4.6-jadval.
Diskontlashtirilgan qoplash muddatini hisoblash.
T/R
|
Ko‘rsatkichlar
|
0
|
1 yil
|
2 yil
|
3 yil
|
4 yil
|
1
|
Tushumlar, mln so‘mda.
|
|
35
|
60
|
80
|
100
|
2
|
Diskontlashtirilgan tushumlar, mln. so‘mda.
|
|
17,5
|
15
|
10
|
6,25
|
3
|
To‘lovlar (boshlang‘ich investitsiyalar)
|
40
|
|
|
|
|
4
|
Qoplash muddati (RR)
|
|
|
1,08 y
|
|
|
5
|
Diskontlashtirilgan qoplash muddati (DPP)
|
|
|
|
2,75 y
|
|
Jadval maʼlumotlaridan ko‘rinib turibdiki, investitsiyalarning qoplash muddati 1,08 yilni, diskontlashtirilgan qoplash muddati esa 2,73 yilni tashkil yetadi. Ularning hisoblanishi quyidagi ko‘rinishga yega:
yoki 1yilu 1oy.
yoki 2yilu 9oy 3kun
Ko‘rib o‘tgan yuqoridagi misolga asosan shunday xulosa qilish mumkinki, investitsiyalarning diskontlashtirilgan qoplash muddati ularning diskontlashtirilmagan qoplash muddatiga qaraganda biroz o‘zoq vaqtni, yaʼni 2 yilu 9 oy 3 kunni tashkil yetdi. Bu esa investisiyalarning diskontlashtirilgan qoplash muddatining kelgusi pul tushumlari va investitsiyalarning joriy qiymatini hisobga olishi bilan izohlanadi. Demak, investitsiyalarning qoplash muddati bo‘yicha hisoblash usuli qilingan investitsiyalarning joriy (real) qiymati bo‘yicha to‘liq qoplanish muddatini tavsiflab beradi va shu jihatdan u investitsiyalarning qoplash muddati usulidan farqli ravishda afzalroq hisoblanadi.
SHuni qayd etish joizki, investitsiyalarni diskontlashtirilgan qoplash muddati ko‘rsatkichi, ularning sof joriy qiymatda to‘liq qoplanishining aniq davrini tavsiflab beradi. Kamchiligi esa, qilingan investitsiya qoplangandan so‘ng uning samaradorligini ko‘rsatib bera olmaydi va uni loyihaning foydaliligini aniqlashda qo‘llab bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |