Investisiya” fanidan maʼruzalar to‘plami Camarkand 2016


O‘zbekiston Respublikasida investitsion faoliyatni quyidagi yo‘llar bilan amalga oshirish mumkin


Download 0.5 Mb.
bet8/87
Sana10.11.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1764469
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   87
Bog'liq
O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi-www.fayllar.org

O‘zbekiston Respublikasida investitsion faoliyatni quyidagi yo‘llar bilan amalga oshirish mumkin:
- yuridik shaxslar tuzish yoki ularning ustav jamg‘armalarida (kapitallarida) ulushli ishtirok etish, shu jumladan mol-mulkni yoki aksiyalarni olish;
- qimmatli-qog‘ozlarni, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan emissiya qilingan qarz majburiyatlarini olish;
- konsessiyalarni, shu jumladan tabiiy resurslarni qidirish, ishlab chiqish, qazib olish yoki ulardan foydalanishga bo‘lgan konsessiyalarni olish;
- mulk huquqini, shu jumladan ular joylashgan er uchastkalari bilan birgalikda savdo va xizmat ko‘rsatish sohalari obʼektlariga, turar joylarga mulk xuquqini, shuningdek, erga hamda boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish (shu jumladan, ijara asosida foydalanish) xuquqini qonun xujjatlariga muvofiq olish.
Tadbirkorlikning mulkchilik turidan qatʼiy nazar investitsiya faoliyati doirasida davlat byudjeti, byudjetdan tashqari fondlar, korxonaning o‘z mablag‘lari, tijorat banklari mablag‘lari va aholi tomonidan joylashtirilgan ulushli mablag‘lar hisobidan to‘g‘ridan- to‘g‘ri moliyalash orqali o‘z faoliyatini amalga oshiradilar.
O‘zbekiston Respublikasi Xukumati kafolati ostida chet el investitsiyalari va kreditlarini jalb etgan holda amalga oshiriladigan investitsiyalar markazlashgan investitsiya hisoblanadi.
Markazlashtirilgan investitsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha qarorlar davlat organlari tomonidan ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishning istiqbolga mo‘ljallangan taxminlari, aniq maqsadga mo‘ljallangan taxminlari, aniq maqsadga mo‘ljallangan ilmiy tyexnik va kompleks davlat dasturlari hamda ana shu investitsiyalarning maqsadga muvofiqligini aniqlovchi tyexnik-iqtisodiy asoslar negizida qabul qilinadi.
Umumdavlat ahamiyatiga molik bo‘lgan, aniq maqsadga mo‘ljallangan kompleks davlat dasturlarining loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi belgilaydigan tartibda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi davlat byudjetidan moliyalanadigan investitsiyalarning xajmlarini tasdiqlaydi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling