi. Ishlab-chiqarishni avtomatlashtirish tadbirlari mamlakatimizda ishchi resurslari muammosini ijobiy xal etishga imkoniyat yaratadi. Texnikaviy taraqqiyot rivojlangan sari takomillashtirilgan, yuqori aniqlikka ega bo‘lgan mashinalarni ishlab chiqarish hamda ulardan samarali foydalanish uchun chuqur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlashni vaqt taqozo etmoqda. Mashinasozlik ishlab chiqarishining rivojlanib borishi natijasida yangi texnikaviy fan - «Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish» fani paydo bo‘ldi. «Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish» belgilangan muddatda, ishlab chiqarish dasturi asosida aniqlangan miqdorda, kam mehnat sarf qilgan holda va tannarxi arzon bo‘lgan sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish to‘g‘risidagi fandir. Mashinasozlikda ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish fani eng yosh fan bo‘lishiga qaramay, u juda tez rivojlanmoqda. Bunga sabab yangi texnika va sanoat ishlab-chiqarishining takomillashib borayotganligidir. Shuning uchun ham mashinasozlik texnologiyasi uzluksiz ravishda rivojlanib boradi va uning mazmuni yangiliklar bilan birga boyitila boradi. Mamlakatimizning shu sohadagi yetakchi olimlari, jumladan, t.f.d., professorlar J.E. Aliqulov, L.V. Peregudov, R.G. Mahkamov va A. Mirzayevlar mashinasozlikning rivojlanishiga munosib hissa qo‘shib kelishmoqda. Mashinasozlikda ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish - asosiy kasbiy fan hisoblanib, shu sohadagi mutaxassislarni tayyorlashda konstruktorlik, texnologik va mexanik - yig‘uv ishlab chiqarish faoliyatida zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishda asos bo‘ladi. Mashinasozlikda ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish xalq xo‘jaligida keng joriy etish mamlakatimiz asosiy iqtisodiy vazifasini xal qilishning, asosiy shartidir. Jaxon texnikasining va xususan avtomatlashtirish vositalarining rivojlanishida ko‘p olimlar o‘z xissalarini qo‘shdilar. Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishning muxim vositalari elektr- avtomatika elementlaridir. Mashinasozlik ishlab chiqarishida, ishlab chiqarish jarayonlarni kompleks avtomatlashtirishda avtomatlashtirish vositalari va boshqarish sistemalarni keng joriy qilishga asos solindi. Texnik kibernetika, avtomatika, rotorli texnologiyalar jadal rivojlanmoqda. Ular mehnat unumdorligini keskin oshirish bilan birga maxsulot sifatini ancha yaxshilashga imkom yaratadi. Bugungi kunda avtomatlashtirish fan-texnika taraqqiyotining muxim tarkibiy kismidir. Kompleks avtomatlashtirish yo'nalishlari ishlab chiqarish tipini belgilab beradi. Chunonchi, maxsulotni ko‘plab ishlab chiqarishda asosan avtomatik potok liniyalar va rotorli texnologiyalardan foydalanadi. Turlari tez-tez o‘zgarib turadigan buyumlarni kichik seriyalar ishlab-chiqarish uchun kompleks avtomatlashtirish asosiy yo'nalishi moslashuvchan ishlab-chiqarish sistemalari ya'ni yangi maxsulot ishlab-chiqarishga avtomatik ravishda tez qayta sozlanadigan sistemalardir. Xar qanday maxsulotni odam ishtirokida universal avtomatlashmagan dastgoxlarda, hammaga ma'lum bo‘lgan uslublarda olinishi mumkin. Mashinasozlikni avtomatlashtirishda albatta zarur bo‘lgan va ba'zan juda katta sarf xarajatlar va vaqt talab qilinadigan konstruktorlik-texnologik masalalar hal qilinadi. Bunda ishlab chiqarilayotgan maxsulot sifati va unumdorlikni oshirish, xizmat ko‘rsatadigan ishchilar sonini kamaytirish asosiy vazifa deb olinadi. Yuqoridagi omillar xisobiga avtomatlashtirishga ketgan sarf xarakatlar tez qoplanadi va iqtisodiy samara olinadi. «Avtomat» tarzda ishlashi mo‘ljallangan texnologik mashina va jixozlarni ishonchliligi, ularni yaxshi qo‘llanishini aniqlaydigan omildir. Agar ishonchlilik ko‘rsatgichi past bo‘lsa, murakkab «avtomatik» dastgoxlar unumdorligi, avtomatlashmagan dastgoxlardan kam bo‘lib qolishi mumkin, ishchilar soni ham kamaymasligi mumkin. Shu sababli texnologik mashina va jixozlarni avtomatlashtirish berilgan yoki talab qilingan sharoit uchun avtomatlashtirishni maqbul darajasini aniqlash «avtomatik» mashinani yoki mashinalar tizimini eng maqbul variantini tanlash yoki loyixalash masalasi muhimdir. Avtomatika fani dinamik sistemalarda mavjud bo‘ladigan bog‘lanishlar va avtomatik boshqarishlarning umumiy qonunlarini o‘rganadigan fanlarning texnikaga oid tarmog‘i bo‘lib, avtomatik sistemalar nazariyasini, ularni hisoblash va qurish prinsiplarini o‘z ichiga oladi; texnologik protsesslarni avtomatlashtirish uchun xizmat qiladigan amaliy fan hisoblanadi. Avtomatika va avtomatlashtirish kursi avtomatik sistemalar nazariyasi va ularni tuzish usullari, avtomatik boshqarish va rostlash prinsiplarini, texnologik parametrlarni o‘lchash, avtomatik kontrol, himoya va signallash sistemalarining ilmiy prinsiplari va xarakteristikalarini, shuningdek, ularni tuzish uchun qo‘llaniladigan texnik vositalar - avtomatika elementlarining tuzilishi, xususiyatlari va qo‘llanilishini o‘rganadi. Respublikamiz xalq xo‘jaligi tarmoqlarida olib borilayotgan iqtisodiy islohatlarning pirovard natijada ijobiy samara berishi soha korxonalarida ishlab chiqarish unumdorligini oshirish, sifat ko‘rsatkichlari, bezarar faoliyat yuritishga bo‘lgan munosabat bilan belgilanadi. O‘z navbatida ushbu maqsadlarga erishish korxonalarda texnologik jarayonlarni kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishni keng joriy etishni talab etadi. Avtomatika vositalari insonni to‘liq eki qisman jismoniy mehnatdan, texnologik jarayonlarni va mashinalarni bevosita boshqarishdan ozod etibgina qolmay, balki ishlab chiqarish unumdorligini oshirish, ishlarning sifatli va xavfsiz bo‘lishligini ta'minlaydi. Bundan tashqari mutaxasislar (bakalavrlar) nafaqat ko‘plab konstruksiya va texnologik jarayonlarni bilishi, balki avtomatlashtirishni umumiy qonuniyatlarini, unumdorlik, ishonchlilik nazariyalari va iqtisodiy samaradorlikni nazariy asoslaridan foydalangan holda avtomat va avtomat liniyalarni analiz va sintez qilishni bilishlari maqsadga muvofiqdir. ISHLAB CHIQARISHDA AVTOMATLASHTIRISHNING QO‘LLANISHI. Zamonaviy mashinasozlik ishlab chiqarish jarayoni mashina, uzellar apparatlar va jixozlarni ishlab chiqarish bo‘yicha olib boriladigan ishlar kompleksidan iboratdir. Mashinasozlik korxonasi ishlab chiqarishni hamma elementlarini uzluksiz ishlashini ta'minlaydi va asosiy 3 ta faza (zagotovkalar tayyorlash, mexanik ishlov berish va yig‘ish) dan iborat. Ishlab chiqarish jarayonida mexanik ishlov berish bilan mexanika tsexlarida zagotovkadan kerakli konfiguratsiya aniqlik va tozalikka ega bo‘lgan detallar ishlab chiqariladi. Mexanik ishlov berish jarayoni juda xilma-xil bo‘lib ko‘plab stanoklarda, potokli yoki avtomat liniyalarda olib boriladi. Aloxida mexanik ishlov berish operatsiyalari oralig‘ida maxsus termik tsexlarda termik ishlov berilishi mumkin. Bundan tashqari yig‘uv tsexida, barcha tayyor detal va uzellar yig‘iladi, nazoratdan va sinovdan o‘tkaziladi so‘ngra konservatsiya qilinadi. Bunda ayrim detal, uzel va mexanizmlar boshqa korxonalarda tayyorlanib kelinishi mumkin. Zagotovkalar tayyorlash, quyish, temirchilik va boshqa tsexlarda amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish jarayonini normal ishlashini ta'minlash uchun yuqoridagi asosiy tsexlardan tashqari qator ta'mirlash, asbobsozlik va boshqa yordamchi tsexlar bo‘lishi mumkin. Ishlab chiqarish jarayonini usluksiz ta'mirlash uchun zagotovka, yarim fabrikat va tayyor maxsulotlarni tashish va saqlash tizimlar mavjud. Xozirgi zamon mashinasozlikda ishlab chiqarish jarayonini hamma qismida avtomatlashtirishni keng qo‘llash amalga oshirilmoqda. Yaqin vaqtlargacha mashinasozlikda avtomatlashtirishning asosiy yo‘nalishi mexanik ishlov berish texnologik jarayonini avtomatlashtirish: tokarlik, jilvirlash, frezerlik avtomat, yarimavtomatlar, agregat dastgoxlar va ular asosida avtomat liniyalar tashkil qilish bilan bog‘liq bo‘ladi. Bunday yo‘nalish avtomatlashtirilgan bo‘lim va tsexlar tuzilishiga va ishlab chiqarishda ishlayotgan ishchilar sonini qisqarishiga olib keladi. Keyingi yillarda yangi uslub va vositalarni ko‘payishi nazorat va yig‘ish jarayonlarini avtomatlashtirish, nazorat va yig‘uv avtomat xamda avtomat liniyalari qurilishiga olib keladi. Bunday jarayonlarni avtomatlashtirish ishlab chiqarilayotgan maxsulot sifatini oshishiga va nazorat va yig‘ishda ishtirok etadigan ko‘plab ishlarni ish xaqini tejashga olib keladi. Zagotovkalar tayyorlashni avtomatlashtirish, quyish va tamirlash tsexlarida nafaqat mexnat sarfini kamaytiradi, balki issiq tsexlardagi og‘ir mexnat sharoitini yaxshilaydi. Raqamli dastur bilan boshqariladigan dastgoxlar va ko‘p vazifali dastgoxlarni ishlab chiqarishga qo‘llanishi, ular asosida moslanuvchan ishlab chiqarish modullarini tashkil qilinishiga, ya'ni bozor iqtisodi talablariga mos keladigan moslanuvchan avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishga olib keladi. Xozirda moslanuvchan ishlab chiqarish modullarini 3-chi smenada odamsiz ishlashini ta'minlash odamsiz texnologiya masalasi qo‘yilmoqda. Tsexlar va bo‘limlar o‘rtasida maxsulotni tashish uchun xar xil konveyrlar, avtomatik boshqariladigan magnit yostiqchalarda yuradigan tashish avarachalari keng qo‘llaniladi. MAVZU BO'YICHA NAZORAT SAVOLLARI: Nima sababdan seriyalab ishlab chiqarishga katta e'tibor beriladi? Mashinasozlik korxonasi qanday qismlardan iborat bo‘ladi? Mexanik ishlov berish tsexlarida qanday ishlar bajariladi? Hozirda ishlab chiqarishni qaysi bo‘limida avtomatlashtirish keng qo‘llanilgan? Avtomatlashtirish yordamida qanday yutuqlarga erishiladi? Raqamli dasturda boshqariladigan dastgohlar nima sababdan keng qo‘llanilmoqda? «Odamsiz texnologiya» deganda nimani tushunasiz? Download 48.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling