Investisiya” fanidan maʼruzalar to‘plami Camarkand 2016


Download 0.5 Mb.
bet59/87
Sana10.11.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1764469
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   87
Bog'liq
O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi-www.fayllar.org

Lizing beruvchi - lizing shartnomasi bo‘yicha lizing obʼektini keyinchalik lizing oluvchiga berish maqsadida mulk qilib sotib oladigan bank yoki lizing kompaniyasi yoki ularning sho‘ʼba kompaniyalari.


  • Lizing oluvchi - lizing shartnomasi bo‘yicha lizing obʼektiga vaqtinchalik yega lik qilish va foydalanish uchun oladigan yuridik shaxs, yakka tartibdagi tadbirkor yoki jismoniy shaxslar.


  • Sotuvchi - lizing beruvchiga lizing obʼektini sotuvchi yuridik yoki jismoniy shaxslar.


    Lizing obʼekti - isteʼmol qilinmaydigan va qonunchilik bnlan taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyatida qo‘llaniladigan har qanday buyumlar, barcha mulk majmualari, shu jumladan, er uchastkalari va boshqa tabiat obʼektlari, binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari hamda boshqa ko‘char va ko‘chmas mulk bo‘lishi mumkin.
    Xo‘sh, lizing nima? Keling, xalqaro miqyosda eng ko‘p tarqalgan lizing tushunchalarini tahlil qilib ko‘raylik. Masalan, XMK mutaxassislari tomonidan u quyidagicha talqin qilingan: "Lizing- bu mulkiy munosabatlar majmui bo‘lib, bunda bir taraf (lizing beruvchi) boshqa bir tarafning (lizing oluvchining) topshirig‘iga binoan uchinchi taraf (mol etkazib beruvchi)dan lizing shartnomasiga muvofiq lizing obʼekti bo‘lgan mulkni o‘z mulki qilib sotib olib, uni to‘lash asosida lizing shartnomasida belgilangan shartlar bilan vaqtinchalik foydalanish va yegalik qilish uchun lizing oluvchiga beradi".
    Lizingga berilgan ushbu taʼrifda uning mohiyatini ochib beruvchi qator muhim belgilari mavjud. SHunonchi, unda lizingni mulkiy munosabatlar majmui ekanligiga alohida urg‘u berilgan bo‘lib, uning mohiyatini ochishda iqtisodiy mazmuniga tayanishga harakat qilingan. Shuningdek, lizing shartnomasidagi kelishuvga asosan lizing obʼekti shartnomaning amal qilish muddati davomida lizing beruvchining tasarrufida qoldirish sharti ham lizingni mulkiy munosabatlarga taalluqli bo‘lgan mazmunini to‘ldiradi.
    Bundan tashqari, mazkur taʼrifda lizing beruvchi lizing obʼektini lizing oluvchiga vaqtinchalik foydalanishga to‘lash sharti yoki foyda olish maqsadida berishini belgilanishi lizingni tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liqlik jihatiga ham etibor qaratilgan yoki boshqacha qilib aytganda, lizing bozor iqtisodiyotining asosiy tamoyillaridan biri bo‘lgan foyda olish istagining mahsuli sifatida qaralgan.
    SHu bilan birgalikda, ushbu taʼrifda lizing obʼektini lizing shartnomasi yakunlangandan so‘nggi taqdiri aniqlanmay qolgan, yaʼni shartnoma tugagandan so‘ng u kimning mulkiy tasarrufiga o‘tishi ko‘rsatilmagan. Mazkur mezon lizing, yaʼni moliyaviy ijaraning muhim atributlaridan biri ekanligi bois, bizning fikrimizcha, bu mazkur taʼrifning sezilarli kamchiligidir.

    Download 0.5 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   87




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling