Ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash – bozor holati o‘zgarishlariga moslashuvchanlikni oshirish maqsadida mahsulot ishlab chiqarish turlarini kengaytirish.
Demak, sizning korxonani ochish, uni ishga tushirish, faoliyatini kengaytirish va yanada rivojlantirish maqsadlarida mablag‘larni sarflashingiz investitsiyalash hisoblanadi.
INVESTITSIYALARNING TURKUMLANISHI
Siz investitsiya faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishingiz uchun investitsiyalarning turlari to‘g‘risida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishingiz lozim. Investitsiya (ingl. investments) – ishlab chiqarishni tashkil etish yoki uni kengaytirish maqsadida turli ko‘rinishda kiritilgan mablag‘. Investitsiya sifatida kiritilgan mablag‘lar, odatda, kapital qo‘yilmalar deb ham ataladi. Asosan real va moliyaviy (portfel) investitsiyalar farqlanadi.
Real investitsiyalar – korxonalarning jismoniy kapitaliga mablag‘ kiritish. Masalan, asbob-uskunalari, jihozlarini sotib olish yoki bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish. Real investitsiyalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va kengaytirishga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Moliyaviy investitsiyalar – korxona qimmatli qog‘ozlari (aksiya, obligatsiya va boshqalar)ni sotib olish. Bunda korxona qimmatli qog‘ozlarini sotishdan tushgan pul mablag‘lari keyinchalik ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va kengaytirish maqsadlariga sarflanishi mumkin.
INVESTITSIYA MANBALARI
Investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun, avvalo, uning manbalarini aniqlab olish zarur. Bu o‘rinda ichki va tashqi manbalarni ajratib ko‘rsatish mumkin.
Investitsiyaning ichki manbalari quyidagilar hisoblanadi:
Investitsiyaning tashqi manbalari quyidagilar hisoblanadi:
INVESTITSIYA LOYIHASI
Amalga oshirilgan investitsiyalar har doim ham biz o‘ylagan natijaga olib kelmasligi mumkin.
Ayrim holatlarda ular juda past samara keltirishi, ba’zida esa umuman o‘zini oqlamasligi mumkin. Bunday holatlar investitsiya riski deb nomlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |