Investisiya” fanidan maʼruzalar to‘plami Camarkand 2016


Foiz stavkasining o‘zgarish riski


Download 0.5 Mb.
bet73/87
Sana10.11.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1764469
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   87
Bog'liq
O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi-www.fayllar.org

Foiz stavkasining o‘zgarish riski — bu risk kredit resurslari o‘zgaruvchan stavkada qo‘llanilganda ro‘y beradi. Bunday resurslarni jalb qilishda loyihada qo‘llanilgan kapital qiymatining oshishi va mahsulot rentabelligining kamayish xavflari mavjud bo‘ladi.
Qayta moliyalashtirish riski butunlay boshqaruvchi bank, yaʼni moliyalashtirishni tashkil qiluvchi bank zimmasida bo‘ladi.
Mamlakat riski - bu tashqi loyiha risklariga tegishli bo‘lib, uning mazmuni shundaki, loyiha amalga oshirilayotgan mamlakatning ijtimoiy-siyosiy jarayonlari va davlatning siyosati loyiha faoliyati uchun jiddiy qiyinchiliklar yaratishi va hatto loyihani barbod qilish ham mumkin. Mamlakat riskining omillari: markaziy va mahalliy hokimiyatlarning harakati, urushlar, ish tashlashlar, inqiloblar, terrorchilik harakatlari va boshqalar bo‘lib, bular asosiy loyiha ishtirokchilari taʼsiri doirasidan tashqarida bo‘ladi. Davlatning siyosati bilan bog‘liq mamlakat risklarini shartli ravishda ikkita katta guruhga bo‘lish mumkin: 1. Siyosiy. 2. Iqtisodiy.
Siyosiy mamlakat riski - hukumatning chet el investorlari va kreditorlari ishtirokidagi loyiha faoliyatini to‘xtatish yoki cheklashga qaratilgan harakati bilan bog‘liq. Bularga foydani boshqa mamlakatga olib o‘tishdagi taʼqiqlashlar va cheklashlar, chet el kapitali uchun avval yaratilgan imtiyozlardan mahrum qilish, konsepsiya va litsenziyalarni qaytarib olish va boshqalar kiradi.
Iqtisodiy mamlakat riski davlatning loyihani amalga oshirilishi sharoitida qo‘llaydigan soliq, valyuta, bojxona va boshqa iqtisodiy shart-sharoitlarni o‘zgartirishi bilan bog‘liq. Bu o‘zgarishlar xorijiy kapitalni cheklash bilan bevosita bog‘liq bo‘lmasligi ham mumkin.
Maʼmuriy risklar - loyiha kompaniyalari va loyiha faoliyatining boshqa ishtirokchilarini davlat nazorat va tartibga solish boshqarmalaridan turli litsenziyalar, ruxsatlarni olishi bilan bog‘liq. Litsenziya, ruxsatlar loyiha faoliyatining barcha faza va bosqichlarida talab qilinishi mumkin: loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda, tenderlar o‘tkazishda, mashina va asbob-uskunalarni etkazib berishda, qurilishda, dastlabki ishlar va obʼektning ishga tushirilishida talab qilinadi. Litsenziya, ruxsatlarni soni ayrim loyihalar bo‘yicha juda ko‘p bo‘lishi mumkin: loyiha faoliyatining u yoki bu turi bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi, tabiiy resurslardan foydalanish, tabiiy resurslarni va valyutani chetga olib chiqish huquqini beruvchi litsenziyalar, ruxsatlar bo‘ladi.
Huquqiy risk - bu risk qaysidir darajada mamlakat, maʼmuriy va boshqaruv risklari bilan bog‘liq. Avvalo, bu risk kreditorning kafolat bermaslik va boshqa kredit bilan taʼminlashlar yehtimoli bilan bog‘liq noaniqlik va ishonchsizligida namoyon bo‘ladi. Bunday noaniqlik va ishonchsizlik sabablari quyidagilar bo‘lishi mumkin: qonunlar majmuining va xalqaro huquq normalarining mukammal yemasligi, huquqiy hujjatlar sifatining pastligi, sud-arbitraj myexanizmidagi kamchiliklar va boshqalar. Ayrim huquqiy risklar loyiha ishtirokchilari nazoratidan tashqarida bo‘lib, ular mamlakat va siyosiy risklarga yaqin. Bundan boshqa huquqiy risklarni milliy qonunchilikni, xalqaro investitsion huquqlarni yaxshi biluvchi, shartnoma, kelishuvlar va boshqa loyihaning huquqiy hujjatlarida ishtirok yetuvchi malakali huquqshunos maslahatchini jalb qilish bilan echish mumkin.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling