Investisiya” fanidan maʼruzalar to‘plami Camarkand 2016
Download 0.5 Mb.
|
O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi-www.fayllar.org
- maqsadi, unga yerishish ichki kuchi va uni bslgilangan vaqt mobaynida amalga oshirish imkoniyatlari bilan;
- belgilangan davr mobaynida loyihaning noyobligi va tanholigi darajasi hamda belgilangan vaqtning o‘zining cheklanganligi bilan; - har qanday tirik mavjudot kabi uning ham hayotiy siklga yegaligi bilan. Loyihani ishlab chiqish dastlabki muhandislik loyihalash, iqtisodiy va moliyaviy imkoniyatlarni tahlil qilish, boshqarishning maʼmuriy tizimlarini ko‘rib chiqish, loyihaning atrof-muhitga, mahalliy aholiga taʼsirini baholash va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Bu bosqichda loyihalarni qoniqarsiz chiqqan variantlarini yaroqsizga chiqarish va eng maqbullarini batafsil o‘rganish zarurati kelib chiqadi. Loyihani moliyalashtirish va tegishli qarorlar qabul qilish muammolarini tadqiq etishda loyihaning hayotiylik sikli boshlang‘ich tushuncha hisoblanadi. Loyihani fazalarga bo‘lish g‘oyat xilma-xil bo‘lishi mumkin. Asosiy narsa shun-daki, bunday bo‘lish eng muhim nazorat nuqgalarini ochib beradigan bo‘lsin, bu fazalardan o‘tish vaqtida qo‘shimcha axborotlarni qarab chiqish va loyihani rivojlantirishning imkoni bo‘lgan yo‘nalishlarini baholash mumkin bo‘lsin. Jahon amaliyotida loyihalarning murakkabligiga qarab ularni boshqarishning turli usullaridan foydalaniladi. Loyihalarni barcha mavjud boshqarish usullari nazarda tutilgan natijalarga qaratiladi, huquq va burchlarning jamlanganligiga, matrisali tashkil etilganligiga, to‘qnashuvlar va muammolarning oldini olishga qaratiladi. Loyihalarni ishlab chiqish, ular samarasini belgilash, ularni tanlash va amalga oshirish, shuningdek, ularni ichki va tashqi resurslar hisobidan moliyalashtirishda mamlakatning xalqaro bozorga chiqishi kuchli zamin va asos hisoblanadi. Loyihaning kelajakka qaratilishi uning oldindan aytib berish mumkin yemasligidan dalolatdir, shu sababli investitsiya loyihasining sifat tavsiflarini hisobga olish muhim. Loyiha yuzaga kelgan vaqtdan toki u tugatilgan vaqtga qadar o‘tgan vaqt oralig‘iga loyihaning xayot sikli deyiladi. Loyiha bosib o‘tishi lozim bo‘lgan holatlarga esa fazalar, bosqichlar deyiladi. Loyihalar hayot sikli(LXS) ning quyidagi bosqichlari farqlanadi: 1. Investitsiya oldi bosqichi. a) investitsiya imkoniyatlarini tahlil qilish; b) dastlabki texnik iqtisodiy asoslash; v) texnik iqtisodiy asoslash; g) marketing tadqiqotlarini olib borish; d) investitsiya imkoniyatlari to‘g‘risida doklad. 2. Investitsiya bosqichi. a) mo‘zokaralar olib borish va shartnomalar to‘zish; b) loyihalashtirish; v) qurilish ishlarini amalga oshirish; g) xodimlarni o‘qitish. 3. Yekspluatasiya bosqichi. a) qabul qilish va ishga tushirish; b) uskunalarni almashtirish (yangilash); v) kengaytirish, innovasiya. Mexnat sig‘imiga ko‘ra loyihaning xayotiylik siklini quyidagicha tasavvur qilish mumkin:
Loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish loyihaning yakuniy maqsadlarini va bu maqsadlarga yerishish yo‘llarini belgilashni o‘z ichiga oladi. Bunda muqobil maqsadlar ko‘rib chiqiladi, hajmlar, muddatlar, foyda hajmi miqdoran solishtiriladi. Loyihani yashovchanligini baholash dastlabki texnik iqtisodiy asoslash mazmunini tashkil yetadi. Bunda bir necha muqobil variantlar ko‘rib chiqiladi va qiymati hamda foyda bo‘yicha baholanadi. Loyihani rejalashtirish bosqichida loyiha bo‘yicha ishlar rejasi tuziladi. Bu rejada ishlarni tarkibiy va vaqt bo‘yicha bosqichlari, ijrochilari aniqlanadi. Loyihani ishlab chiqishni turli bosqichlarida turli darajadagi aniqlikka, xatolikka yerishiladi va qaltislikka yo‘l qo‘yiladi. 2. Investitsiya loyihalarini loyihaviy moliyalashtirish xususiyatlari. Bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish moliyalashtirishning eng taraqqiy yetgan zamonaviy shakllaridandir. SHunday ekan, loyihaviy moliyalashtirishning mazmuni nima? Unga qanday taʼrif berish mumkin? Turlicha fikrlar mavjud. Masalan, Doyche bank (Germaniya) ning tarkibiy moliyalashtirish boshqarmasi xodimlarining fikricha loyihaviy moliyalashtirish, bu: «Loyiha bo‘yicha asosiy vositalarni sotib olishni, tashkil etishni yoki qurilishni moliyalashtirish bo‘lib, unda kreditor asosan quyidagilarga etibor beradi: a) kreditni qaytarish manbasi sifatida, loyihani tadbiq etish natijasi bo‘yicha olinadigan sof pul oqimiga (mablag‘larning qaytish darajasiga); b) loyihani moliyalashtirish uchun berilgan kreditning xavfsiz qaytishini taʼminlaydigan manbasiga, yaʼni mijozning qobiliyatiga garov, kafolat va boshqa taʼminotlarga. Bizning fikrimizcha, loyihaviy moliyalashtirish bu investitsiya loyihalarini kreditlashtirishning bir turi bo‘lib, kreditor bu loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq xatarlarni qisman yoki to‘liq o‘z zimmasiga oladi. Agar banklarning oddiy kredit operasiyalarida eng avvalo qarzdorning kreditga qobiliyatliligini o‘rganishga, uning moliyaviy va iqtisodiy holatini, shuningdek garov sifatida foydalanadigan mol mulklarni baholashga asosiy ahamiyat berilsa, loyihaviy moliyalashtirishda esa loyihaviy tahlilga asosiy etibor qaratiladi. Loyihaviy moliyalashtirish mohiyatini ifoda etishda quyidagi asosiy omillar xizmat qiladi: Loyihaviy moliyalashtirishning asosiy turi bu sindikasiyalashgan kreditlashtirish bo‘lib, unda turli investor va kreditorlar o‘z xatari va mablag‘lari bilan ishtirok etadi; Loyihaviy moliyalashtirishning jahon amaliyotida turlicha usullari va manbalari mavjud bo‘lib, har bir davlat o‘z iqtisodiy va investitsion siyosatiga, bozor mexanizmining amal qilish darajasiga qarab bu usullardan foydalanishi mumkin; Aniq maqsadni ko‘zlagan, iqtisodiy va moliyaviy jihatdan samarali bo‘lishi rejalashtirilgan loyihalar loyihaviy moliyalashtirish obʼekti bo‘lib hisoblanadi. Loyihaviy moliyalashtirishda eng asosiy jarayon bu loyiha hujjatlarining texnik, iqtisodiy, moliyaviy, ekologik tahlili hisoblanib, bu jarayonning qanchalik chuqur va saviyali o‘tkazilishi loyihaning kelgusi taqdirini belgilab beradi. Loyihaviy hujjatlar (loyihaning texnik iqtisodiy asoslanishi) loyihaviy tahlilning obʼekti bo‘lib hisoblanadi va u loyihanining iqtisodiy, moliyaviy samaradorligini va loyiha bo‘yicha xarajatlarni aniqlash, moliyalashtirish manbalari va xatarlarni baholashdek o‘z maqsadiga ega bo‘ladi. Qanday turdagi loyihalar loyihaviy moliyalashtirishga mos kelishi mumkin? Avvalombor, loyihaviy moliyalashtirishning asosi bo‘lib mustaqil va maqsadlari aniq belgilangan loyihalar hisoblanadi. Loyiha natijasi bo‘yicha olingan sof pul oqimining miqdori shunday belgilanishi lozimki, kelgusida ko‘zda tutilmagan xarajatlarni ham hisobga olish imkoniyati bo‘lsin. Loyiha ko‘p sonli loyiha ishtirokchilarining talabi va manfaatlarini qondirishi zarur. Loyiha xatarlarni uning ishtirokchilari o‘rtasida mos taqsimlash imkoniyati mavjud bo‘lishini ko‘zda tutishi zarur. Loyihaviy moliyalashtirishda yuqori darajali xatarlarning bo‘lishini hisobga olgan holda kreditorlar xatarlarni samarali boshqarishni taʼminlashga harakat qiladi. Loyihaviy moliyalashtirish orqali moliyalashtirilgan loyihalar asosan iqtisodiyotning quyidagi tarmoq va sektorlarida ishtirok etishi mumkin: telekommunikasiya ; transport; foydali qazilmalarni qazish; energetika; qayta ishlovchi va boshqa ayrim tarmoqlarda. Loyihaviy moliyalashtirishda quyidagi ishlarni bajarish juda muhimdir. Boshqacha aytganda, loyihaviy moliyalashtirishning bosqichlari quyidagicha: Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling