Investisiya” fanidan maʼruzalar to‘plami Camarkand 2016


Zamonaviy investitsion siyosatni amalga oshirishda chet el investitsiyalari ko‘chishini hisobga olish


Download 0.5 Mb.
bet11/87
Sana10.11.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1764469
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   87
Bog'liq
O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi-www.fayllar.org

3. Zamonaviy investitsion siyosatni amalga oshirishda chet el investitsiyalari ko‘chishini hisobga olish.
Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishda mamlakatning tashqi iqtisodiy siyosatini tartibga solish ham muxim ahamiyatiga yega.
Tashki iqtisodiy siyosat – bu milliy joriy va srategik maqsadlarga muvofiq tashqi iqtisodiy munosabatlar soxasida davlat idoralari tomonidan amalga oshiriladigan chora – tadbirlar majmuasidir.
Biror davlatning o‘z milliy iqtisodiyotini chet el raqobatidan ximoya qilishga qaratilgan iqtisodiy siyosati proteksionizm deb ataladi va bu siyosatning ayrim usullari xalqaro ayriboshlashning birmuncha erkinlashuviga qaramay, barcha mamlakatlar tomonidan qo‘llaniladi.
Maʼlumki, tarixan tarkib topgan obʼektiv holatga ko‘ra O‘zbekiston sobiq Ittifoqdosh respublikalar iqtisodiyoti bilan chambarchas bog‘langan edi. SHu bois O‘zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyat ikki yo‘nalishda olib borilmokda; birinchidan, sobiq ittifokdosh respublikalar bilan, ikkinchidan, respublika ilgari bevosita o‘zaro munosabatlarda bo‘lmagan xorijiy davlatlar bilan. Agar birinchi yo‘nalish,O‘zbekistonni kam xarajatlar sarflab, keng ko‘lamda xom ashyo, tayyor maxsulotlar, tyexnologiyalar, fan-tyexnika axborotlari bozoriga kirib borishini taʼminlasa, unga kudratli transport tarmoqlari va aloqa vositalaridan foydalanish imkoniyatini yaratadi, ikkinchi yo‘nalish, respublika iqtisodiyotini keng ravishda jaxon hamjamiyatiga birlashuvining iqtisodiy va tashkiliy-xuquqiy asoslarini yaratish imkonini beradi.
O‘zbekistonda tashki iqtisodiy soxadagi davlat siyosatini shakllantirishda sobiq Ittifokdan meros bo‘lib qolgan iqtisodiy aloqalarning xususiyatlari ham hisobga olingan. Bu xususiyatlar quyidagilardan iborat:
- Asosan anʼanaviy tovarlar savdosi bilan cheklanib kolish, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning xizmatlar va axborotlar, moliya kapitali va ishchi kuchi bilan ayirboshlash kabi turlarini deyarli rivojlanmaganligi;
- Importning eksportdan ustunligi. Masalan,1990 yilda respublikamizning tashki savdo oboroti tashib keltirish xajmi 2,8 mlrd. sumni, chetga maxsulot chiqarish xajmi 1,2 mlrd. sumni tashkil etgan edi;
- Eksport va import strukturasining samarasizligi: chetga asosan xom ashyo chikarilgan, chetdan xalk isteʼmoli mollari keltirilgan.
Bunday xolat respublika iqtisodiyotidagi nomutanosiblikni yanada chukurlashtirdi.Shuning uchun ham, O‘zbekistonni jaxon hamjamiyatiga kushilishi Respublikaning mavjud imkoniyatlarini obʼektiv baholashni va ulardan milliy manfaatlar yo‘lida imkoni boricha tulik foydalanishni talab qiladi.
Eslatish lozimki, O‘zbekiston sobik Ittifokning yirik respublikalaridan biri bo‘lib, axolisining soni bo‘yicha 3-o‘rinni va yalpi milliy maxsulot xajmi bo‘yicha 5-o‘rinni egallab kelgan.O‘zbekiston yalpi milliy maxsulotning xajmi bo‘yicha Bolgariya, Singapur, BAA, Kuvayt kabi davlatlardan oldinda bo‘lib, dunyodagi 40 ta yirik mamlakatlar katoriga kiradi. Respublika tabiiy resurslarga boy, sanoatda va kishlok xo‘jaligida etarli darajada rivojlangan ayrim ishlab chiqarishlarga ega. Masalan, O‘zbekiston tabiiy gaz kazib olishda dunyoda 9- o‘rinda, oltin kazishda 7-o‘rinda, oltingugurt kislotasi va meneral ugitlar ishlab chiqarishda hamda pilla etishtirishda 7- o‘rinda turadi. 90-yillar O‘zbekiston iqtisodiy mustakilligining dastlabki bosqichi hisoblanadi va davlatning tashki iqtisodiy siyosatining maqsadlari shu davrning o‘ziga xos xususiyatlariga mos kelishi kerak. Ular orasida eng muximlari quyidagilar:
- Eksportni rivojlantirish va uning tuzilishini yaxshilash. SHunki eksportga yunaltirilgan iqtisodiyotni shakllantirish milliy ishlab chiqarishni tyexnik iqtisodiy jixatdan jaxon darajasiga kutaradi, uning tuzilishini takomillashtiradi, respublika valyuta zaxiralarini ko‘paytiradi;
- Import tuzilishini takomillashtirish, yaʼni milliy ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish va kengaytirishga karatish, ilgarigi xato va kamchiliklarni bartaraf etish;
- Ishlab chikaruvchi kuchlarni sifat jixatidan yangi bosqichga kutarish uchun chet el investitsiyalarini jalb etish;
- O‘zbekiston iqtisodiy xavfsizligini taʼminlash, yaʼni maʼlum darajada tashki iqtisodiy faoliyatda eksport – import operatsiyalari, valyutani olib chiqish, boshqa xalqaro bitimlar ustidan davlat nazoratini o‘rnatish.
O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy siyosati aniq belgilangan maqsadlar va ularni amalga oshirish uchun asosiy tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Birinchidan, Respublika milliy iqtisodiyotining kuchli eksport bo‘g‘inini tashkil etuvchi va uni jahon bozorida munosib o‘ringa ega bo‘lishini taʼminlovchi sohalarini aniqlash.
Ikkinchidan, iqtisodiyotning eksport bo‘g‘inida davlat tomonidan qo‘llab – quvvatlash usullaridan keng foydalanish. Bu usullar quyidagilardan iborat:
─ Eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishni kengaytirish uchun imtiyozli foizlar bo‘yicha ko‘p muddatli kreditlar ajratish, mo‘ljallangan investitsiyalarni sug‘urtalash;
─ Eksport qiluvchilarga milliy ishlab chiqarish va uning xorijiy raqobatchilari ishlab chiqarishi xarajatlari o‘rtasidagi farqni qoplash;
─ Davlat tomonidan respublikaga zamonaviy tyexnologiyalar, tajribalar, bilimlarni kirib kelishiga subsidiyalar ajratish;
─ Eksport va importni lesenziyalash yoki chetga mol chiqarishga va chetdan uni olib kelishga ruxsatnomalar berish;
─ Ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi, xorijdan keltiriladigan xom – ashyo va materiallar, asbob – usukunalar va jihozlar ulushini bosqichma – bosqich kamaytirish va boshqalar.
Shu bilan birga, tashqi iqtisodiy – siyosat milliy valyutani mustahkamlash va uni boshqa valyutalarga erkin almashinuvini taʼminlashni, ichki narxlarni jahon bozori narxlariga yaqinlashtirish maqsadida baholar islohotini tugallashni, tashqi iqtisodiy faoliyatning meʼyoriy va huquqiy asoslarini xalqaro talablar darajasiga etkazishni nazarda tutadi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish davlat tashkilotlari tomonidan chora-tadbirlar majmuasini ishlab chiqish va uni bajarilishini taʼminlash jarayonini o‘zida aks ettiradi. Bu chora-tadbirlar mamlakatning xalqaro ixtisoslashuvdagi ishtirokidan keladigan foydani olish, jahon xo‘jaligidagi davriy pasayishlarning taʼsirini yo‘qotish yoki kamaytirish, shuningdek valyuta kurslarining tebranishi va jahon iqtisodiyotidagi boshqa salbiy hodisalarning ichki iqtisodiyotga taʼsirini pasaytirishga yoki yo‘qotishga, dunyo bozorida milliy ishlab chiqarish mavqeini mustahkamlashga yo‘naltirilgan. Boshqacha aytganda, davlat tomonidan tartiblash har bir mamlakat tashqi iqtisodiy siyosatining asosiy vazifasini, yaʼni milliy iqtisodiyotni samarali rivojlanishi uchun qulay tashqi sharoit yaratishni ko‘zda tutuvchi chora-tadbirlarni amalga oshirishdir.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartiblashga tub iqtisodiy islohotlar amalga oshirilayotgan mamlakatlarda katta ahamiyat beriladi. Ayniqsa O‘zbekistonda iqtisodiyotni barqarorlashtirish va xo‘jalik yuritishning yangi modelini shakllantirishda bosh islohotchi sifatida davlatga muhim rol ajratilgan.
Hozirgi kunda O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyatini boshqarish quyidagi tashkilotlar orqali amalga oshiriladi:
- Respublika Prezidenti, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyatning rivojlanish strategiyasini aniqlaydi, uning normativ bazasini ishlab chiqadi va xalqaro iqtisodiy munosabatlarning barcha ishtirokchilari harakatiga umumiy rahbarlikni va ular ustidan nazoratni amalga oshiradi;
- tashqi iqtisodiy aloqa vazirligi – yagona tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishni, xalqaro aloqalarning barcha ishtirokchilari, yaʼni davlat, shirkat, paychilik, jamoat, xususiy tashkilotlar faoliyatini nazorat qilishni taʼminlaydi;
- tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning davlat usullarini ishlab chiqadi va qo‘llaydi (bojxona tariflari, eksport kvotalari, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanishga ruxsat va boshqalar);
- vazirlikka taqdim etilgan ro‘yxatga mos keluvchi mahsulotlar bo‘yicha eksport-import operatsiyalarni o‘tkazadi;
- tashqi iqtisodiy faoliyat subʼektlari tomonidan tuziladigan tashqi iqtisodiy shartnoma va kelishuvlarni tekshirishni amalga oshiradi.
«Innovasiya», «O‘zagroimeks», «Interservis», «O‘ztashqitrans», «O‘zekspomarkaz» - Tashqi iqtisodiy aloqa Vazirligi tizimidagi yirik xo‘jalik hisobidagi tashqi savdo va iqtisodiy tashkilotlar hisoblanadi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat banki yoki respublika Milliy banki:
- tashqi iqtisodiy operatsiyalarga xizmat ko‘rsatadi, shuningdek eksport-import, sarmoyaviy va boshqa bitimlar to‘zadi;
- korxonalar, tashkilotlar, xususiy shaxslarning valyutadagi hisob-kitoblarini olib boradi;
- xorijiy valyuta sarmoyalarini jalb yetadi, ularga xizmat ko‘rsatadi, valyutadagi kredit zahiralarini yig‘adi va valyutada kreditlashni amalga ishiradi;
- valyuta zahiralarini yaratadi, saqlaydi va respublikaning valyuta manfaailarini himoya qiladi.
«O‘zbekinvest» Davlat sug‘urta kompaniyasi mamlakat va xorijiy investitsiyalarni sug‘urtalash bo‘yicha tashkilot hisoblanadi.
Davlat Bojxona qo‘mitasi bojxona masalalari bo‘yicha meʼyoriy xujjatlarni ishlab chiqadi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning bilvosita iqtisodiy usullari ichida bojxona bojlari va tariflari juda muhim hisoblanadi. Ular yordamida xalqaro munosabatlarning ko‘rinishlaridan biri bo‘lgan tashqi savdo tartibga solinadi. Tariflarni o‘zgartirish orqali davlat eksport va importni rag‘batlantirishi yoki qisqartirishi, uning tuzilishini vujudga keltirishi, bu orqali esa milliy ishlab chiqarish va isteʼmol munosabatlariga taʼsir etishi mumkin.
Bojxona boji — bu mamlakatga olib kelinayotgan yoki mamlakatdan olib chiqilayotgan mahsulotlarga solinadigan majburiy soliqdir. Xalqaro amaliyotda bojxona bojlarining turli hillari qo‘llanadi va ularni hisoblash yo‘llari, ifodalanishi hamda harakat sohasiga ko‘ra quyidagicha guruhlash mumkin.
Amaliyotda qo‘llaniladigan bojxona bojlari turlicha. Agar ularning hisoblash bo‘yicha guruhlanishini ko‘radigan bo‘lsak, mahsulot narxiga nisbatan foizda belgilanadigan advaler bojlar jahonda ko‘proq tarqalgan. SHu sababdan ham bojning bu turi qo‘llaniladigan mamlakatlarda mahsulotning boj qiymatini, yaʼni advaler bojlarini hisoblashiga asos bo‘lgan mahsulotning narxini aniqlash usullariga katta etibor beriladi. Uning ortiq belgilanishi tarif stavkasini ko‘payishi bilan teng kuchlidir. Boj qiymati, import va eksport qiluvchi, tashuvchi yoki ularning ishonchli vakillari tomonidan mahsulotlar bayonnomasida ko‘rsatiladi va shunga muvofiq hujjatlar bilan tasdiqlanadi. Ammo baʼzi hollarda bojxona mahsulotning eʼlon qilingan narxini tan olmaslikka va uni o‘zi mustaqil aniqlashga huquqi bor.
Amaldagi qo‘llanilayotgan usulga qarab mahsulot narxi 20 — 25 foiz, hatto 2 martagacha ko‘paytirilishi mumkin. Shuning uchun mahsulot narxini belgilashning muhimligi hisobga olinib; uni belgilash qoidalari tariflar va savdo haqidagi Bosh bitimga (GATT) kiritilgan. Shuningdek, jahon amaliyotida tashqi savdoni tartibga solishda o‘ziga xos (spesifik) va aralash bojlar ham qo‘llaniladi.
Bojxona bojlarining ifodalanishi va faoliyat sohasi bo‘yicha birlashtirilgan ikkinchi guruhi avvalo import bojlari va eksport bojlariga ajraladi.
Import bojlar davlat byudjetini to‘ldirish maqsadida va ichki bozorlarga tushadigan chet el tovarlari oqimini tartibga solish uchun belgilanadi. O‘z navbatida ular eng kam va eng ko‘p miqdordagi import bojlarga bo‘linadi. Eng kam miqdordagi import bojlar o‘zaro qulay sharoitlar tartibini yaratib berishni ko‘zda tutuvchi savdo shartnomalari va bitimlari bo‘lgan mamlakatlar mahsulotlariga o‘rnatiladi. Eng ko‘p miqdordagi import bojlari esa bunday shartnoma va bitimlar tuzilmagan mamlakatlar mahsulotiga nisbatan o‘rnatiladi. Undan tashqari ko‘plab mamlakatlarda imtiyozli bojlar ham qo‘llaniladi va bu bojlar asosan rivojlanayotgan mamlakatlardan import qilinayotgan mahsulotlarga nisbatan o‘rnatiladi.
Eksport bojlar mamlakat ichida talab ko‘p bo‘lgan mahsulotlar taqchilligini oldini olish maqsadida belgilanadi. Import va eksport bojlar bilvosita taʼsir ko‘rsatish usullari guruhiga taalluqlidir. qolganlari esa bevosita taʼsir ko‘rsatish usullariga kiradi.
Boj olinadigan mahsulotlar, boj olinmaydigan mahsulotlar, olib kelish va olib ketish taqiqlangan mahsulotlar, shuningdek bojxona bojlari stavkasi, yaʼni ularning tartibga solingan ro‘yxati bojxona tariflari deb ataladi.
Bojxona tariflari qandaydir belgilashga ko‘ra taqsimlangan mahsulotlar ro‘yxatini o‘z ichiga olgan mahsulot sarxillovchilari (klassifikatorlari) asosida qurilgan. Bunday belgilarga ishlab chiqarish, tabiiy farqlar (hayvonot va o‘simlik dunyosi) qayta ishlash darajasi (xom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar, tayyor buyumlar)ni misol qilib keltirish mumkin.
Zamonaviy sharoitda jahon savdosida tovarlarni sharxlovchi sifatida BMTning xalqaro savdo klassifikatoridan, Bryussel Bojxona Nomenklaturasi nomlangan klassifikatoridan keng foydalaniladi. Bu klassifikatorlar mahsulotlarni tariflash va shartli belgilashning uyg‘unlashtirilgan tizimi bo‘lib, unda olti xonali shartli raqamli belgiga yega bo‘lgan mahsulot haqidagi asosiy maʼlumotlar hamda uning mahsulotlar nomenklaturasidagi o‘rni ko‘rsatilgan.
Bojxona tariflari bir yoki bir necha boj miqdorlari ustuniga yega bo‘lishi mumkin, yaʼni ular oddiy va murakkab bo‘ladi. Oddiy bojxona tariflari ustuni mahsulotlar kelib chiqqan mamlakatlardan qatʼiy nazar mahsulotlarga yagona stavkalarni ko‘zda tutadi. Murakkab bojxona tariflari ustunida esa, mahsulot bir necha boj stavkalariga yega bo‘ladi va u yoki bu mamlakatga unda vujudga kelgan iqtisodiy va siyosiy vaziyatga qarab tanlov asosida qo‘llaniladi.
Jahon amaliyotida tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning bilvosita usullariga qaraganda bevosita usullaridan kengroq foydalaniladi. Bevosita usullar o‘zining mazmuniga ko‘ra iqtisodiy, maʼmuriy, meʼyori huquqiy ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin.
Litsenziyalash va kvotalash iqtisodiy xarakterdagi bevosita usullar ichida keng tarqalgani hisoblanadi.
Litsenziyalash — bu tashqi iqtisodiy operatsiyalarni amalga oshirishga davlat tashkilotlaridan ruxsat olishning maʼlum tartibidir. Tashqi iqtisodiy operatsiyalarga mahsulotlar, ishlar va xizmatlar eksporti hamda import, moliya operatsiyalari o‘tkazish, xorijda ishchi kuchini ishga joylashtirish va boshqalar kiradi. O‘zbekistonda litsenziyalar faqat davlat ro‘yxatida qayd etilgan tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga beriladi, boshqa yuridik shaxslarga berish taqiqlangan. Litsenziyalash maʼlum vaqt davomida umumdavlat maqsadlariga mo‘ljallangan mahsulotlar, xizmatlar bilan bitimlar bo‘yicha eksportni (importni) chegaralash va nosog‘lom raqobatni ogohlantirish chorasi sifatida qo‘llaniladi.
Mahsulotlar eksporti va importini litsenziyalash davlatga ular oqimini qattiq tartibga solishga, baʼzi hollarda ularni vaqtincha chegaralashga va shu asosda tashqi iqtisodiy taqchillik o‘sishini to‘xtatishga hamda savdo balansini tenglashtirishga imkon beradi.
Litsenziyalar Bosh litsenziyalar va bir martalik litsenziyalarga bo‘linadi. Bosh litsenziyalar Markaziy hukumat tomonidan beriladi va o‘zida maʼlum mamlakatlarga strategik bo‘lmagan, litsenziya hujjatlarini haqiqatda rasmiylashtirishni talab qilmaydigan mahsulotlar eksportiga rasman ruxsat berishni aks yettiradi. Bir martalik litsenziyalar litsenziya berish huquqiga yega bo‘lgan davlat idoralari tomonidan eksport yoki import bo‘yicha har bir alohida bitimga ruxsat ko‘rinishida beriladi.
Mahsulotlar, ishlar va xizmatlar eksporti va importiga litsenziyalar berish huquqiga O‘zbekiston Respublikasining quyidagi boshqaruv tashkilotlari yega Vazirlar Mahkamasi, Moliya, Adliya, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash, Xalq taʼlimi vazirliklari, shuningdek Markaziy bank.
Belgilangan chegaralar doirasida amalga oshiriladigan bitimlarga litsenziyalar har bir alohida bitim uchun mol etkazib berish hajmi yoki qiymatiga Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tomonidan beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 21 yanvardagi farmonida belgilangan kvotalar doirasida litsenziyalar beriladigan mahsulotlar ro‘yxati, eksport qilish taqiqlangan mahsulotlar ro‘yxati ham belgilangan. Bular asosan muhim oziq-ovqat mahsulotlari davlat resurslaridan un, go‘sht, hayvon yog‘i, choy, qand va boshqalar. Olingan litsenziyalar nusxasi O‘zbekiston davlat chegarasidan mahsulotlarni o‘tkazish uchun asos hisoblanadi. Ko‘pgina mamlakatlarda importni litsenziyalash uni chegaralash maqsadida kiritiladi. Masalan, Hindistonda isteʼmol mollarining importi deyarli taqiqlangan, ulardan baʼzilari xorijda faqat maxsus davlat tashkilotlari tomonidan sotib olinadi.
Moliya operatsiyalarini o‘tkazishga litsenziyalar asosan respublika Moliya vazirligi va Markaziy banki tomonidan o‘z va xorijiy banklarga, moliya muassasalariga beriladi. Ular milliy moliya-kredit muassasalariga mamlakat ichida va uning tashqarisida chet el valyutasi bilan operatsiyalarni amalga oshirish, xorijiy moliya-kredit muassasalariga esa ichki bozorda yuridik va jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish huquqini beradi.
Umuman, moliya operatsiyalarini litsenziyalash davlatga mamlakat ichida valyuta oqimi harakatini tartibga solish imkonini beradi.
Milliy davlat va shunga o‘xshash tuzilmalarga beriladigan ishga joylashtirish litsenziyalari, ularga xorijiy sheriklar bilan kelishgan holda xorijga o‘z, ishchi kuchini etkazib berish huquqini beradi.
Litsenziyalash bilan bir qatorda jahon amaliyotida mahsulotlar, shuningdek ishchi kuchi eksport va importini chegaralash maqsadida kvotalash keng qo‘llaniladi.
Kvotalash usulning mohiyati shundan iboratki, unda vakolatli davlat yoki xalqaro tashkilot alohida mahsulotlar, xizmatlar, mamlakatlar va mamlakatlar guruhi bo‘yicha maʼlum davrga eksport yoki importga miqdoriy yoki qiymat chegaralarni (kvotalarini) belgilaydi. Davlat tomonidan tartibga solish tadbiri sifatida kvotalash to‘lov balanslarini, ichki bozorda talab va taklifni balanslashtirish uchun, mo‘zokaralarda o‘zapo kelishuvga yerishish uchun qo‘llaniladi. O‘zbekistonda kvotalash xalq isteʼmol mollarini va strategik xom ashyoning muhim turlarini olib chiqishni chegaralash usuli sifatida qo‘llanilmokda.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlatlararo tartibga solish tadbiri sifatida kvotalash asosan xalqaro barqarorlashtirish bitimlariga muvofiq qullaniladi. Bu bitimlar, kandaydir bir maxsulotni ishlab chiqarishda yoki eksport qilishda xar bir ishtirokchi mamlakatning xissasini belgilaydi.
Masalan, neft eksport qiluvchi mamlakatlar xalqaro tashqiloti hissasiga jahon neft zahiralarining 77 foizdan ortig‘i tug‘ri keladi. Neftning jahon bozoridagi narxini barqarorlashtirish maqsadida bu tashqilot o‘z aʼzolariga eksport kvotalari miqdorini belgilaydi. 1991 yilda Saudiya Arabistoni uchun kuniga — 5,4, quvayt uchun — 1,5, Iroq uchun — 3,1, Yeron uchun — 3,1, Birlashgan Arab Amirliklari uchun— 1,5, Venesuyela uchun esa — 1,9 mln. barrel miqdorida neft eksport qilish belgilangan yedi.
Kvotalash faqat mahsulot oqimlarini yemas, balki ishchi kuchi oqimlarini ham tartibga solishda qo‘llaniladi. Ko‘pgina rivojlangan mamlakatlar ichki mehnat bozorini himoyalash maqsadida xorijdan ishchi kuchi importiga kvotalar o‘rnatadi.
Litsenziyalash va kvotalashdan tashqari tashqi iqtisodiy faoliyatni turli ko‘rinishlarini tartibga solish maqsadida iqtisodiy harakterdagi boshqa bevosita usullar ham qo‘llaniladi. Ularga bojxona bojlarining baʼzi turlari, eksportni ihtiyoriy chegaralash, pasaytirilgan eksport bahosi va eng kam import bahosi, eksport subsidiyalari, korxona nizom fondida kapital hissasini aniqlash, belgilangan valyuta kursi va boshqalar kiradi.



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling