Investisiya” fanidan maʼruzalar to‘plami Camarkand 2016


Jalb etilgan mablag‘lar evaziga investitsiya faoliyatini moliyalashtirish


Download 0.5 Mb.
bet44/87
Sana10.11.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1764469
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   87
Bog'liq
O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi-www.fayllar.org

Jalb etilgan mablag‘lar evaziga investitsiya faoliyatini moliyalashtirish.

Keng maʼnoda xar qanday biznesni tashkil qilish, boshqarishning xar qanday shaklini o‘z ichiga oluvchi ijtimoiy iqtisodiy tizimning izohi o‘zida boshqarishladigan tizim yeelementlariga boshqaruvchi tizim yelementlarini maqsadli yunaltirilgan, tizimli va o‘zluksiz taʼsir etish jarayonidir.


Moliyani boshqarishni shakllantiruvchi tashkiliy - tuzilmaviy apparatga moliyaviy apparat deyiladi. Moliya tizimining barcha soha va bug‘inlarida, maqsad qilingan natijaga erishish uchun moliyaviy boshqaruv subʼektlaridan o‘z yo‘nalishlari buyicha samarali foydalaniladi. Biroq, ular uchun moliyaviy boshqaruvning umumiy uslub va qoidalari mavjuddir. Jumladan, moliyani boshqarishda bir nechta umumiy xususiyatga ega bulgan funksional elementlar mavjud:
1. Rejalashtirish;
2. Operativ boshqarish;
3. Nazorat.
Moliyani boshqarish funksional yelementlari ichida asosiy o‘rinni rejalashtirish tashkil qiladi. SHunki aynan rejalashtirishda subʼekt xar tomonlama o‘zining moliyaviy xolatini baholay oladi, yaʼni moliyaviy resurslarning qanday xolatdaligi, qanday ko‘rsatkichlar moliyaviy resurslardan ustivor ahamiyatga molik bulgan yunalishlarda foydalanilishi va x.k.
Operativ boshqarish bu - minimal xarajat qilib maksimal samaraga yerishish va moliyaviy resurslarni yuqori samara olish uchun qayta taqsimlashga qaratilgan kompleks ishlar yigindisidir. Operativ boshqarish yegiluvchanlik xususiyatiga yegadir.
Nazorat – boshqaruv yelementi sifatida bir vatning o‘zida moliyani rejalashtirishda hamda operativ boshqarishda qullaniladi. Nazorat xaqiqiy natija bilan rejadagi ko‘rsatkichlarni taqqoslashga yordam beradi, moliyaviy resurslarni ustirish yullarini ko‘rsatadi va ulardan samarali xo‘jalik yuritish yullarini ko‘rsatib beradi.
Moliyaviy boshqarishda strategik va operativ boshqarish bir biridan farq qiladi. Strategik boshqarish maqsadli dasturlarni reavlizatsiya qilishda moliyaviy resurslar xajmini aniqlash, istiqboldagi moliyaviy bashorat qilish orqali moliyaviy resurslarni aniqlashni o‘zida aks yettiradi.
Moliyani boshqarish shartli xolatda umumiy boshqaruv va operativ boshqaruv guruxlariga bulinadi. Moliyani umumiy boshqaruv subʼektlariga: O‘zbekiston respublikasi Oliy majlisi, Vazirlar Maxkamasi va Prezident devoni tashkil yetadi. Moliya operativ boshqaruv subʼektlariga: Moliya vazirligi, Davlat soliq qumitasi va ularning joylardagi bulinmalari, sug‘urta tashkilotlari, xo‘jalik subʼektlarining moliya bulim (xizmat) lari tashkil yetadi.
Operativ boshqarish moliya tizimi apparatining bosh vazifasi hisoblanib: Moliya vazirligi, mahalliy moliyaviy boshqarish organlari, korxonalarning moliyaviy xizmat tizimlari kiritiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyani boshqarishni ilmiy asoslangan xolda, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning tajribasidan hamda respublika ichidagi xususiyatlarni hisobga olib tashkil qilinsa maqsadga muvofiq buladi.
Moliyani boshqarishni tugri tashkil qilish ulardan samarali foydalanishni belgilab beradi. Birinchi navbatda, moliyani boshqarish subʼektlari tomonidan ishni qay yusinda tashkil qilinganligi operativ boshqaruv organlari faoliyatiga bevosita taʼsir qiladi. SHunga tayangan xolda moliyaviy apparatning mavkei ancha yuqori bulishi shart. Aks xolda moliyaviy tuzilma ishchilarning malakasi va mutaxasisligiga bulgan yuqori talabni amalga oshira olmaydi va natijada moliyani boshqarishda oqsoqlikka yuz tutadi.
Moliyani boshqarishni qayta kurishning markaziy bug‘inlaridan bulib mahalliy - xududiy subʼektlarning erkin moliya siyosatini yurgizishni taʼminlashdir. 2003 yilda maxalliy budjetlar daromadi davlat daromadining qariyib 60%dan yuqorisini tashkil qilmoqda. Mazkur ko‘rsatkich moliyani boshqarishdagi ilk ijobiy natijalar nishonasidir.
Moliyaviy rejalashtirishning obʼekti bulib xo‘jalik subʼektlari va davlatning moliyaviy faoliyati hisoblanadi. Xar bir xo‘jalik subʼekti moliyaviy rejasini to‘zadi, yaʼni bu alohida muassasaning smeta harajatlaridan tortib to davlatning yig‘ma moliya balansigacha qamrab oladigan muxim jarayondir.
Har qanday moliya rejasida maʼlum bir davrga mo‘ljallangan hamda moliya va kredit tizimi bilan bog‘liq bulgan daromadlar va harajatlar aniqlanadi.
Umuman olganda moliya tizimining barcha soxa va bug‘inlarida, faoliyatidan kelib chiqib, moliyaviy rejalar tuziladi. Masalan: tijorat asosida faoliyat ko‘rsatagtgan xo‘jalik subʼektlari daromadlar va harajatlar balansi, notijorat asosida faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar esa smeta harajatlari ko‘rinishida moliyaviy reja to‘zadi.
Moliyaviy rejalashtirishning aniq vazifalarini moliya siyosati aniqlab beradi. Ular tarkibiga quyidagilar kiradi: rejali topshiriqlarni bajarish uchun zarur bulgan moliyaviy resurslar miqdori va ularning manbalari; harajatlarni iqtisod qilish va daromad rezervlarini oshirishni aniqlash; markazlashgan va markazlashmagan fondlar o‘rtasidagi taqsimlashlarni optimal yullarini qidirib topish va boshqalar.
Bozor iqtisodiyoti moliyaviy rejalashtirishni rad yetmaydi. Ammo, bozor munosabatlari rejali iqtisodigtga qaraganda rejalashtirishni yegiluvchan, yaʼni davr talabiga moslab o‘zgartirib boradi.
Boshqarishning moxiyatini shakllantiruvchi qator yondashuvlar bizga maʼlum bulib boshqarish tizimi yelementlari sifatida rejalashtirish, operativ boshqarish va nazorat tizimlarini yuqorida kurib utdik. Masalan, P.Durker boshqarishning umumiy funksiyalari ketma ketligini: rejalashtirish, nazorat, tashkil qilish, kommunikatsiya, motivatsiya kabi yelementlarini keltiradi.
Moliyaviy rejalashtirish bir nechta uslublarga tayangan xolda amalga oshiriladi. SHulardan asosiylari bulib quyidagilar hisoblanadi:
  • Yekstrapolyasiya usuli;


  • Normativ usuli;


  • Matematik modellashtirish usuli.





Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling