Investitsiya faoliyatiga doir o’zbekiston respublikasining qonunlari


Download 50.06 Kb.
bet3/5
Sana08.01.2022
Hajmi50.06 Kb.
#244925
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 reja

Investitsiya subyektlari - investitsiya faoliyatida ishtirok etuvchi mulkiy va intellektual boyliklarga ega bo'lgan jismoniy, huquqiy shaxslar va davlatdir.

Investitsiya subyekti bo'lib, investitsiya faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar tushuniladi. Ular: xorijiy davlatlar, xalqaro moliya institutlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat boshqaruv organlari, turli mulkchilik shaklidagi korxona va tashkilotlar, mulk egasi bo'lgan fuqarolar, shu jumladan, chet el fuqarolari, fuqaroligi bo'lmagan shaxslar bo'lishi mumkin.

Investorlar quyidagalarni amalga oshirishda teng huquqga ega:


  • kapital qo'yilmalar shaklida investitsiya faoliyatini amalga oshirishda kapital qo'yilmalar hajmi va yo'nalishlarini mustaqil belgilash hamda investitsiya faoliyatining boshqa subyektlari bilan shartnomalar tuzishda kapital qo'yilmalar hisobiga yaratilgan, sotib olingan obyektlarga egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish;

  • shartnoma yoki davlat shartnomasi orqali kapital qo'yilmalarni amalga oshirish va uning natijalariga bo'lgan huquqni yuridik va jismoniy shaxslarga, davlat va mahalliy hokimiyatga o'tkazish;

  • imzolangan shartnomalar asosida birgalikda kapital qo'yilmalarni amalga

oshirish uchun o'zining va jalb qilingan mablag'larni boshqa investorlarning mablag'lari bilan birlashtirish;

  • capital qo'yilmalarga yo'naltirilgan mablag'larni maqsadga muvofiq ishlatilishini nazorat qilish.



Investorlar kapital qo'yilma obyektlaridan foydalanuvchilar rolida namoyon bo'lishi mumkin. Investitsiya faoliyati subyekti uning ikki va undan ortiq funksiyalarini qo'shib olib borish imkoniyatini beradi. Investitsiya faoliyati subyektlari davlat organlari tomonidan qo'yilgan talablarni bajarishi hamda maqsadli ravishda kapital qo'yilmalardan foydalanishi zarur.

Investitsiyalarni yo'naltirish sohalari, ishlab chiqarishda ishtiroki va sarflanish ishlariga binoan investitsiya faoliyatining quyidagi obyektlarini farqlash mumkin:

•xalq xo'jaligining barcha tarmoqlaridagi yangidan yaratilgan va modernizatsiyalashtirilgan (yangilangan) asosiy fondlar va aylanma mablag'lari;

•fan-texnika mahsulotlari, izlanishlar, ta’limot. kadrlami tayyorlash va qayta tayyorlash;

•intellektual g'oyaviy boyliklar, mualliflik, ixtiro, kashfiyot huquqlari, tajriba;

•qimmatbaho qog'ozlar, maqsadli pul jamg'armalari;

•boshqa mulkchilik obyektlari;

•mulkiy huquqlar.

Investitsiya faoliyatida sohalardan birini yoki bir nechtasini tanlab olish huquqiga investorlarning o'zlari ega bo'ladilar. Ulami hech kim soha yoki investitsiya obyektlarni tanlashga majbur eta olmaydi. U yoki bu sohani tanlashda va investitsiyalarni malum bir sohaga sarflashdagi qarorlarni investorlarning o'zlari qabul qiladilar. Investitsiyalarni amalga oshirishni esa qabul qilingan buyurtmalarni bajaruvchisi sifatida, investorni topshirig'i asosida investitsiya faoliyatini ishtirokchilari ta’minlaydilar.

Investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun ular fuqarolami va huquqiy shaxslarni o'z xohishlari bilan shartnomalar asosida jalb qiladilar.

Qonunlarga tayangan holda shartnomalar asosida investitsiyalarga ega bo'lish, ulardan foydalanish va ushbu faoliyat natijalari bo'yicha qarorlar qabul qilishni investorlar, boshqa fuqaro va huquqiy shaxslar zimmasiga topshirish to'g'risida qarorlar qabul qilishlari ham mumkin. Bunday hollarda majburiyat garovi sifatida (investoming majburiyatini ta’minlash) investoming mulki qabul qilinadi. Garovga faqat qarzga oluvchining shaxsiy mulki yoki to'la xo'jalik olib borish huquqiga ega bo'lgan mulk qo'yiladi.

Investorlar investitsiya natijalariga, investitsiya obyektlariga ega bo'lish, foydalanish, farmoyish chiqarish va reinvestitsiyalash huquqlariga egadir.

Investitsiya faoliyatidagi jarayonda subyektlar o'rtasida bo‘ladigan munosabatlar shartnomalar asosida muvofiqlashtiriladi. Shartnomalar tuzish, sheriklarni tanlash, majburiyatlarni aniqlash va boshqa xo‘jalik munosabatlarini o'rganish, ular qabul qilingan qonunlarga zid bo‘lmasa, faqat investitsiya faoliyati subyektlari zimmasida bo'ladi. Har ikki tomonning kelishuviga binoan shartnomalar investitsiya faoliyatining umumiy muddatiga tuziladi.

Qabul qilingan qonunlarda investoming qator majburiyatlari bor. Bu majburiyatlar davlat idora va muassasalari oldida bajarilishi lozim bo‘lib, quyidagilardan iboratdir:



  • investorlar investitsiyalar hajmi va ulaming manbalari to‘g‘risida moliya organlariga deklaratsiya topshirishlari lozim;

  • kapital qo'yilishni amalga oshirish uchun tegishli rahbar va maxsus xizmat organlari tomonidan ruxsat olinishi kerak;

  • investitsiya loyihasining sanitariya-gigiyena va ekologik talablarga javob berishi to‘g‘risida ekspertiza xulosasiga ega bo'lishi shart;

  • vijdonan raqobat qilish va yakka hokimlikka qarshi muvofiqlashtirish talablarini bajarish;

  • davlat, rahbar xodim va organlar tomonidan yuklatilgan talablarni baholash va ularga bo'ysunish;

  • belgilangan tartibda buxgalterlik va statistik ma’lumotlar hamda hisobotlarni tegishli idoralarga o‘z vaqtida yetkazib berish.

Bulardan tashqari investitsiya faoliyatini har bir ishtirokchisi maxsus ishlarni bajarish uchun litsenziyaga ega bo'lishi lozim. Litsenziya olish uchun bajarish lozim bo'lgan ishlarning ro'yxati va ularni amalga oshirish tartibi mumkin qadar qonunchilikda belgilanadi.

Investitsiyalashning asosiy bosqichlari quyidagilar:



  1. resurslarni kapital xarajatlariga aylantirish, ya’ni investitsiyalami aniq investitsiya faoliyati obyektlariga investitsiyalash;

  2. qo'yilgan mablag'larni kapital qiymatining o'sishiga aylantirish. bu investitsiyalami pirovard iste'moli va yangi iste’mol qiymatini olish bilan harakatlanadi;

  3. kapital qiymatining foyda ko'rinishida o'sishi, ya’ni investitsiyalashning yakuniy maqsadi amalga oshiriladi.

Davlat investitsiya siyosatida yangi tarmoqlarni tashkil etish va rivojlantirish, aholining iste’mol tovarlari, ish joylarga bo‘lgan talabini qisqa vaqt ichida yuqori darajada ta’minlashga erishish yo'lida quyidagi vazifalarga amal qilinmoqda:

  1. eskirgan ishlab chiqarishlami sekin-asta muomaladan chiqarib tashlash;

  2. mahalliy ishlab chiqaruvchilami qoilab-quvvatlash;

  3. to‘lov qobiliyatiga ega boigan va talabga mos holda ishlab chiqarish tuzilmalarini yaratish;

  4. ishlab chiqarish resurslaridan va ilmiy-texnika salohiyatidan imkon qadar yuqori darajada foydalanishni ta’minlash;

  5. mamlakatning ekologik va iqtisodiy xavfsizligini ta'minlash hamda uni kuchaytirish;

  6. samarali, raqobatga asoslangan ishlab chiqarishlar, bozor infratuzilmasi, xizmat ko'rsatish sohasi va intellektual faoliyatlar rivojlanishini uyg'unlashtirish;

  7. iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish va yangi tarmoqlarni barpo etish;

  8. aholining ish bilan bandligini hamda iqtisodiy faolligini oshirish;

  9. hududlar ijtimoiy infratuzilmasini toiiq shakllantirish.

Xulosa

  1. Investitsiyalar - bo'sh turgan kapitalni daromad (foyda) olish maqsadida qonun doirasida tadbirkorlik faoliyatiga yo'naltirish.

  2. O'zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to'g'risida”gi qonun ida investitsiyalar quyidagi uch turga ajaratilgan:

  1. kapital investitsiyalar;

  2. innovatsion investitsiyalar;

  3. intellektual investitsiyalar.

  1. Investitsiya jarayoni - bo'sh sarmoyaga ega bo'lganlar bilan sarmoya talab qilayotganlarni uchrashish jarayoni.

Investitsiyaning obyekti bo'lib, mablag'larni. ya’ni qonun doirasidagi barcha boyliklarni safarbar etayotgan obyektlar tushuniladi. Ular yangi korxonalar yoki amalda faoliyat ko'rsatayotgan korxonalar, qimmatli qog'ozlar, bank depozitlari, intellektual mulk va boshqalar bo'lishi mumkin.

Investitsiya subyekti deyilganda, investitsiya faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar tushuniladi. Ular: xorijiy davlatlar, xalqaro moliya institutlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat boshqaruv organlari, turli mulkchilik shaklidagi korxona va tashkilotlar, mulk egasi bo'lgan



Xorijiy investitsiyalaming mazmun-mohivati hamda iqtisodivotga jalb qilishning obyektiv zarurligi

0‘zbekiston davlat mustaqilligiga erishgan dastlabki yillardan boshlab milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning o‘ziga xos yo'nalishini belgilab oldi. U iqtisodiyotning rivojlanishi va barqarorligida investitsiyalaming beqiyos o'rin tutishini o‘z vaqtida to‘g‘ri anglab yetganligining natijasida investitsiyalarga, xususan, chet el investitsiyalariga bo'lgan e’tiborning kuchayishi yuz berdiki, bu esa bugungi kunga kelib mamlakatimizdagi investitsiya faoliyatining rivojlantirilishiga olib keldi. Bugungi kunda rivojlangan investitsion faoliyatning yo‘lga qo'yilishini hukumatimizning yuritayotgan oqilona investitsiya siyosatining mahsuli ekanligini ta’kidlash lozim. Zero, respublikasi prezidenti SH.M.Mirziyoyev “Iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurish, eksport imkoniyatini kengaytirish sohasida belgilangan yo'nalishlar kuchli investitsiya siyosatini o'tkazish bilangina ro‘yobga chiqadi”, - degan ko'rsatmalari muhim amaliy ahamiyatga ega.

Albatta, kuchli investitsiya siyosati o‘tkazish orqaligina biz o‘z iqtisodiyotimizni yanada gullab-yashnatishimiz mumkin. Bunda xorijiy investitsiyalaming o'rni katta hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasining “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi qonunida “Chet el investorlari asosan daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat obyektlariga qo‘shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar hamda ularga doir huquqlar, shu jumladan, intellektual mulkka doir huquqlar, chet el investitsiyalaridan olingan har qanday daromad 0‘zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalari” deb e’tirof etiladi.

Bizningcha, xorijiy investitsiyalar - bu chet el investorlari tomonidan yuqori darajada daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutlaq boshqa davlat iqtisodiyotining, tadbirkorlik va boshqa faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklaridir. Chet el investitsiyalari ichki investitsiyalardan farqli holda tashqi moliyalashtirish manbayiga kiradi. Ular milliy iqtisodiyotga chetdan, ularning kelishini rag‘batlantirgan holda jalb qilinadi. Lekin chet el kapitalini jalb qilishning hamma shakllari ham moliyalashtirishning tashqi manbayi boimasligi mumkin. Bu, birinchi navbatda, foiz to‘lovlari bilan qaytarishni talab etadigan kreditlar va qarzlarga taalluqli.

Chunki chet el kreditlari va xalqaro moliya institutlari qarzlari ma’lum vaqt o'tgach asosiy qarz bilan birga belgilangan foizlarining qaytarilishini talab etadi. Chetdan jalb etiladigan xorijiy investitsiyalar bilan chet eldan kiritiladigan kreditlarninig o'ziga xos farqlari mavjud. Bu borada xorijiy investitsiyalar risklar doirasi bilan, chet el kreditlari esa risklari kengligi bilan farqlanadi.

Chet el investitsiyalari kapital eksport qiluvchi mamlakatlaming importyor mamlakatlar iqtisodiy subyektlari hamda qo'shma korxonalar real va moliyaviy aktivlariga kiritgan mablag'laridir. Chet eldan investitsiyalash kapital oqimining bir iqtisodiyotdan boshqasiga chiqib ketishini bildiradi, boyliklami yanada foydaliroq shartlarda joylashtirish va investitsiyalar chet ellikka - kapital egasiga qaytishiga qadar nisbatan uzoq vaqt davomida mablag'lar oqimini ta’minlash maqsadlarini nazarda tutadi. Ularga oqib ketish, qochish, ya’ni mamlakatlararo ko'chib yurish xosdir. Huquqiy nuqtayi nazardan ular o'zlarining milliy-huquqiy sharoitlarini qabul qiluvchi mamlakatning huquqiy sharoitlariga almashtiradilar. Chet el investitsiyalari mohiyat jihatidan o'z milliy investitsiya muhitini o‘zga muhitga almashtiradi. Xavfsizlik, daromaddorlik, kapitallashuv va likvidlikdan tashqari chet el investitsiyalarining o'ziga xos muhim belgisi aniq maqsadlami ko'zlash hisoblanadi. Ulaming e’tiborini tortuvchi iqtisodiyot ham o'z maqsadlariga erishishga intiladi. Bu maqsadlar samaradorlik, ishlab chiqarishni o'stirish, tashqi bozorlarga kirib borish yoki noiqtisodiy mazmundagi vazifalar bo'lishi mumkin. Shu sababli, o'zaro manfaatlarning mos tushishi, ishonchli munosabatlar, kirib borish sharoitlarini hisobga olish investitsiyalarning bir mamlakatdan boshqasiga ko'chishining asosi hisoblanadi.

“Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi qonunga ko'ra O'zbekiston Respublikasida chet ellik investorlar quyidagilar bo'lishi mumkin:

chet el davlatlari, chet el davlatlarining ma’muriy yoki hududiy organlari;

davlatlararo bitimlar yoki boshqa shartnomalarga muvofiq tashkil topgan yoki xalqaro ommaviy huquq subyektlari bo'lgan xalqaro tashkilotlar;

chet el davlatlarining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil topgan va faoliyat ko'rsatib kelayotgan yuridik shahslar boshqa har qanday shirkatlar, tashkilotlar yoki uyushmalar;

chet el davlati fuqorolari bo'lmish jismoniy shaxslar, fuqaroligi bo'lmagan shahslar va chet ellarda doimiy yashaydigan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari.

Bugungi kunda chet el kapitalini milliy iqtisodiyotga kiritishda bevosita xorijiy investitsyalarning eksportini oshirish siyosati, bu siyosat bizda asosiy,

olinadigan yoki kutilayotgan daromad evaziga olish mumkin bo'lgan foiz stavkasidan yuqoriroq darajada bo'lishi kerak. Shundagina kapital qabul qiluvchi davlatning to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarga bo'lgan talabi qondirilgan bo'ladi. Jahon kapital bozorida kapital oqimi unga bo'lgan talab va taklifdan kelib chiqadi. Xorijiy kapitalning milliy iqtisodiyotga kiritilishi ikkala tomonga ham manfaat keltirishni ko'zlaydi.

To'g'ridan to'g'ri xorijiy investitsiyalarning o'zga iqtisodiyotga kirib borishi moliyaviy xatarlar bilan bog'liq. Chunki kapital oqimlarining harakati kapital bozorlari orqali vujudga keladi va, o'z navbatida, moliyaviy harakatlarga asos soladi. Milliy kapital bozorlarida moliyaviy xatarlardan bo'lmish foiz, kredit, inflyatsiya xatarlari asosiy xatarlardan hisoblanadi.

To'g'ridan to'g'ri xorijiy investitsiyalar tarkibiga quyidagilar kiradi:



  • kompaniyalarning o'z kapitalini xorijga chiqarishi;

  • to'g'ridan to'g'ri investor xorijiy korxonadan olgan foydasini uning foydasiga qayta moliyalshtirilishi;

  • kapitalning bosh firma va uning xorijiy korxonalari o'rtasida ichki korparativ o'tkazmalari.


  • Download 50.06 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling