Investisiya” fanidan maʼruzalar to‘plami Camarkand 2016
Konstruksion va tyexnologik risk
Download 0.5 Mb.
|
O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi-www.fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chiqarish riski
- Boshqaruv riski
- Sotish riski
- Moliya riski.
- Valyuta riski
Konstruksion va tyexnologik risk. Konstruksion risk – bu investitsiya fazasidayoq loyihaning tyexnik amalga oshmaslik riski. Bu loyiha hujjatlarini ishlab chiquvchilarning xatolari, bu hujjatlarni ishlab chiqishda zarur bo‘lgan maʼlumotlarni etarli yoki aniq yemasligi natijasida ro‘y berishi mumkin. Tyexnologik risk - bu ishlab chiqarish tyexnologiyalarining sanoat darajasida qo‘llanilmasligi natijasida maʼlum tyexnik-iqtisodiy parametrlardan obʼekt yekspluatasiyasidagi cheklanishlar riski. Bunga yekspluatasiya xarajatlarining oshishi, brak foizlarini kattaligi, yekologik normativlarga mos kelmaslik kabilar taʼsir yetadi.
Ishlab chiqarish riski - bu ishlab chiqarish jarayonida kamchiliklarni yuzaga kelish riski. Bu ishlab chiqarish davomiyligining bo‘zilishida, obʼektning loyihaviy quvvatga yerishmasligida, brak foizlarining yuqoriligida, qo‘shimcha ishlab chiqarish xarajatlarida va boshqalarda namoyon bo‘ladi. Ishlab chiqarish riskining bir turi - bu yuqorida aytib o‘tilgan tyexnologik riskdir. Kamchiliklar iqtisodiy tartib sababli - taʼminotdagi o‘zilishlar, o‘sha joydagi resurs zahiralarining etishmasligi, xom-ashyo sifatining pastligi, transport masalalari va boshqalar sababli kelib chiqadi. Ishlab chiqarish xarajatlarining yuqori darajasi xarajatlarni xato hisoblash, xom-ashyo va boshqa resurslar miqdori va sifatiga maʼlum talablarni aniq yemasligi natijasida bo‘ladi. Boshqaruv riski - bu ishlab chiqarish riskining bir turi, boshqaruv shaxsining tajriba va malakasini etarli darajada yemasligi natijasida ro‘y beradi. Ayrim hollarda, boshqaruv riski deganda, loyiha faoliyatining barcha faza va bosqichlaridagi menejment darajasining pastligi va xatolari bilan bog‘liq risklar tushuniladi. Sotish riski - bu loyiha mahsuloti sotish hajmining va shu mahsulot bahosining kamayish riski. Sotish riski bozor konʼyunkturasining o‘zgarishi riski, marketing riski yoki baho riski deb ham ataladi. Mos kelmaydigan konʼyunktura faqat loyiha rentabelligini kamaytirib qolmay, balki uning butunlay barbod bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Bunday holat aniq bir vaqtdagi sotishdan kelgan tushum ishlab chiqarish xarajatlarini va kredit bo‘yicha qarzlarni qoplashga etmagan hollarda yuz beradi. Sotish riski, ayniqsa bahosini taxmin qilish ancha qiyin bo‘lgan, yangi mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq loyihalarda yuqori bo‘ladi. Moliya riski. Bu riskning loyiha faoliyatidagi asosiy turlari: a) kredit riski; b) valyuta riski; v) foiz stavkasini o‘zgarish riski; g) qayta moliyalashtirish riski. Kredit riski — bu loyihani amalga oshirayotgan tashkilotning kreditor bankka kredit shartnomasi bo‘yicha to‘lov majburiyatlarini to‘liq yoki umuman to‘lay olmaslik riski. Bu risk asosan loyihani moliyalashtirishda loyihani kreditlovchi bankning riskidir. Valyuta riski - bu risk loyiha mahsuloti mahalliy bozorda sotilganda va hokimiyat mahsulotni milliy valyutada sotilishini talab qilayotgan paytda yuqori bo‘ladi. Bu risk loyiha mahsulotini sotishdan olinadigan valyuta bilan kredit valyutasi bir xil bo‘lmagan hollarda yuzaga keladi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling