Investisiya” fanidan maʼruzalar to‘plami Camarkand 2016


Investitsiyalarning tasniflanishi


Download 0.5 Mb.
bet4/87
Sana10.11.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1764469
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87
Bog'liq
O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi-www.fayllar.org

Investitsiyalarning tasniflanishi.

Investitsiya to‘g‘risidagi tahlillar va berilgan taʼriflarga asoslanib hamda iqtisodiyot rivojlanishiga har tomonlama ijobiy taʼsirini hisobga olib, uning qo‘yidagi vazifalarini belgilash maqsadga muvofiqdir:


  • iqtisodiyotda ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish vositalarini optimal joylashtirish bilan keng tarmoqli bozor infratuzilmalarini shakllantirishga imkon yaratish;


  • iqtisodiyotdagi takror ishlab chiqarish jarayoniga ijobiy taʼsir ko‘rsatuvchi barcha yo‘nalishlarni va imkoniyatlarni amaliyotga tadbiq etish;


  • mamlakatning milliy xususiyatlarini hisobga olgan holdagi qonuniy kafolatlangan investorlarni qoniqtiruvchi ulushini yaratadigan va moliyaviy o‘sishni taʼminlovchi infratuzilmalarni faollashtirish;


  • iqtisodiyotning barcha sohalarini faollashtirish orqali mamlakatning barqaror o‘sishi va jahon iqtisodiy tizimiga integrasiyalashuvini tezlashtirish.


Iqtisodiyotga kiritilayotgan investitsiya miqdori va uning dinamikasi mamlakatdagi iqtisodiy o‘sish surʼatlarini belgilovchi asosiy omillardan biri bo‘lib, mazkur omil, o‘z navbatida, investitsiya resurslari manbalarining tarkibiy tuzilishiga va uning barqarorligiga bog‘liqdir.


Bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsiya resurslari manbalari makro va mikrodarajada farqlanishidan qatiy nazar, mamlakat investitsiya bozorida o‘ziga xos mavqega va iqtisodiy chegaralariga ega. Bozor munosabati sharoitida investitsiya resurslari manbalari ichida kreditlar o‘ta muhim strategik ahamiyatga egadir. SHunki, bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonaning o‘z mablag‘ manbalari cheklangan bo‘lib, ular, asosan, joriy xarajatlarni qoplash uchun sarflanadi, qolgan qismi esa cheklangan mablag‘ sifatida investitsiya faoliyatini chegaralab ko‘yadi. SHu bois hozirda investitsiya resurslari bozorida taklifni, nafaqat, barqarorlashtirish, balki etarli miqdorda oshirish uchun uning manbalari tarkibida davlat ulushini kamaytirgan holda chet el kreditlari va mahalliy banklar kreditlarini oshirish maqsadga muvofiqdir.
Investitsiya faoliyati va uning manbalari iqtisodiyot rivojining jadal surʼatlarini belgilab berish bilan birga u har qanday tizimda ko‘p jihatdan mintaqa va mamlakat iqtisodiyotining barqaror o‘sib borishini va taraqqiy etish darajasini ifoda etishi lozim.



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling