Korrelatsion bog‘lanish
Download 132.62 Kb.
|
Korrelatsion bog\'lanish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hodisalar o‘rtasidagi to‘g‘ri bog‘lanish
- Hodisalar orasidagi teskari bog‘lanish
Korrelatsion bog‘lanish deganda shunday bog‘lanishni tushunmoq kerakki, unda har qanday natijaviy belgi qiymatiga ko‘p sondagi asosiy va asosiy bo‘lmagan belgilar qiymatlarining mos kelishligi bilan bog‘liq bo‘lgan jarayon tushuniladi. Korrelatsion bog‘lanishlarning xarakterli xususiyati shundan iboratki, bunda natijaviy belgi qiymatiga ta’sir qiluvchi barcha omillarning to‘liq kuchini (ta’sir doirasi hajmini) aniqlash mumkin emas. Buning sababi ta’sir qiluvchi omillar ro‘yxatini to‘liq aniqlash mumkin emaslidadir. Masalan, paxta hosildorligi, sut mahsuldorligi kabi sifat ko‘rsatkichlarining o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi omillarning soni juda ko‘p bo‘lib, ularning to‘liq ro‘yxatini aniqlash mumkin emas. Shuning uchun ularning omillar bilan bog‘lanishini to‘liq ta’minlaydigan tenglamasini ham tuzish mumkin emas. Bunday bog‘lanishlar, ya’ni hosildorlik bilan omillar o‘rtasidagi bog‘lanish korrelatsion bog‘lanishdir. Hodisalar orasidagi bog‘lanishlar umumiy yo‘nalishi bo‘yicha quyidagi ikki turga bo‘linadi: To‘g‘ri bog‘lanish (bevosita bog‘lanish). Teskari bog‘lanish (bilvosita bog‘lanish). Hodisalar o‘rtasidagi to‘g‘ri bog‘lanish deganda omilli belgi (x) darajasining o‘sib, oshib borishi bilan natijaviy belgi (u) qiymatining o‘sib, oshib borish jarayoni tushuniladi. Masalan, 1 s junning o‘rtacha sotish bahosi (x) ning oshib borishi bilan foyda darajasi oshib boradi, jun mahsuldorligining oshib borishi bilan mehnat unumdorligi ham oshib boradi va hokazo. Hodisalar orasidagi teskari bog‘lanish deb nima tushuniladi? Hodisalar orasidagi teskari bog‘lanish deganda omilli belgi darajasining (x) o‘sib borishi bilan natijaviy belgi qiymati (u) ning pasayib borish jarayoni tushuniladi. Masalan, jun mahsuldorligi darajasining (x) oshib borishi uning tannarxini (u) pasayib (arzonlashib) borishiga sababchi bo‘ladi. Yoki 1 s mahsulot tannarxining (x) oshib borishi olinadigan foyda (u) summasining kamayishiga sababchi bo‘ladi va hokazo. Download 132.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling