Korrelatsion bog‘lanish
Download 132.62 Kb.
|
Korrelatsion bog\'lanish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Regressiya koeffitsiyenti
7.3. Juft korrelatsiya
Ikki belgi orasidagi bog‘liqlik korrelatsion bog‘lanishning eng oddiy turi hisoblanadi va juft korrelatsiya deb yuritiladi. Juft korrelatsiya deb ikki belgi, ya’ni omil va natija belgi orasidagi bog‘lanishga aytiladi. Masalan, tuproq sifati va paxta hosildorligi orasidagi bog‘lanish, yoki jun mahsuldorligi va jun tannarxi orasidagi bog‘lanish, yoki mehnat unumdorligi va mehnat haqi darajasi orasidagi bog‘lanishlar juft korrelatsiyaga misol bo‘la oladi. Ushbu belgilar orasidagi bog‘lanishlar to‘g‘ri chiziqli bog‘lanishlar hisoblanadi. Shuning uchun omil belgining natijaning o‘zgarishiga ta’sirini aniqlashda regressiyaning chiziqli tenglamasidan foydalaniladi. Boshqacha aytganda, natijaviy belgining o‘rtacha darajasi ( ) bilan omil belgi (x) o‘rtasidagi korrelatsion bog‘lanishni ifodalaydigan regressiyaning chiziqli tenglamasidan foydalaniladi: Bunda: a va b – tenglamaning parametrlari a – ozod had; b – regressiya (mutanosiblik) koeffitsiyenti. Regressiya koeffitsiyenti omil belgining (x) qiymati bir birlikka o‘zgarganda natijaviy belgining qiymati o‘rtacha qancha miqdorga o‘zgarganligini ta’riflaydi. Regressiya tenglamasining parametrlari (a va v) ni aniqlash uchun quyidagi mo‘tadil chiziqli tenglamalardan foydalaniladi: Bunda: p – to‘plam soni; – omil belgisi qiymatlarining yig‘indisi; – omil belgisi qiymati kvadratlarining yig‘indisi; – natijaviy belgi qiymatlarining yig‘indisi; – natijaviy va omil belgilari qiymatlari ko‘payt- malarining yig‘indisi. Endi, juft korrelatsiyaga misol keltiramiz: tuproq sifati va bug‘doy hosildorligi orasidagi korrelatsion bog‘lanishni regressiyaning chiziqli tenglamasi asosida aniqlaymiz. Buning uchun quyidagi ma’lumotlarga asoslanib, mo‘tadil chiziql tenglama koeffitsiyentlarini jadval yordamida hisoblaymiz.
Download 132.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling