Investisiya” fanidan maʼruzalar to‘plami Camarkand 2016


Xo‘jalik yurituvchi subʼektlarning o‘z mablag‘lari


Download 0.5 Mb.
bet43/87
Sana10.11.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1764469
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   87
Bog'liq
O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi-www.fayllar.org

Xo‘jalik yurituvchi subʼektlarning o‘z mablag‘lari.

Bugungi kunda respublikamizda iqtisodiyotning barcha ustuvor sohalariga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish yuzasidan faol siyosat yuritilib, katta tadbirlar amalga oshirilmoqda.


Mamlakatda milliy valyutaning erkin ayirboshlanishiga erishilmagan vaqtlarda, tashqi iqtisodiy faoliyatdagi hamda investitsiya iqlimi bilan bog‘liq bir qator muammolar respublika iqtisodiyotiga kiritilayotgan xorijiy investitsiyalar, jumladan, bevosita xorijiy investitsiyalar hajmining pasayib borayotganligiga asosiy sabab sifatida ko‘rsatilar edi.
Respublika hukumati tomonidan joriy hisoblar bo‘yicha milliy valyutani erkin konvertatsiya qilinishi masalasi hal etilgani tufayli tashqi iqtisodiy aloqalarning rivojlanishiga va respublika iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarning jalb qilinishi borasida ulkan imkoniyatlar ochib berdi.
Hozirgi kunda mamlakatda investitsiya faolligini oshirish va bevosita xorijiy investitsiyalar oqimi hajmini ko‘paytirish maqsadida samarali vositalardan biri sifatida fikrimizcha, birinchi navbatda, milliy korxonalar moliyaviy barqarorligini oshirish, ularning investitsion faolligini hamda salohiyatli xorijiy investorlar bilan mustaqil ish olib borish imkoniyatlarini kengaytirishni taʼminlash zarur.
O‘zbekistonda xorijiy kompaniyalar faoliyatining huquqiy asoslarini shakllantirish jarayoni ham takomillashtirilmoqda. Bugunda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatini rag‘batlantiruvchi chora-tadbirlar majmui ishlab chiqilgan.
Xorijiy investorlar xom ashyo materiallarini qayta ishlashga, isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarishga va xizmatlar ko‘rsatish, aholini ish bilan taʼminlashga qaratilgan kichik va xususiy tadbirkorlik sohasidagi loyihalarga investitsiyalar kiritishayotganda ularga qo‘shimcha kafolatlar beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etishning o‘sish surʼati ko‘p jihatdan turli xil investitsiya muassasalari faoliyatining rivojlanishiga, qimmatli qog‘ozlar bozori tashkil topishi, inflyasiya jarayonlari bartaraf qilinishi va ishlab chiqarishning barqarorlashishiga bog‘liqdir.
Iqtisodiy islohotlarning chuqurlashtirilishi moliyalashtirish manbalari bo‘yicha investitsiyalarning tarkibiy o‘zgarishiga sabab bo‘ldi. Moliyalashtirish manbalari bo‘yicha asosiy kapitalga investitsiyalarning asosiy manbasi korxonalarning o‘z mablag‘lari bo‘ladi. Ularning umumiy tarkibdagi ulushi 8.5 foiz daraja ortib, 45.9%ni tashkil yetdi. Korxona moliyaviy barqarorligining ortishiga xususiylashtirish jarayonlarining faollashuvi va ishlab chiqarishga soliq yukini kamaytirish bo‘yicha davlat tomonidan soliq budjet siyosatini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar taʼsir ko‘rsatdi.
Sanoat tarmoqlari rivojlanishi uchun yo‘naltirlgan investitsiyalar tarkibi o‘zgardi. Kapital kiritilgan asosiy tarmoqlar issiqlik-energetika, metallurgiya, kimyo va neft, engil sanoat tarmoqlari bo‘ldi. Kandim guruhiga mansub ko‘mir konlarining o‘zlashtirilishi, Ustyurt xududida geologiya ishlarining olib borilishi, Qo‘qon superfosfart zavodining modernizatsiya qilinishi sanoat tarmoqlari uchun xorijiy investitsiyalarning kirib kelishi uchun yaratilgan qulayliklar natijasida amalga oshirildi.
Qurilish materiallari sanoati asosiy kapitaliga investitsiyalar tarmoqning rivojlanishi uchun qabul qilingan dastur natijasida 2.9 foiz daraja ortib, 4.9%ni tashkil yetdi. («Kvars” AJ, «Qashqadaryomramor” OAJ qayta taʼmirlash, mahalliy xom-ashyodan yumshoq qoplamalar, devor va pardozlash materiallari ishlab chiqaruvchi kichik korxonalar).
Xullas, samarali investitsiya loyihalarini o‘zlashtirish orqali rivojlangan bozor iqtisodiyotini barpo etish bilan bog‘liq ko‘pgina vazifalarni hal etishga muvaffaq bo‘lamiz. Uning amalga oshirilishi birgina qo‘shimcha faoliyat va ishlab chiqarishning yo‘lga qo‘yilishini taʼminlab qolmasdan, balki jamiyat hayotining haqiqiy darajasini ko‘rsatib beruvchi aholi turmush farovonligining oshishiga va davlat boyligining ko‘payishiga hamda uning iqtisodiy qudratini oshirishga xizmat qiladi.

1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling