Investisiya” fanidan maʼruzalar to‘plami Camarkand 2016


Yuqorida ko‘rib o‘tilgan riskni


Download 0.5 Mb.
bet76/87
Sana10.11.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1764469
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   87
Bog'liq
O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi-www.fayllar.org

Yuqorida ko‘rib o‘tilgan riskni boshqarish bosqichlari va riskni baholash usullari yordamida risk sababli bo‘ladigan yo‘qotishlarni pasaytirish, ular bilan bog‘liq ko‘ngilsiz oqibatlarni kamaytirish quyidagi usullari qo‘llaniladi.
Loyihalarni moliyalashtirishda riskni taqsimlash usullari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: kafolatlar; xarid haqidagi forvard kelishuv; ishlab chiqarish to‘lovlari; xejlashtirish, sug‘urta va svoplar.
Odatda, kafolat beruvchi tomonlar sifatida yoki loyiha yegalari-homiylar yoki manfaatdor tomonlar bo‘lishi mumkin.
Loyiha yegalari-homiylar. Davlat, sho‘ʼba korxonalarini nazorat qiladigan kompaniyalar, qo‘shma korxonalardagi ichki va tashqi investorlar va boshqa yegalar-homiylar loyihani ishlab chiquvchi kompaniya qarzining kafolatini berishlari mumkin. Agar kompaniya loyihani o‘z hisobidan moliyalashtirish uchun kapitali etishmasa yoki etarli tajribaga yega bo‘lmasa, kreditorlar, odatda, ushbu shakldagi kafolatni talab qiladilar.
Manfaatdor tomonlar. Bu juda muhim guruhga quyidagilar kiradi:
  • Uskuna va materiallarni sotuvchilar. Loyiha uchun uskuna va materiallarni sotishda, zavodni yoki uskunani ijaraga berishda manfaatdor tomonlar kafolat berishga tayyor bo‘ladilar. Masalan, o‘zida ortiqcha uskunaga yega bo‘lgan kompaniya, shu uskunaga muhtoj loyihani kafolatlashi mumkin.


  • Xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlarni etkazib beruvchilar. Mol etkazib beruvchilar loyiha tugagandan keyin o‘zlarini bozor bilan taʼminlash uchun kafolat berishlari mumkin. Ular loyihani amalga oshish mobaynida yaratilgan yangi quvvatlarda foydalanishdan yutishlari ham mumkin.


  • Loyihaning yakuniy mahsulotidan foydalanuvchilar. Bular kafolat berishlari va hatto bevosita moliyalashtirishlari mumkin. Barqaror mol etkazib berilishidan manfaatdor aniq bir xom ashyo isteʼmolchilarini misol qilib keltirish mumkin.


  • Qurilish tashkilotlari. Loyihada ishtirok yetadigan pudratchilar, odatda qurilish bilan bog‘liq ishlarni bajaradilar va kelgusida buyurtma qabul qilish maqsadida kafolat berishga tayyor bo‘ladilar.


  • Milliy hukumat va xalqaro agentliklar. Bu tashkilotlar mamlakatning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy talablari bilan qiziqadilar. Hukumat kafolatlari, loyihaning boshqa ishtirokchilari qoplay olmaydigan risklarni qoplash uchun juda zarur va shu sababli, moliyalashtirishning yutug‘i uchun hayotiy jihatdan muhimdir.


  • Boshqa tomonlar. Ko‘p hollarda, yuqorida sanalganlardan tashqari, loyiha qurilishidan aniq bir daromad oladigan boshqa tomonlar ham bo‘ladi va ular kafolat berishga tayyor bo‘ladilar. Masalan, loyiha bilan bir qatorda amal qilayotgan kompaniya loyiha amaliyotida rivojlangan infratuzilmadan yutishi mumkin, shuningdek loyiha amalga oshishi natijasida milliy iqtisodiyotni rivojlanishidan ham yutishi mumkin.


Riskni taqsimlashda kafolat eng ahamiyatli usul, lekin bundan boshqa usullar ham bor. Ko‘p hollarda xarid haqidagi forvard kelishuv va ishlab chiqarish to‘lovlari qo‘llaniladi.



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling