Investisiya” fanidan maʼruzalar to‘plami Camarkand 2016
Download 0.5 Mb.
|
O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi-www.fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- INVESTISIYA”
O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO‘JALIK VA SUV XO‘JALIK VAZIRLIGI SAMARQAND QISHLOQ XO‘JALIK INSTITUTI “BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT” KAFEDRASI “INVESTISIYA” fanidan maʼruzalar to‘plami Camarkand - 2016 MUNDARIJA
KIRISH Investitsiyalar iqtisodiyotning o‘sishini va ishlab chiqarishning rivojlanishini taʼminlovchi muhim omildir. Iqtisodiy islohotlarning samarasi ham oqilona va baquvvat investitsiya siyosatini o‘tkazishga ko‘p jihatdan bog‘likdir. Prezident I.A Karimov taʼkidlaganidek, «Buning uchun ichki sarmoyalarni ham, tashqi kreditlarni ham, bevosita investitsiyalar va ularning barcha manbalarini ham ishga solish zarurdir». Bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish moliyalashtirishning eng taraqqiy etgan zamonaviy shakllaridandir. Maʼlumki, o‘tish iqtisodiyoti sharoitida investitsiyalash sarmoya tuzilmasini bozor iqtisodiyoti talablariga moslashtirish zarurati bilan belgilanadigan o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. O‘zbekistonning tuzilmaviy investitsion siyosati qator vazifalar majmuini hal etishga qaratilgan bo‘lib, ulardan eng muhimlari quyidagilar hisoblanadi: bozor munosabatlariga o‘tish jarayonida mamlakatimizdagi ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab quvvatlash, korxonalarga yordam berish; iqtisodiyotning bir qancha istiqbolli (import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan) tarmoqlarini rivojlantirish; yangi ishlab chiqarishlar va tarmoqlarni yaratish; ishlab chiqarishni tyexnologik qayta qurollantirishni rag‘batlantirish. O‘tkazilayotgan tarkibiy o‘zgarishlar natijasi iqtisodiy hayotimizda tadbirkorlik faoliyati, innovatsion faoliyat, investitsiya faoliyati, lizing faoliyati, auditorlik faoliyati, dilerlik faoliyati kabi yangi faoliyat turlarining vujudga kelshiini taʼminladi. YAngi faoliyat turlaridan biri hisoblangan investitsiya faoliyatining vujudga kelishi shu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi subʼektlarning investitsiya va investitsiya faoliyati bilan bog‘liq iqtisodiy bilimlarni keng egallashlariga sabab bo‘la oldi. Shuningdek, bugungi kunda mazkur iqtisodiy bilimlarni keng, chuqur va mukammal egallashga xizmat qiluvchi investitsiyalarga doir yigirmadan ziyod yangi fanlarning vujudga kelishi respublikamizda iqtisodchi va moliyachi mutaxassislar orasida shu sohaning yangi mutaxassislarining yetishib chiqishiga olib keldi. Tavsiya etilayotgan mazkur maʼruzalar matni esa shu yo‘nalish mutaxassislarining Investitsiya bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtirishga xizmat qiladi. Maʼruzalar matnida investitsiyalar va ularning turlari, tartibga solish usullari va vositalari, investitsiya siyosati, investitsiya dasturini shakllantirish myexanizmi, investitsiya loyihalarining mohiyati, ularni iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyati, risk va inflatsiya sharoitida loyihalar tahlili, investitsiya loyihalarini tyexnik baholash, raqobatbardosh loyihalar tahlili, qarz oluvchilarning moliyaviy faoliyati tahlili hamda loyihalarni amalga oshirish jarayonida olib boriladigan monitoring kabilar yoritilgan. Mazkur maʼruzalar matni “Moliya” va “Buxgalteriya hisobi va audit” yo‘nalishi bakalavrlariga o‘zining malakaviy darajasini, iqtisodiy bilimlarini oshirishni xohlovchi barcha boshqa qiziquvchilarga ham foydali hisoblanadi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling