Investisiya” fanidan maʼruzalar to‘plami Camarkand 2016


Loyiha ishtirokchilari riski


Download 0.5 Mb.
bet71/87
Sana10.11.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1764469
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   87
Bog'liq
O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi-www.fayllar.org

Loyiha ishtirokchilari riski - bu ishtirokchilarning loyiha faoliyati doirasida o‘z majburiyatlarini anglagan holda yoki majburiy tarzda bajarmaslik riski. Birgina loyiha ishtirokchisining o‘z majburiyatlarini bajarmasligi, boshqa ishtirokchilarning o‘z majburiyatlarini bajara olmasligiga olib kelishi, natijada loyiha barbod bo‘lishi mumkin. Loyiha ishtirokchilari riskiga quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin: ishtirokchilarning vijdonsizligi; ularning professionallik darajasi, moliyaviy holatining barqaror yemasligi, ishtirokchilarni turli risklardan etarlicha sug‘urtalanmaganligi va boshqa loyiha faoliyatining bir qator risklari loyiha ishtirokchilarining riskidan kelib chiqadi. Masalan, loyiha smeta qiymatining oshishi riski qurilish tashkilotining vijdonsizligi natijasida ro‘y berishi mumkin. Ish sifatining pastligi riski, ko‘p hollarda, tanlangan pudratchi va boshqa ishtirokchilarning etarli tajribaga yega yemasligi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Loyiha smeta qiymatining oshish riskiga quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin: loyihalash jarayonidagi xatolar, pudratchining resurslardan samarali foydalanishni taʼminlay olmasligi, loyihani amalga oshirish shartlarini o‘zgarishi.
Qurilishni o‘z vaqtida tugallanmaslik riskiga quyidagilar taʼsir ko‘rsatadi: loyihalashdagi xatolar, pudratchi majburiyatining bajarilmasligi; tashqi shart-sharoitlarning o‘zgarishi. Ishni tugatishning cho‘zilib ketishi natijasida qo‘shimcha xarajatlar kelib chiqadi: kredit bo‘yicha qo‘shimcha foizlarni hisoblash, narxlarning inflyasiya natijasida o‘sishi oqibatida ish va material qiymatining oshishi kabi qo‘shimcha xarajatlarni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, bu risk natijasida kelgusidagi obʼektga xom ashyo etkazib beruvchilar bilan va kelgusidagi loyiha mahsuloti isteʼmolchilari bilan shartnomaviy munosabatlar to‘xtashi mumkin.
Ish va obʼekt sifatining pastligi riski pudratchilar majburiyatining bo‘zilishi, loyihalashtirishdagi xatolar va boshqalar natijasida kelib chiqishi mumkin. Obʼekt sifatining pastligi natijasida loyiha bo‘yicha qo‘shimcha investitsion xarajatlar qilinishi kerak bo‘ladi. Bu xarajatlar kamchiliklarni to‘zatishga sarflanishi mumkin. Agar kamchilik saqlanib qoladigan bo‘lsa, loyiha mahsulotini ishlab chiqarishga qo‘shimcha xarajatlar qilish kerak bo‘ladi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling