Xalqaro moliya korporatsiyasi qachon va nima maqsadda tashkil etilgan?
1956 yil, rivojlanayotgan mamlakatlar xususiy sektorini qo‘llab-quvvatlash
Markazlashtirilgan qo’yilmalar nimalarni o’z ichiga oladi?
Davlat budjeti va maqsadli jamg’armalar mablag’lari, hukumat kafolati ostidagi chet el investitsiyalari va kreditlari
Investitsiyalarni moliyalashtirishda korxonaning o’z mablag’lari tarkibiga qanday manbalar kiradi?
Amortizatsiya ajratmalari; maxsus zaxira fondlari; sof foyda
Investitsion loyihani moliyalashtirishning qarzga olingan manbasi qaysi javobda ko’rsatilgan?
Obligatsiya, budjetdan tashqari fondlardan olingan kreditlar, bank kreditlari
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki qachon va nima maqsadda tashkil etilgan?
1944 yil, a’zo-mamlakatlar iqtisodiyotini qayta tiklashga va rivojlanishiga kapital qo‘yilmalar berish
Qaysi xalqaro moliyaviy tashkilotning asosiy maqsadi a‘zo mamlakatlar valyuta-moliya siyosatini muvofiqlashtirish hisoblanadi?
Xalqaro valyuta jamg’armasi
Markazlashtirilmagan kapital qo’yilmalar nimalarni o’z ichiga oladi?
Korxonalar va aholi mablag’lari, to’g’ridan – to’g’ri xorijiy investitsiyalar
Quyida keltirilganlardan qaysi biri loyihalarni o’z mablag’lari evaziga moliyalashtirish manbasi bo’la olmaydi?
Uzoq muddatli kreditlar
Qaysi xalqaro moliyaviy tashkilot investorlarni sug‘urtalash xizmatlarini taklif etadi?
Investitsiyalarni kafolatlash bo’yicha ko’p tomonlama agentlik
Qaysi xalqaro moliyaviy tashkilot investorlar va mamlakatlar o‘rtasida yuzaga kelgan nizolarni tartibga soladi?
Investitsion da’volarni tartibga soluvchi xalqaro markaz
Korxona kreditga layoqatliligining asosiy ko’rsatkichlari qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
Qoplash koeffitsiyenti, likvidlilik koeffitsiyenti, mustaqillik koeffitsiyenti
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki qachon va nima maqsadda tashkil etilgan?
1991 yil, Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlariga bozor iqtisodiyotiga o‘tish bo‘yicha islohotlarni o‘tkazish
Do'stlaringiz bilan baham: |