Invertori elektr xisobi


Download 0.7 Mb.
bet9/11
Sana04.05.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1424717
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Invertorlar

E
E


- -

      1. б)






в)
3.2– rasm. Avtonom invertor kuch sxemalaridagi ishchi tiristorlarning sig‘imli (a) va tebranma konturli (b) sun’iy kommutatsiya sxemalari hamda ularning
kuchlanish diagrammalari (v)
Hozirda kichik va o‘rta quvvatli kuch tiristorlarning to‘liq boshqariluvchi turlari yaratilganligi sababli ularni ochish va yopish amallarini avtongom invertorlarning boshqaruv tizimlarida bajariladi va bu esa ularning kuchsxemalarini yanada soddalashtirishga hamda avtonom invertorlarning ishonchli ishlash darajasini oshiradi..
3.2– rasmda tasvirlangan avtonom invertorning uch fazali ko‘prik sxemali eng sodda sxemalaridan bo‘lib, parallel tok avtonom invertori, deb yuritiladi. Kondensatorlar S1, S2, S3, lar asinxron motor fazalariga parallel ulanib, kommutatsiya funksiyasini bajarish bilan bir qatorda motoriste’mol qilayotgan reaktiv quvvat o‘rnini to‘ldirish vazifasini ham bajaradi. Bunday invertorlar yuklanish momenti deyarli o‘zgarmaydigan va chastota rostlash diapozoni uncha katta bo‘lmagan asinxron elektr yuritmalarda qo‘llaniladi. Bu invertorning eng katta kamchiligi chastotaning kichik qiymatlarida (10 Gs va undan kichik) kondensatorlarning sig‘imi juda katta qiymatga ega bo‘lishi zarurligidir. Bundan tashqari asinxron motorga kondensatorlarning parallel ulanishi elektr yuritmada yo‘qotishi qiyin bo‘ladigan avtotebranishlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Bu sxemaning takomillashgan varianti (3.5 – rasm) kondensatorlar asinxron motor stator chulg‘amidan D1 – D6 diodlar orqali ajratilgan. Kondensatorlar orqali kommutatsiya vaqtidagina tok o‘tib, boshqa paytda ulardan tok o‘tmaydi. Bu esa kondensator sig‘imlarining chastota o‘zgarishidan qat’iy nazar anchagina kamaytirish imkonini beradi. Ammo kommutatsiya jarayonida asinxron motorning stator chulg‘amidagi yig‘ilgan energiyaning kondesatorlariga uzatilishi, kondensatorlarda kuchlanishning o‘sishiga olib keladi. Shuning uchun kondensatorlarning sig‘imini shunday tanlashi keraki, bir tomondan bu kuchlanish o‘sishini ruxsat etilgan qiymatidan oshmasligi, ikkinchidan esa kondensatorlarning qayta zaryadlash jarayoni uzayib ketmasligi kerak.

3.3– rasm. Parallel tok avtonom invertori sxemasi

3.6 – rasmdagi kuchlanish avtonom invertorining 3.5 – rasmdagi tok invertoridan farqi shundaki bu sxemaga teskari ulangan D7 – D12 diodlarning ko‘prik sxemasi va kompensatsiyalovchi kondensator S ulangan. Bu sxemadagi kondensatorlar faqat kommutatsiya jarayonida ishlaydi. Shuning uchun ularning sig‘imlari yanada ham kam bo‘ladi. L1 va L2 reaktorlarning vazifasi


kondensatorlarning teskari ulangan diodlari orqali tez qayta zaryadlanishiga yo‘l qo‘ymaslikdir.

3.5 va 3.6 – rasmlarda keltirilgan invertorlarda bir fazadagi tiristorlarning o‘chirilishi ikkinchi fazadagi tiristorlarning esa yoqilishi bilan xarakterlangani uchun bunday invertorlarni fazalararo kommutatsiyali invertorlar deb ataladi.



Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling