Sifatli loyihalangan o‘quv jarayonining o‘qitish jarayonini sifatli boshqarish, rejalashtirilgan natijalarga erishishni kafolatidir
Download 17.46 Kb.
|
1 2
Bog'liqIII
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sifatli loyihalangan o‘quv jarayonining o‘qitish jarayonini sifatli boshqarish, rejalashtirilgan natijalarga erishishni kafolatidir.
III. Bugungi kunda mamlakatimizda mutaxassislarning ilmiy salohiyatini birlashtirisga imkoniyatlar yetarli. Nazariya va amaliyot birligining ta‘minlanishi PTning asl mohiyatini aniqlashga yo‘l ochadi. Fikrimizcha, yangi PT fanining alohida tarmog‘i sifatida yoki faqat ta‘lim amaliyotini maqbullastirishga yo‘naltirilgan tizim deb qarash mumkin emas. PT bu sohadagi nazariy va amaliy izlanishlarni birlashtirish doirasidagi faoliyatni aks ettiradi. Pedagogik texnologiya o‘qitishning rejalashtirilgan natijalariga erishishni kafolatlaydi. Bunga, faqat o‘quv jarayoni boshqariladigan taqdirdagina erishish mumkin. Boshqariluvchilik tamoyilining ahamiyati shu bilan belgilanadi. Boshqarish – jarayonni rejalashtirilgan maromda amalga oshirish, o‘qitish maqsadlariga erishish dasturini ro‘yobga chiqarish uchun xizmat qiladi. Mazkur tamoyil o‘qitishning joriy natijalarini ko‘p bosqichli diagnostik (tashxisiy) tekshiruvlar o‘tkazish imkoniyatini, - ko‘zda tutadi butun o‘qitish davrida o‘qitish jarayonini boshqarish asosan didaktik testlardan foydalanib amalga oshiriladi. O‘qitish jarayonida didaktik testlardan foydalanish, teskari aloqani ta’minlaydi. Teskari aloqa natijalarining tahlili, ko‘zlangan natijaga erishish uchun vositalar va uslublarni o‘zgartirish orqali o‘qitish jarayonini boshqarish imkoniyatini beradi. Boshqarilish tamoyili, o‘qitish jarayonini va shu bilan birga uning natijalariga muntazam ravishda tuzatishlar kiritish imkoniyatini beradi. Sifatli loyihalangan o‘quv jarayonining o‘qitish jarayonini sifatli boshqarish, rejalashtirilgan natijalarga erishishni kafolatidir. Yangi PT nimani anglatadi? Bu savolning yechimini izihlashga harakat qilamiz. Birinchidan, PT ta‘lim (tarbiya) jarayoni uchun loyihalanadi va belgilangan maqsadni yechishga qaratiladi. Binobarin, har bir jamiyat shaxshni shakllantirishh maqsadini aniq belgilab beradi va shunga mos holda ma‘lum pedagogik tizim (maktab, kollej, oliy o‘quv yurti) mavjud bo‘ladi. Bu tizimga uzluksiz ravisda ijtimoiy buyurtma o‘z ta‘sirini o‘tkazadi va ta‘lim-tarbiya maqsadini umumiy holda belgilab beradi. “Maqsad” esa pedagogik tizimning qolgan elementlarini o‘z navbatida yangilash zaruratini keltirib chiqaradi. Kadrlar tayyorlashh milliy dasturi ta‘lim-tarbiyaning maqsadini yangi yo‘nalishga burdi, ya‘ni: “o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitdan to‘la xolis etishh, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak ma‘naviy va axloqiy talablarga javob beradigan yuqori malakali kadrlar tayyorlashh” deb belgilandi. Demak ta‘lim-tarbiyaning maqsadi butunlay yangilandi, unga mos holda mazmunning ham pedagogik jarayonning ham yangilanisi tabiiydir. Ikkincidan, fan va texnikaning rivojlanisi bilan inson faoliyati chegarasi nihoyatda kengayib borayapti, auditoriyaga o‘qitish imkoniyatlari katta bo‘lgan yangi texnologiyalar (sanoat, qisloq ho‘jaligi, elektron, axborot va bosqa) kirib kelmoqda. Ro‘y berayotgan sifatiy o‘zgarishlar shundan dalolat beradiki, endilikda “o‘rganishh”ning birlamchi jarayonlari an‘anaviy metodika va o‘qitish vositalari romiga sig‘may, o‘quvchining individual qobiliyatlariga mos kelmay qoldi. Yangi metodikalarni talab etadigan va ta‘lim jarayonining ajralmas qismigsa aylanib borayotgan va unga o‘zining ma‘lum xususiyatlarini joriy etadigan yangi texnikaviy, aaborotli, poligrafik, audiovizualli vositalar mavjudki, ular yangi PTni real voqelikka aylantirdi. PT mohiyat jihatdan bosqa texnologiyalar bilan bir safda turadi, cunki ular ham bosqalari qatori o‘z xususiy sohasiga, metodlari va vositalariga ega, ma‘lum “material” bilan ish ko‘radi. Biroq PT inson ongi bilan bog‘liq bilimlar sohasi sifatida murakkab va hammaga ham tushunarli bo‘lmagan pedagogik jarayonni ifoda etishhi bilan ishlab chiqarish, biologik, Hatto axborotli texnologiyalardan ajralib turadi. Uning o‘ziga xos tomonlari – tarbiya komponentlarini mujassamlastirganidir. PT boshqa sohalardagi texnologik jarayonlar bilan uzluksiz boyib boradi va an‘anaviy o‘quv jarayoniga, uning samaradorligini oshirishga ta‘sir ko‘rshatisning yangi imkoniyatlarini egallab oladi. Afsuki, bu jarayon hozirgi ta‘lim tizimida juda qiyin kechayapti, haqiqiy kompyuterli PT o‘zining ilmiy ishlanmasini kutayapti. Axborotli texnologiya PTning tarkibiy qismi, texnik vositalarning mukammalasgan zamonaviy turi sifatida ta‘lim jarayonida qo‘llanila boshlandi. Kelajakda iqtisodiy bo‘hronlar ortda qolib o‘quv yurtlari dasturli “mashina” bilan yetarli darajada ta‘minlanadi. Shundagina axborotli texnologiya asosida o‘quvchi (talaba)larning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish imkoniyati tug‘iladi va u o‘qituvchining yaqin ko‘makdoshiga aylanadi yoki uning funktsiyalarini to‘liq bajarishi mumkin. Download 17.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling