Invеstisiya lоyihаlаrini mоliyaviy-iqtisоdiy bаhоlаshning uslubiy аsоslаri
Investitsiya loyihalarini moliyaviy-iqtisodiy baholashning mohiyati
Download 258.5 Kb.
|
Abdullajon.....docInvestitsiya loyihalari tahlili (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Investitsiya loyihalarini moliyaviy-iqtisodiy baholashning uslublari
1. Investitsiya loyihalarini moliyaviy-iqtisodiy baholashning mohiyati
Real aktivlarga mablag‘ sarf qilishning maqbul variantlarini tanlash va asoslab berish jarayonida investitsiya loyihalarini iqtisodiy-moliyaviy baholashning ahamiyati juda katta. Boshqa barcha jihatlari ijobiy bo‘lganiholda ham quyidagi shartlarni ta'minlamagan loyiha amalga oshirish uchun qabulqilinmaydi: - tovarlarning realizatsiya qilinishidan kelgan daromadlar sarf etilgan xarajatlarni qoplamasa; - loyihani mablag' bilan ta'minlaydigan investor o'rtacha foyda me'yoridan kam bo'lmagan rentabelikka erishmasa; - investor uchun ma'qul keladigan davr ichida xarajatlar qoplanmasa. Mana shu shartlarning bajarilishi real ekanligini aniqlash investitsiya loyihalarini moliyaviy-iqtisodiy baholashning eng muhim vazifasi hisoblanadi. Bunday baholashni o'tkazish bir qancha sabablarga ko'ra, ancha qiyin. Bu sabablar quyidagilardir: - birinchidan, investitsiya xarajatlari bir marta qilinishi yoki uzoq muddat ichida bir necha marta takrorlanishi mumkin; - ikkinchidan, investitsiya loyihalarini amalga oshirishdan natija olish jarayoni ham uzoq davom etishi mumkin; - uchinchidan, uzoq muddatli operatsiyalarni amalga oshirish investitsiya loyihalarining barcha jihatlarini baholashda noaniqlik darajasi oshishiga, turli xatoliklarga yo'l qo'yilishiga olib keladi. Aynan ana shu omillarning mavjudligi investitsiya loyihalarini baholashning maxsus, xatolik darajasi minimal bo'lgan, yetarlicha asoslangan qarorlar qabul qilish imkonini beradigan uslublarini vujudga keltirishni taqozo etdi.1 2. Investitsiya loyihalarini moliyaviy-iqtisodiy baholashning uslublari Har qanday investitsiya loyihasini moliyaviy-iqtisodiy baholashmazmunini juda sodda savolga, ya'ni kelgusidagi pul tushumlari hozirgiqilingan xarajatlarni qoplaydimi yoki yo'qmi, degan savolga javob topishtashkil etadi. Albatta buni oldindan tez va yuz foiz aniqlik bilan hech kim ham hisoblay olmaydi. Lekin taklif etiladigan baholash uslublari investitsiya loyihalarini qabul qilishda kamchiliklarni (tasodiflarini) bartaraf qilishga ko'maklashadi. Investitsiya loyihalarini baholash uslublarining vujudga kelishiga sabab, pul mablag'larini vaqt davomida o'zgarib turishidadir. Rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlarda investitsiyalarnibaholashning turli loyihalarga qo'yilgan mablag'larning foydaliligini taqqoslashga asoslangan usullari ko'p qo'llaniladi. Bunda u yoki bu loyihaga investitsiya qilishning muqobil varianti bo'lib boshqa ob'ektlarga mablag' sarflash, shuningdek mablag'larni ma'lum foiz bilan bankka qo'yish yoki ularni qimmatli qog'ozlarga aylantirish imkoniyatlari hisoblanadi. Albatta buni oldindan tez va yuz foiz aniqlik bilan hech kim ham hisoblay olmaydi. Lekin taklif etiladigan baholash uslublari investitsiya loyihalarini qabul qilishda kamchiliklarni (tasodiflarini) bartaraf qilishga ko'maklashadi. Investitsiya loyihalarini baholash uslublarining vujudga kelishiga sabab, pul mablag'larini vaqt davomida o'zgarib turishidadir. Shu nuqtai nazardan qaraganda, investitsiya loyihalari samaradorligini baholash uslublari deganda xarajatlarning foydaliligi va qoplanishi nuqtai nazaridan turli ob'ektlarga (loyihalarga, tadbirlarga) investitsiya qilishningmaqsadga muvofiqligini aniqlash usullari tushuniladi. Investitsiyalar samaradorligini aniqlashda, ularning ayrim jihatlarinigina harakterlaydigan alohida ko'rsatkichlardan foydalanish yetarli bo'lmaydi. Shu sababli investitsiya loyihalari samaradorligini baholash uchun bir necha uslublar va ko'rsatkichlar tizimidan foydalaniladi. Investitsiya loyihalarini baholashda besh asosiy uslubdan keng foydalaniladi. O'z navbatida bu uslublar ikki guruhga ajratiladi: 1. Diskontlash kontseptsiyasini qo'llashga asoslangan uslublar: - sof joriy qiymatni aniqlash uslubi; - investitsiyalarning rentabellik darajasini aniqlash uslubi; - ichki foyda me'yorini aniqlash uslubi. 2. Diskontlash kontseptsiyasini qo'llashni ko'zda tutmagan uslublar: - investitsiya loyihalariga sarflangan mablag'larni qoplash davrini aniqlash uslubi. - investitsiyalarning buxgalteriya rentabelliligini aniqlash uslubi. Ushbu uslublarni ko'rib chiqishdan oldin shuni ta'kidlash zarurki, har beshala uslub investitsiyalarning mutlaq samaradorligini aniqlash usuli sifatida ko'rib chiqiladi, ya'ni har bir investitsiya loyihasini amalga oshirish korxonaning boshqa loyihalarga investitsiya sarflash imkoniyatlariga ta'sir etmaydi, degan shartga amal qilinadi. Bunday shartning kiritilishiga sabab shuki, amalda ko'pchilik investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi boshqa loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini pasaytiradi yoki mutlaqo yo'qqa chiqaradi. Bunday investitsiya loyihalari o'zaro munozarali loyihalar deyiladi. O'zaro munozarali loyihalar jumlasiga shuningdek, korxonaning ma'lum bir pirovard maqsadiga erishishning turli yo'llarini ko'zda tutuvchi loyihalar kiradi. Turli loyihalarning munozarali bo'lishiga sabab korxona mablag'larining cheklanganligidir. Korxonalar loyihalarni nafaqat mutlaq samaradorligi mezoniga ko'ra, balki mablag' yetmay qolganligi sabab boshqa loyihalarni amalga oshira olmasligi tufayli o'zi ko'rishi mumkin bo'lgan yo'qotishlar nuqtai nazaridan kelib chiqib ham tanlaydi. Boshqacha aytganda, korxona investitsiya loyihalarini nisbiy samaradorlik mezoniga ko'ra tanlaydi. Investitsiyalar samaradorligini aniqlash usullarini o'rganish jarayonida loyiha bilan bog'liq bo'lgan barcha xarajatlar va tushumlar pul ko'rinishiga ega deb qaraladi.2 Download 258.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling